O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)


Nega xalifalikda umaviylarga qarshi xalq noroziligi vujudga  keldi? 2



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/154
tarix18.09.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#117816
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   154
[@e tarix] 7-sinf Òzbekiston tarixi (2) 1 (1)

1. Nega xalifalikda umaviylarga qarshi xalq noroziligi vujudga 
keldi?
2. Abu Muslim aholini nimaga da’vat qildi?
3. Abu Muslim qo‘zg‘oloni qanday oqibatlarga olib keldi?
4. Abbosiylar hokimiyat tepasiga kelgach, Movarounnahrda ah-
vol qanday o‘zgardi?
5. Abbosiylar davrida Movarounnhrdagi boshqaruv tartibi haqida
gapirib bering.


41
III B O B
MOVAROUNNAHRDA MUSTAQIL
DAVLATLARNING TASHKIL TOPISHI
13-§. QARLUQLAR, O‘G‘UZLAR, TOHIRIyLAR
Tayanch tushunchalar: qarluqlar, o‘g‘uzlar, tohiriylar, davlat 
boshqaruvi.
Xalifalikning zaiflashuvi.
VIII asr oxiri – IX asr bosh-
la rida Arab xalifaligi og‘ir siyosiy tanglikka uchradi. Bo‘y sun-
dirilgan xalqlarni itoatda tutib turish arablar uchun tobora qiyin 
bo‘lib qoldi. Movarounnahr va Xuroson aholisining tez-tez 
qo‘zg‘olon ko‘tarib turishi, uzluksiz davom etgan o‘zaro urush 
va ichki ziddiyatlar Arab xalifaligi hokimiyatini zaiflashtirdi. 
Bu esa mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Movarounnahrning shimoliy va shimoli sharqiy hudud-
laridagi hali xalifalikka bo‘ysundirilmagan chegaradosh 
yerlarda bir nechta davlatlar tashkil topdi. Ulardan biri 
Qarluqlar davlatidir. 
Qarluqlar davlati
Qadimda Oltoyning g‘arbida, so‘ngra 
Irtish daryosining o‘rta oqimida yashagan qarluqlar qadimiy 
tur 
kiy qabilalardan hisoblangan. VI–VII asrlarda ular Turk 
xo qon ligi tarkibiga kirgan. VIII asr o‘rtalarida Yettisuv o‘lka­
sida Qar luqlar davlati tashkil topdi. Bu davlatning poytaxti 
Chu daryosidan shimolroqda joylashgan Suyob shahri edi. 
Qarluqlar davlati hukmdori “yabg‘u” yoki “jabg‘u” deb 
yuritilgan. 
X asr o‘rtalariga borganda qarluqlarning kattagina qismi 
mu 
sul 
mon bo‘lgan. Bu davrda bir nechta shaharlarda jome 
mas jidlar bino qilingan. 
Qarluqlar davlati shimol va sharqdan Elsuvi daryosi vodiy-
sigacha, chigil qabilasi yaylovlarigacha; g‘arbdan o‘g‘uz yur ti 
va Farg‘ona vodiysi; janubda esa yag‘molar vohasi va Shar­
qiy Turkiston bilan chegaralangan. Bu diyorda poytaxtdan 
tashqari Jo‘l, Navkat, Karmankat, yor kabi shaharlar va 
qator qishloqlar qad ko‘targan. Aholi qo‘ychilik, tog‘ jilg‘alari 
bo‘ylarida esa dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Sharqiy 


42
Turkiston va Mova 
rounnahr bilan savdo-sotiq olib borilgan. 
Chetga asosan jun va junli mahsulotlar: gilam, sholcha, namat 
kabilar olib chiqilgan. 
X asrda qarluqlar Movarounnahrning shimoliy hududlarini 
egallagach, Shosh atrofi va Farg‘ona hamda Zarafshon vo diy-
lariga kelib o‘rnashganlar. Keyinchalik o‘troq tarzda yashay-
digan mahalliy aholiga singib ketganlar.
O‘g‘uzlar
Turk xoqonligi hukmronligi davrida o‘g‘uzlar 
uning tarkibida bo‘lgan. Turk xoqonligi yemirilgach, o‘g‘uz-
larning kat tagina qismi Sirdaryo havzasi hamda Orol dengizi 
bo‘yida muqim o‘rnashib olganlar. Ular IX asr oxiri va X asr 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin