37
Qo‘zg‘olon bostirilgan bo‘lsa-da, istilochilarga qarshi
mahalliy xalq harakati uzil-kesil to‘xtab qolmadi.
806-yilda
arab lashkarboshchisi
Rofe ibn Lays boshchiligida xalifalikka
qarshi yana qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Qo‘zg‘olon Samarqanddan
boshlanib
Shosh, Farg‘ona, Buxoro, Naxshab va
Xorazm
viloyatlariga tarqalgan. Tez orada
mazkur viloyatlar xalifalik
qo‘lidan keta di. Xuroson noibi
Ma’mun dehqonlardan bo‘lgan
Somon xu dotning nabiralari:
Nuh,
Ahmad va
yahyolardan
iltimos qilib, ulardan yordam so‘raydi. Ular
Rofe ibn Laysni
qo‘lga olib, uni xalifaga taslim bo‘lishga majbur qiladilar. Shu
tariqa navbatdagi xalq harakati ham bostiriladi.
Mahalliy xalqlarning istilochilarga qarshi kurashlari behuda
ketmadi. Asta-sekin xalifalikning hukmronligi zaiflasha bordi.
Bu hol Movarounnahr aholisining ozodlikka erishuvini tez-
lash tirdi.
Dostları ilə paylaş: