O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/154
tarix18.09.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#117816
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   154
[@e tarix] 7-sinf Òzbekiston tarixi (2) 1 (1)

IQTISODIy HAyOT
Tayanch tushunchalar: iqtisodiy hayot, ichki va tashqi savdo, 
pul muomalasi, yer egaligining shakllari, Somoniylar hokimiyatining 
inqirozi.
Qishloq xo‘jaligi. 
IX–X asrlarda Movarounnahr va Xo-
razm aholisining asosiy qismi sug‘orma dehqonchilik bilan 
shu 
g‘ullanar edi. Sug‘orish tarmoqlari vositasida sug‘orilib 
obod etilgan serunum vohalarda g‘allakorlik, sholikorlik, pax­
ta chilik, sabzavotchilik, polizchilik va bog‘dorchilik yuqori da-
ra jada rivoj topgan edi. 
Dehqonchilik solig‘i – xirojdan xazinaga tushadigan daro-
mad davlat kirim-chiqimining kattagina qismini qoplar edi. 
Shuning uchun ham somoniylar mamlakatda dehqonchilik 
xo‘jaligini rivojlantirishga katta e’tibor berdilar.
IX–X asrlarda Movarounnahr va Xurosonda chorva-
chilik yuksak darajada bo‘lgan. Chorvachilik mam lakat aho lisini 
chorva mahsulotlari bilan ta’minlabgina qolmasdan, xo‘jalikning 
hamma sohalari uchun ot-ulovlar ham yetkazib bergan. Ayniqsa, 
davlatning harbiy qo‘shinlari, xususan, suvo riy qismlarni ot-ulov 
bilan ta’min etish muhim ahamiyat kasb etgan. 


49
Hunarmandchilik.
Movarounnahr va Xorazm shahar-
larida to‘qimachilik, kulolchilik, chilangarlik, miskarlik, zar­
gar lik, shishasozlik va duradgorlik kabi kasb-hunarlar rivoj 
topadi. Nati jada shaharlarning umumiy qiyofasi tubdan o‘zga-
radi. Unda katta-katta gumbazli, toq-u ravoqli va peshtoqli 
imoratlar, ustaxonalar, masjid, madrasa, maqbara, xonaqoh va 
karvonsaroylar qad ko‘ 
tardi. endilikda shaharlar o‘ndan ortiq 
darvozali kattagina hunarmandchilik markaziga aylanib qoldi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin