83
Davlat
xazinasi uchun “shulen” nomi bilan yuritilgan oziq-
ovqat solig‘i ham undirilgan. “
Shulen”
har bir podadan ikki
yashar qo‘y, qimiz uchun har ming otdan bir biya hisobida
olingan.
Hunarmandlar va savdogarlardan
“targ‘u” solig‘i undirilgan.
Targ‘u ishlab chiqarilgan mahsulot yoki
sotilgan molning
o‘ttiz dan bir qismi hajmida undirilgan. Bulardan tashqari, aho-
liga
tuz solig‘i, jun va
kumush solig‘i solingan.
Soliqlar mahalliy amaldorlar tomonidan
barot (ijara) tarti-
bida avvaldan bir yo‘la to‘lab yuborilardi, so‘ngra
ular aho-
lidan yig‘ib olinardi. Aholidan yig‘ib olish paytlarida soliqlar,
shubhasiz, rasmiylashtirilgan miqdordan oshirib undirilardi.
Zo‘rlik, jabr-zulmning nihoyatda kuchayishi,
xilma-xil maj-
bu
riy to‘lov va yig‘imlarning haddan tashqari ko‘pligi mo‘-
g‘ul
lar
ga nisbatan norozilikni oshirib, istilochilar istibdodiga
qarshi xalqning bosh ko‘tarishiga olib keldi. Shunday qo‘z-
g‘olonlardan biri Buxoro vohasidagi
Torob qishlog‘ida ko‘ta-
rilgan xalq qo‘zg‘oloni bo‘ldi.
Mahmud Torobiy qo‘zg‘oloni.
1238-yilda
Buxoroning
Torob qishlog‘ida bosqinchilar va mahalliy mulkdorlar zulmiga
qarshi qo‘zg‘olon boshlanadi. Qo‘zg‘olonga toroblik g‘alvir
yasovchi hunarmand
Mahmud boshchilik qiladi. Tarixda u
Dostları ilə paylaş: