O`zbekiston tarixi


O„rta Osiyodagi qadimgi davlatchilik evolyusiyasini (taraqqiyotini) bir necha davrlarga



Yüklə 75,03 Kb.
səhifə15/22
tarix13.12.2023
ölçüsü75,03 Kb.
#139689
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
O`zbekiston tarixi-fayllar.org

O„rta Osiyodagi qadimgi davlatchilik evolyusiyasini (taraqqiyotini) bir necha davrlarga 
ajratib ko„rsatish mumkin: 
1 – davr. Miloddan avvalgi II ming yillikning II yarmi – O‗zbekiston janubida davlatchilik
tuzilmalarining ilk belgilari paydo bo‗ldi. Davlatning bunday namunasi Jarqo‗tonda topilgan.
2 – davr. Miloddan avvalgi I ming yillikning boshi – Xorazm, Baqtriya, Sug‗d tarixiy –
madaniy viloyatlarining shakllanishi.
3 –davr. Miloddan avvalgi VI–IV asrlarda Ahamoniylar bosqini va O‗rta Osiyoning
Ahamoniylar davlati tarkibiga kirishi natijasida
mahalliy davlatchilik rivojlanishidagi tanaffus.
4 – davr. Miloddan avvalgi IV – II asrning yarmi. Yunon – Makedon qo‗shinlari bosib
olgandan boshlab, Yunon–Baqtriya podshohligining qulashigacha. Bir vaqtning o‗zida mahalliy
davlatchilikning tiklana borishi.
5 – davr. Miloddan avvalgi II asrning yarmi va milodiy I asri boshi. Mahalliy davlatlar:
Qang‗, Xorazm podshohligi, Sug‗d, Davan davlatlarining mustahkamlanishi va yanada
rivojlanishi.
6 – davr. Milodiy I asri boshidan III asr yarmigacha. Mahalliy davlatchilikning ravnaq
topishi. O‗zbekiston janubiy hududlarining Kushon imperiyasi tarkibiga kirishi.
Salkam uch ming yillik tarixga ega bo‗lgan o‗zbek xalqi davlatchiligining shakllanishi va
rivojlanishining keyingi davrlari quyidagilardan iborat:
1. Ilk o‗rta asr davlatchiligi tarixi (IV – VIII asr o‗rtalarigacha);
2. Rivojlangan o‗rta asr davlatchiligi tarixi (IX – XIII asr boshlari);
3. Amir Temur va temuriylar davlati (XIV asr ikkinchi yarmi – XVI asr boshlari);
4. XVI – XIX asr birinchi yarmi davlatchiligi tarixi;
5. O‗zbek davlatchiligi XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr mustamlakachiligi davrida;
6. Mustaqil O‗zbekiston davlatchiligi bir necha ming yillik o‗zbek davlatchiligining davomi va
vorisi sifatida.
Markaziy Osiyo hududida miloddan avvalgi I ming yillikning boshlarida paydo bo`lgan ilk
davlat uyushmalari - bu "Katta Xorazm" va "Qadimgi Baqtriya" davlatlaridir.

Ma‗lumki so`ngi bronza davrida mehnatning dastlabki yirik taqsimoti ro`y beradi.


Dehqonchilik chorvachilikdan ajralib chiqadi hamda iqtisodiy hayotdagi siljishlar natijasida
ortiqcha mahsulot paydo bo`lib,bu mahsulot ma‗lum shaxslar qo`lida to`plana boshlaydi.
Qishloqlar kengayib shaharlarga borar ekan, bu shaharlar eng qadimgi viloyatlar va davlat
uyushmlarining ma‗muriy markaziga aylana boshlaydi.
Markaziy Osiyo hududida tashkil topgan eng qadimgi davlatlar tarixini o`rganishda bizga
arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ashyoviy dalillar, yozma manbalar, masalan "Avesto",
Beruniyning "Osorul-boqiya"..("Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar") kabi asarlar, ko`hna
Eroniy yozuvlar, yunon xitoy muarrixlarining yozib qoldirgan ma‗naviy meroslari yordam
beradi. Manbalarning guvohlik berishicha o`tmish ajdodlarimiz miloddan avvalgi 1 ming yillik
boshlarida temirni kashf etdilar. Natijada har qanday taraqqiyotning to`rt qism bo`lib kelgan
mehnat qurollarining takomillashuvi uchun keng imkoniyat tug‘ildi. Oqibatda inson faoliyati
kengaydi va jadallashdi. O`tkazilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, miloddan avvalgi 1-
ming yillikning birinchi yarmidayoq mintaqada tog‘ jinslarini, xususan, temir, oltin, qalay,
qo`rg‘oshin va hokozolarni qayta ishlash, ulardan jang, mehnat qurollari yasash, kulolchilik,
to`quvchilik, quruvchilik, zargarlik kabi sohalarda keng foydalanilgan bundan tashqari, miloddan
avvalgi VIII-VI asrlarda Xorazmda uzunligi bir necha o‗n kilometr, eni bir necha o‗n metrni
tashkil etgan ulkan sun‗iy sug‘orish kanallari mavjud bo`lganligi tarixdan ma‗lum. Bu hol sun‗iy
sug‘orish ishlarining ajdodlarimiz chiqishida hayotida katta o`rin tutganligini ko`rsatadi. Bunday
katta hajmdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik bo`lgan ishlarni e‗tiborli va nufuzli kuchga
ega bo`lgan davlat tuzilmasi mavjud bo`lgan taqdirdagina amalga oshirish mumkin edi. Demak,
o`z-o`zidan xulosa chiqarish mumkinki, miloddan avvalgi birinchi ming yillikning birnchi
yarmidayoq vatanimiz hududida dastlab davlat uyushmlari tashkil topganligiga shubha yo`q.
O‗zbekistonning miloddan avvalgi VII–VI asrlarda tashkil topgan eng qadimgi davlat
birlashmalari Katta Xorazm va Qadimgi Baqtriya davlatlaridir. Bu davlatlar o‗ziga xos
rivojlanish jarayonini bosib o‗tgan. Ayniqsa, bu ilk davlatlar orasida Baqtriya nisbatan barqaror
bo‗lganligi bilan ajralib turadi. Katta Xorazm «ishlab chiqarishning Osiyo usuli»ga ega bo‗lgan
davlatlarning qadimgi sharq tipiga mansub edi.

Yüklə 75,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin