O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)


tegin davrida (977–997) ortib, somoniylar tomonidan e’ti  rof  etilgan. Mahmud G‘aznaviy



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/154
tarix18.09.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#117816
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   154
[@e tarix] 7-sinf Òzbekiston tarixi (2) 1 (1)

tegin davrida (977–997) ortib, somoniylar tomonidan e’ti 
rof 
etilgan. Mahmud G‘aznaviy davrida (997–1030) esa uning 
hududi kengayib, Sharqning eng qudratli davlatlaridan biriga 
aylangan. Somoniylar sulolasi barham topgach, Mahmud 
G‘aznaviy Xuroson hududini, so‘ng Xorazm davlatini (1017) 
ham o‘z saltanatiga qo‘shib olgan. Ammo Ma’sud G‘aznaviy 
davrida (1030–1040) mamlakat viloyatlari birin-ketin qo‘ldan 
chiqarilib, tanazzulga yuz tutgan. Oqibatda 1186-yilda G‘az-
naviylar davlati butunlay tugatilgan.
G‘aznaviylar davlatining boshqaruv tizimi.
 
G‘aznaviylar 
davlat tuzumi va boshqaruv tizimlari azaldan rivojlanib kela-


54
yotgan turkiy davlatchilik asosida qurilgan bo‘lsa-da, biroq u 
o‘ziga xos mahkamachilik xususiyatiga ega edi. Vazirlik tizi-
mida harbiy, elchilik va rasmiy tadbirlar, moliya kabi hamda 
xabar-pochta devonlar faoliyat ko‘rsatgan. Viloyat hukmdori 
voliy, shahar hokimi rais deb yuritilgan. Viloyatda boshqaruv 
ishlari amid, shaharlarda esa kutvol tomonidan amalga 
oshirilgan. Davlat qudratli qo‘shinga ega edi. Qo‘shinda harbiy 
kemalar (daryo va dengiz floti) ham mavjud bo‘lgan.
Ilm-fan va madaniyat.
 
G‘aznaviylar davlatida ilm-fan va 
madaniyat, xususan, adabiyot rivojlangan. Mahmud G‘aznaviy 
turkiy ona tili bilan bir qatorda fors, arab va pahlaviy tillarini 
ham mukammal bilgan, she’r bitgan. Poytaxt saroyida 400 
dan ortiq olim, shoir va san’atkorlar ijod qilgan. Abu Ray-
hon Beruniy, Nosir Xusrav, Gardiyziy va Bayhaqiy kabi 
buyuk mutafakkirlar G‘aznada yashaganlar. Beruniy “Qonuni 
Ma’sudiy”, Bayhaqiy “Tarixi Ma’sudiy” asarlarini sulton 
Ma’sudga bag‘ishlaganlar. Abul Qosim Firdavsiy mashhur 
“Shohnoma” dostonini Mahmud G‘aznaviyga taqdim etgan. 
G‘aznaviylar davlatida qurilish va me’morchilikka ham jid diy 
e’tibor berilgan. G‘azna, Balx, Nishopur, Lohur va bosh 
-
qa shaharlarda ko‘plab madrasalar, masjid, xonaqoh va sa-
roylar bino qilinib, kutubxonalar faoliyat ko‘rsatgan. Bog‘-u 
chorbog‘lar barpo etilib, xususan poytaxt G‘azna shahri 
gullab-yashnagan.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin