O`zbekiston tarixi



Yüklə 75,03 Kb.
səhifə12/22
tarix13.12.2023
ölçüsü75,03 Kb.
#139689
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
O`zbekiston tarixi-fayllar.org

Zardo„shtiylik xudolari –
Axuramazda, Mitra, Anaxita,
Humo, Axriman.

aks ettirgan. Bu asar ko‗p yillar davomida zardushtiylik-otashparastlik dinining ulamo kohinlari


tomonidan to‗ldirilib, takomillashtirilgan. Abu Rayxon Beruniyning ‖O‗tmish xalqlardan qolgan
yodgorliklar‖ kitobida ta‗kidlashicha, ‖Avesto‖ ilk bor mil. av. VI asr boshlarida to‗liq holda 12
ming qoramol (xo‗kiz) terisiga zarhal xarflar bilan bitilgan. Iskandar Zulqarnayn (Aleksandr
Makedonskiy) sharqni zabt etganda "Avesto" ning nodir nusxasidan o‗ziga ma‗qul bo‗lgan
joylarini tarjima qildirib olib qolgan, boshqa qismini esa yoqtirib yuborgan. Shu sabab, bu
qomusiy asarning 5 dan 3 qismi kuydirib yuborilgan. Keyinchalik - milodiy I-IV asrlarda
"Avesto"ning qolgan qismlari jamlanib, ayrim joylari qayta tiklanib, yangidan kitob holiga
keltirilgan. Bizga qadar "Avesto"ning ayrim qismlarigina yetib kelgan. Bular: "Yasna"-ibodat
paytida ijro etiladigan matnlar "Yasht"-otashparastlarning tangrini ta‗riflash madhiyalari,
"Vendidot"-zulm timsoli-devlarga qarshi qonunlar va afsonalar, "Visparat"-ibodat yo‗sinlari va
mazmuni haqida ma‗lumotlardir.
"Avesto" katta hajmda bo‗lganligi sabab, dindorlarning kundalik faoliyatida foydalanshi
uchun kichik "Avesto" ham yaratilgan. Unga katta "Avesto"dan tanlab olingan duolar kiritilgan.
Demak, "Avesto"da zardushtiylik dinining qonun-qoidalari, ibodat vaqtida ijro etiladigan
qo‗shiqlari bitilgan.
"Avesto" ta‗limotining asoschisi tarixda payg‗ambar nomi bilan tanilgan Zardushtra
(Zardust) ismli shaxs bo‗lgan. Zardushtra - oltin tuyali yoki oltin tuya yetaklovchisi degan
ma‗noda ishlatilgan. Zardushtra otashparastlik g‗oyalarini o‗z hamfikrlari bilan birgalikda Katta
Xorazm, Baqtriya, So‗g‗diyona, Eron, Ozarbayjon qisman Hindiston aholisi o‗rtasida targ‗ib
etgan.
Beruniy keltirgan rivoyatga ko‗ra, Baqtriya podshosi Vishtasp va malika Xutaosa
birinchilardan bo‗lib zardushtiylik e‗tiqodini qabul etganlar, so‗ng bu din keng yoyilgan.
"Avesto"da dunyo ezgulik va yovuzlikning doimiy kurashidan iborat, ezgulik xudosi
Axuramazda (Xurmuzd) yovuzlik tangrisi Axriman ustidan g‗alaba qozonishi bayon etilgan.
Zardushtiylik dinida olov muqaddaslashtirilib, u insonning baxtu-saodati ramzi sifatida
ulug‗langan.
Zardushtiylik jamiyatda barcha odamlar - tanasining rangidan, tili, urf-odatlari va yashagan
joylaridan qat‗i nazar, osoyishtalik bilan yorqin hayot kechirishga haqlidir, deb hisoblaydi. Bu
din odamlarni jur‗atli, dovyurak, yetuk insonlar bo‗lishga da‗vat etadi. Otashparastlikda zamin
(yer), suv, quyosh va havo ilohiyat darajasiga ko‗tariladi va ularni ifloslash og‗ir gunoh
hisoblanadi. Kitobda aytilishicha, Zardusht odamlarga murojat qilib, yerga, tuproqqa sifatli
urug‗lar sepinglar, pirovard natijada o‗zlaringiz har xil illatlardan va balolardan holi bo‗lasizlar.
Bilib qo‗yinglar, ishlov berilmagan tashlandiq yerlarda turli kasalliklar, iflos narsalar va balo-
qazolar paydo bo‗ladi. Demak, sizlar yerga ishlov berib, unga yaxshi urug‗ sepib, tuproqni
e‗zozlasangiz har xil balolardan qutulasiz, xayotga, insonga ishonchingiz kuchayadi, yashagan
joyingizga, vataningizga mehringiz oshadi, deydi. Ko‗rib turibmizki, zardushtiylikda tabiatga
ehtirom asosiy yo‗nalish bo‗lgan. Zardushtiylik diniga oid turli buyumlar, rasmlar, urf-odat
asoratlari qadimgi Xorazm, So‗g‗d va boshqa o‗lkalarda ko‗plab topilgan.
Ko‗pchilik tadqiqotchilarning fikricha, "Avesto"ning vatani Amudaryo sohili, aniqrog‗i
qadimgi Xorazmdir. Bu asarda olingan 16 yirik hududiy-geografik nomlarning ko‗pchiligi O‗rta
Osiyoga taalluqlidir. Bular Xorazm, So‗g‗d, Baqtriya yurtlari, Xisor, Pomir, Tiyanshon tog‗lari,
Kaspiy, Orol, Issiqko‗l suv havzalari, Amudaryo va Sirdaryolardir. Demak bu muqaddas asarda
geografiyaga oid mulohazalar xam bisyor.
"Avesto" jahon olimlari tan olgan boqiy yodgorlik, noyob tarixiy manba. U dunyoning ko‗p
tillariga tarjima qilingan. Kitob fransuz, ingliz, rus, nemis, fors va boshqa tillarda chop etilgan.
Asarning jahon madaniyati va dinlar tarixida tutgan o‗rni beqiyosdir. Shuning uchun ham 1999
yil noyabrda YuNeSKO bosh konferenkiyasi "Avesto" yaratilganligining 2700 yilligini dunyo
miqyosida keng nishonlashga qaror qildi, 2001 yil oktyabrida Xorazm zaminida "Avesto" va
uning insoniyat taraqqiyotadagi o‗rni mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya otkazildi.
Ma‗lumki, qadimgi zamon moddiy va ma‗naviy taraqqiyoti fanda antik, ya‗ni qadimgi
sivilizatsiya deb ataladi. Jahonning turli mintaqalarida vujudga kelgan bunday taraqqiyot bora-

bora umuminsoniy qadriyatlarga, madaniyatga, Sivilizatsiyaga aylanadi. O‗zbekiston esa


insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o‗choqlaridan biri bo‗lgan. Demak, o‗lkamizda yashab
o‗tgan qadimgi odamlar jahon ravnaqiga, uning bugungi rivojiga o‗zining munosib hissalarini
qo‗shganlar. Shu bois bugungi mustaqil O‗zbekiston xalqlarida milliy g‗urur bilan birga
taraqqiyotga, sivilizatsiyaga intilish hissi kattadir.

Yüklə 75,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin