O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)


maktabi ” deb nom berish taklifini ilgari surdi va ushbu taklif  yoshlar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi. 1



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/154
tarix18.09.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#117816
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   154
[@e tarix] 7-sinf Òzbekiston tarixi (2) 1 (1)

maktabi
” deb nom berish taklifini ilgari surdi va ushbu taklif 
yoshlar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi.
1. Amir Temurning Vatanimiz va jahon tarixida tutgan o‘rni 
haqida o‘z fikrlaringizni bayon eting.
2. Amir Temur qanday nomlar bilan ulug‘landi? 
3. Amir Temurning qaysi voqeadan so‘ng Yevropada obro‘-
e’tibori oshib ketdi? Nega aynan shu voqeadan so‘ng deb 
o‘ylaysiz?
5 – Tarix 7


131
4. Yevropa olimlarining Amir Temur shaxsi va uning faoliyatiga 
qiziqishi qachondan boshlangan?
5. I.M.Mo‘minovning risolasi nega tanqidga uchragan deb 
o‘ylaysiz?
6. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng Amir Temur-
ning nomini adadiylashtirish uchun amalga oshirilgan ishlar 
haqida qo‘shimcha ma’lumotlar to‘plang. Amir Temur haqida 
qanday badiiy asarlar o‘qigansiz? O‘qigan asarlaringiz 
mazmunini gapirib bering.
36-§. TEMURIyLAR DAVRIDAGI SIyOSIy 
JARAyONLAR
Tayanch tushunchalar: muxolafat, saltanat taxti uchun 
kurash, Shohrux hukmronligining qaror topishi.
Taxt uchun kurash.
 
Sohibqiron 1405-yil 18-fevral kuni 
Xitoy tomon yurish vaqtida, qahraton qishda, O‘tror shahrida 
vafot etadi. Amir Temur vafot etgach, uning bir necha o‘n 
yillar davomidagi sa’y-harakatlari natijasida barpo etilgan yirik 
saltanat parchalana boshladi. Buning asosiy sababi saltanat 
tasarrufiga olingan yurtlar shu qadar xilma-xil, uzoq masofalarga 
cho‘zilgan bo‘lib, ularni yagona bir markazdan turib boshqarish 
murakkab edi. Buning ustiga ulardagi muxolafatchi kuchlar 
ajralib chiqish uchun qulay payt kutardilar.
Saltanatning parchalanishiga Amir Temur vorislari o‘rta-
sidagi toj-taxt ilinjida uzoq yillar davom etgan o‘zaro zid-
diyat va urushlar sabab bo‘ldi. Amir Temur vafoti ol-
didan taxt vorisi etib nabirasi Pirmuhammadni (Kobul, 
Qandahor va Hindiston viloyatlarining hukmdori) tayinlagan 
edi. Pirmuhammadni taxtga o‘tqazish tarafdorlari kuchli 
bo‘lsa-da, biroq Mironshohning o‘g‘li Xalil Sulton Mirzo 
o‘zboshimchalik bilan 1405-yilning 18-mart kuni Samarqandni 
egallab, o‘zini Movarounnahrning oliy hukmdori deb e’lon 
qiladi. Pirmuhammadning yo‘lini to‘sib, uning rejalarini buzib 
yuborish niyatida hatto u Amudaryoning o‘ng tomonidagi 
yerlarni ham o‘z hokimiyatiga qo‘shib oladi.


132
Xalil Sulton garchi bobosidan qolgan xazinalar vositasida 
Sohibqironning nufuzli a’yon va kiborlaridan ma’lum qismini 
o‘z tarafiga og‘dirib Movarounnahr taxtini egallagan bo‘lsa-
da, ammo ko‘p vaqt o‘tmay u Amir Temurning sadoqatli 
amirlari, viloyat noiblari va shahzodalarning kuchli noroziligi 
va isyoniga duch keladi. Birinchi bo‘lib Turkiston hamda 
Farg‘onaning hoki mi amir Xudoydot bilan Shayx Nuriddin 
Xalil Sultonga qarshi isyon ko‘taradilar. Hatto Xalil Sultonning 
ukasi Sulton Husayn Mirzo Amudaryoning chap sohilidagi 
viloyatlarda o‘z hokimiyatini o‘rnatmoq niyatida akasiga qarshi 
bosh ko‘taradi. O‘z navbatida Amir Temur taxtining qonuniy 
valiahdi Pirmuhammad Amudaryodan kechib o‘tib, Xalil 
Sultonga qarshi Nasaf tomonga askar tortadi. Movarounnahrda 
boshlangan sulola kurashlari shu tariqa avj olib ketadi.
Oqibatda davlat parchalanib, ayrim viloyat hukmdorlari 
hokimi mutlaq bo‘lib oladilar. Pirmuhammad 1407-yil 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin