O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/154
tarix18.09.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#117816
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   154
[@e tarix] 7-sinf Òzbekiston tarixi (2) 1 (1)

Samarqand jangi.
Buxoro zabt etilgach, 1220-yilning 
mart oyida mo‘ 
g‘ullar Movarounnahrning eng mashhur va 
yirik shahri bo‘lgan Samarqand tomon yo‘l oladi. Chingizxon 
shahardan tashqarida joylashgan Ko‘ksaroy qasridan turib 
shaharni qamal qilish ishiga boshchilik qiladi. Shahar ostonasida 
uch kun shiddatli janglar davom etadi.
Uch kunlik qattiq qarshilikdan so‘ng, Chingizxon hiyla 
ishlatishga majbur bo‘ldi. Qang‘li qo‘shinlariga u shahar 
olingach omonlik va’da qildi. Ular taslim bo‘lib, shahar talan-
gach, 30 minglik qang‘li qo‘shini qolgan himoyachilari ham 
qirib tashlanadi. Samarqand mo‘ g‘ullar tomonidan egallangach, 
Buxoro kabi vayron etilib, yoqib yuboriladi.
Temur Malik jasorati.
 
Xo‘jand shahri Sirdaryo ikkiga 
ayrilgan yerda joylashgan edi. Uning tabiiy joylashishi hamda 
shahar hokimi Temur Malikning qahramonligi bilan xo‘jand-
liklar mo‘g‘ullarga kutilmagan qarshilikni ko‘rsatadilar. Xojand 
shahri himoyachilari Temur Malik boshchiligida qariyb bir oy 
davomida o‘z shahrini mudofaa qiladilar. Oxiri ilojsiz qolganda 
o‘t ichida qolgan shahar qal’asini ming nafarga yaqin bahodir 
tark etib, Temur Malik bilan Sirdaryo o‘rtasidagi orolda 
joylashib olib, dushman bilan mardlarcha olishdilar. Nihoyat, 
maxsus kemalar yasab, daryo oqimi bo‘ylab, Xorazm tomon 
suzib ketdilar. Yo‘l-yo‘lakay dushman bilan jang qildilar.
Xalq qahramoni Temur Malikning bundan keyingi vatan-
parvarlik jasorati Xorazm va ona yurtining boshqa hududlarini 
himoya qiluvchilar safida kechdi. 
Sirdaryo (Sayhun) havzasi, Zarafshon va Qashqadaryo 
vodiy lari, Amudaryo (Jayhun) o‘rta oqimining o‘ng sohili dagi 
viloyatlar zabt etilgach, Chingizxon asosiy kuchni Xorazm-
shohlar davlatining markaziy qismi – Xorazmga tashlaydi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin