O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)


 Chingizxon va Xorazmshoh aloqalari nima uchun keskinlashdi?  Bu munosabatlar keskinlashmasligi mum kinmidi? 4



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/154
tarix18.09.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#117816
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   154
[@e tarix] 7-sinf Òzbekiston tarixi (2) 1 (1)

3. Chingizxon va Xorazmshoh aloqalari nima uchun keskinlashdi? 
Bu munosabatlar keskinlashmasligi mum kinmidi?
4. Qanday sabablar Xorazmshohlar davlatini siyosiy inqirozga 
olib keldi?
5. Xorazmshoh xalqning hamjihatligini ta’minlash uchun qanday 
ishlarni amalga oshirish kerak edi? 
Quyidagi jadvalni darslik matnidan foydalanib ular haqida 
ma’lumotlar bilan to‘ldiring.
Sulton Muhammad 
Xorazmshoh
Mahmud yalavoch
Chingizxon
G‘oyirxon
Bahouddin Roziy
Ibn Kafroj Bug‘ro
20-§. MUHAMMAD XORAZMSHOHNING 
MAMLAKAT MUDOFAASIGA OID TADBIRLARI VA 
UNING OQIBATI
Tayanch tushunchalar: mudofaa rejasi, O‘tror qamali, Buxoro va 
Samarqandning egallanishi, Temur Malik jasorati, Urganch qamali, 
Najmiddin Kubro jasorati.
 
Xorazmshohning mudofaa rejasi. 
Chingizxon Movaroun-
nahr yurishiga katta ahamiyat berib, puxta tayyorgarlik ko‘rgan 
edi. Hali harbiy yurish boshlanmasdanoq u o‘z dushmanining 
kuch-qudrati va urushga tayyorgarligi to‘g‘risida savdogarlar 
orqali to‘plagan ma’lumotlarni sinchiklab o‘rgangan. Chin-
gizxon Xorazmshohlar davlatining ichki ziddiyatidan to‘la 
xabar dor edi.
Xorazmshoh bilan sarkardalar o‘rtasida mavjud ixtiloflar 
avvalboshdanoq mavjud ustunlikdan foydalanishga imkon 


67
bermadi. Urush boshlanishi arafasida bo‘lgan harbiy kengashda 
ular o‘rtasidagi kelishmovchilik yaqqol namoyon bo‘ldi. Ken-
gashda dushmanga zarba berishning yagona rejasini yak dillik 
bilan belgilab olish o‘rniga fikrlar bo‘linib ketdi. Sul ton 
Muhammadning og‘li Jaloliddin, Xo‘jand hokimi Temur 
Malik singari sarkardalar harbiy kuchlarini asosiy nuqtalarga 
to‘plab, dushmanga zarba berishni taklif etadilar. Biroq Sulton 
katta qo‘shinni bir joyga to‘plashdan qo‘rqar edi. Sulton 
nazarida bir joyga to‘plangan qo‘shin uni taxtdan ag‘darib 
tashlashi mumkin edi. Shuning uchun ham harbiy kengashda 
sulton o‘z qo‘shinlarini turli shaharlarga bo‘lib yuborib, 
urushda mudofaa taktikasini qo‘llashga qaror qiladi. Shu tariqa 
mamlakat katta xavf ostida qoldi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin