O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/154
tarix18.09.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#117816
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   154
[@e tarix] 7-sinf Òzbekiston tarixi (2) 1 (1)

O‘tror qamali.
 
1219-yilning kuzida Chingizxon Xorazm-
shohga qarshi yurish boshlaydi. Chingizxonning o‘trorliklardan 
o‘chi borligidan mo‘g‘ullar qo‘shini dastlab Sirdaryo bo‘yida 
joylashgan O‘tror shahri ustiga yurish qildi. O‘tror mustahkam 
qal’ali chegara shahar edi. Qal’a noibi G‘oyirxon (Inolchiq) va 
sarkarda Qoracha Hojib boshchiligida mo‘g‘ullarga qarshi jang 
qildilar. Manbalarga ko‘ra, O‘tror qamali 5 oy davom etgan. 
O‘tror mudofaasining eng og‘ir paytida Qoracha Hojib o‘z 
qo‘shini bilan shahar darvozasidan chiqib, mo‘g‘ullarga taslim 
bo‘lgan. Biroq xiyonatkorlarni mo‘g‘ullar ham kechirishmagan. 
Ular Qoracha Hojib va uning askarlarini qatl etishgan.
G‘oyirxon o‘zini Chingizxon savdogarlari va sarbonlarini 
o‘ldirishda ayb 
dor his qilib, so‘nggi nafasigacha dushmanga 
qarshi kura shadi. U boshliq mudofaachilarning bir qismi O‘tror 
arkiga joylashib olib, mudofaani yana bir oygacha davom 
ettiradilar. G‘oyirxon qurshovga olinib, asirga tu 
shiriladi va 
Samarqandga olib borib, qiynab o‘ldiriladi.
Buxoro fojiasi.
 1220-yilning fevralida Chingizxon musul-
mon sharqidagi yirik madaniy markaz Buxo ro ustiga qo‘shin 
tashlaydi. Buxoro qamali 12 kun davom etdi. Buxoro dushman 
kuchini qaytarishga tayyor emas edi. 1220-yilning 16-fevralida 
mo‘g‘ullar tomonidan Buxoro egallanib, talon-toroj etiladi. 
Behisob xazinalar talanadi, asriy qo‘lyozma asarlar, muqaddas 


68
kitoblar yirtilib, gulxanga uloqtiriladi. Ilm va ma’rifat egalari 
bo‘lgan ulamolar va shayxlar mo‘ g‘ul jangchilariga xizmatkor 
qilib beriladi. Chingizxon amri bilan Buxoro yoqib yuboriladi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin