O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)


Samarqandda yuqori navli qog‘oz ishlab chiqarilar edi.  Shosh



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/154
tarix18.09.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#117816
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   154
[@e tarix] 7-sinf Òzbekiston tarixi (2) 1 (1)

Samarqandda yuqori navli qog‘oz ishlab chiqarilar edi. 
Shosh o‘zining ko‘nchilik mahsulotlari va charm mollari 
bilan, Eloq esa kumush va qo‘rg‘oshin konlari hamda 
ku 
mush tanga chiqaradigan zarbxonasi bilan mashhur 
edi. Xorazmda qayiqsozlik taraqqiy topadi. Xorazm va 
Termizda ya 
sal 
gan qayiqlar Amudaryo bo‘ylab to Orol 
dengizigacha mut 
tasil mol tashib savdogarlarning yukini 
yengil, uzog‘ini yaqin qilgan. Bu davrda shaharlar bilan 
bir qatorda qishloqlar ham mamlakatning iqtisodiy hayotida 
katta o‘ringa ega edi. Buxoroning Zandana qishlog‘ida 
to‘qilgan mallarang bo‘z “zandanicha”, Samarqandning 
Vador qishlog‘ida tayyorlangan mato “vado riy” nomlari 
bilan Sharqda mashhur edi.
Ichki va tashqi savdo. 
Mamlakatda dehqon-
chilik va hunar 
mandchilikning rivoj topishi 
natijasida ichki va tashqi savdo kengaydi. 
Qadimgi karvon yo‘li bo‘ylab quduqlar 
qazilib, har bir bekatda rabotlar bino qilinadi. 
Karvonlar o‘tadigan shahar va qish 
loqlarda 
karvonsaroylar quri 
ladi. Ularda hujralar va 
ombor xona lar bo‘lardi. 
Tashqi savdo muomalasida 
sar­roflik­
cheklaridan 
keng 
foy da lanilar 
edi. 
O‘sha 
vaqtda savdo 
garlar o‘zi bilan ko‘p miq 
dor-
da pul olib yurmas edilar. O‘z pullarini ular 
shahardagi sarrofl ar dan biriga topshirib, undan 
tegishli hujjat – chek olardilar. Mo‘l jallangan 
shaharga borish bilan shu chekni sarrofga berib, 
Somoniylardan 
Abdulmalik 
bin Nuh 
tangasi. 
Samarqand. 
961–962-yillar.


50
unda ko‘rsatilgan miqdordagi pulni to‘laligicha qaytarib olish 
mumkin edi. Chek so‘zi forscha termin bo‘lib, o‘sha vaqtda 
ham bu so‘z ayni ma’noda ishlatilgan.
Shimoliy yo‘l orqali Janubiy Sibir va Mo‘g‘ulistonga Mova-
rounnahrning shahar va qishloqlaridan bo‘z, kiyim-kechak, 
egar- jabduq, qilich, idishlar, zargarlik buyumlari, dori-darmon, 
quruq meva, kunjut va zig‘ir moyi va boshqa shu kabi mollar 
olib borilgan. Sibirdan turli xildagi qimmatbaho mo‘ynalar, 
chorva mollari va chorvachilik mahsulotlari keltirilgan. 
Xitoy bilan bo‘lgan savdoda choy, ipak mato, tuz va ot 
aso siy o‘rin da turgan. Itil, Xazar va Bulg‘orga Mova ro unnahr 
va Xorazmdan gu ruch, quruq mevalar, shirinliklar, tuz lan gan 
baliq, paxta, shoyi mato lar, movut, kimxob va gilamlar olib 
borib sotilgan. Bulg‘or va Xazardan qimmatbaho mo‘ynalar, 
shamlar, cho‘qqi qalpoqlar kel ti rilgan.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin