O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)


Aminga qarshi kurash boshlaydi. Hirot viloyatining zoda- gonlaridan Tohir ibn Husayn



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/154
tarix18.09.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#117816
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   154
[@e tarix] 7-sinf Òzbekiston tarixi (2) 1 (1)

Aminga qarshi kurash boshlaydi. Hirot viloyatining zoda-
gonlaridan Tohir ibn Husayn boshliq Xuroson va Mova-
rounnahr mulkdorlari unga yordam beradilar. 813-yilda ular 
Bag‘dodga yurish qiladilar. Poytaxt qo‘lga kiritilib, Ma’mun 
xalifalik taxtiga o‘tiradi. Buning evaziga Tohir 821-yilda 
Xuroson va Movarounnahr noibi etib tayinlanadi. Shuningdek, 
Ma’mun Movarounnahr zoda gon larining ham yordamini unut-
madi. Somonxudotning na bi ralarini ayrim shahar va viloyatlarga 
noib qilib tayinlaydi. Nuh ga SamarqandAhmadga Farg‘ona
yahyoga Shosh va Ustrushona, Ilyosga esa Hirot tegadi. 
Buning evaziga aka-uka so 
mo 
niylar Movarounnahrning har 
yilgi xirojidan juda katta mablag‘ini tohiriylar orqali xalifa 
xazinasiga yuborib turadilar.
Tohir davlat ishlarini mustaqil idora etish maqsadida 
822-yilda xalifa nomini xutbadan chiqartirib yuboradi. 
Bu amalda Bag‘dod bilan aloqani uzish va o‘zini mustaqil 
deb e’lon qilish edi. Biroq ko‘p vaqt o‘tmay u to‘satdan vafot 
etadi. Tohirning o‘g‘illari Talxa va Abul Abbos Abdulloh 
otasining o‘rniga birin-ketin noiblik qiladilar. Shunday qilib, 
Xuroson va Movarounnahr boshqaruvi tohiriylar xonadoniga 


44
meros bo‘lib qoladi. Abul Abbos Abdulloh noibligi (830–844) 
davrida poytaxt Marvdan Nishopur shahriga ko‘chiriladi. 
Movarounnahr shaharlarida noiblik qilayotgan Somonxudot 
avlodlarining mahalliy noibligi tohiriylar tomonidan tan olinadi. 
Somo niylar esa, o‘z navbatida, tohiriylarga tobe sifatida Mova-
rounnahrni idora etadilar. Bu, shubhasiz, Xuroson va Mo va-
ro unnahrda bir asrdan oshiqroq hukm surgan xalifalik hukm-
ron ligining tugaganligini bildirardi. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin