O`zbekiston tarixi



Yüklə 75,03 Kb.
səhifə19/22
tarix13.12.2023
ölçüsü75,03 Kb.
#139689
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
O`zbekiston tarixi-fayllar.org

Parfiya podsholigi — mil. avv. taxm. 250 yilda Kaspiy dengizining janubiy va janubiy –
sharqiy tomonida vujudga kelgan qadimgi davlat. Antik davr tarixchilari Parfiya saltanatining
asoschisi sifatida parnlar (aparnlar) qabilasini tilga olganlar. Mil. avv. I asr o‗rtalarida
Mesopotamiyadan Hindistongacha bo‗lgan hududni o‗ziga bo‗ysundirgan. Parfiya davlatining
poytaxti (mil. avv. III – milodiy III asrlar) Niso shahri bo‗lgan. Parfiya milodiy III asrning 20 –
yillarigacha mavjud bo‗lgan.
 
Qang„, Dovon va Kushon davlatlari. 
Qang„ davlati, Qanhxa (qad. xitoy manbalarida Kangkiya, zamonaviy o‗qilishda Kangjyuy,
rus adabiyotida Kangyuy) — qadimda Sirdaryoning o‗rta havzasida mavjud bo‗lgan davlat (mil.
avv. III – mil. V asr o‗rtalari). Ayrim adabiyotlarda ushbu davlat aholisi ham uning nomlari bilan
ataladi.
K. Shoniyozovning fikricha, Qang‗ davlati sharqda Farg‗ona (Davan, Dayyuan), shimoliy –
sharqda Usun (Uysun) davlatlari, shimoliy – g‗arbda Sarisu, g‗arbda Sirdaryoning quyi oqimi
bilan chegaradosh bo‗lgan. Xitoy manbalariga ko‗ra, Qang‗ davlatining janubiy hududiga hozirgi
O‗zbekistonning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Kattaqo‗rg‗on va Urganch tumanlari kirgan
bo‗lib, uning chegarasi Amudaryoga borib taqaladi. Janubda — Dayruzie (Dayuechji) davlati
joylashgan. Kushon podsholigi tashkil topishi va uning hududi kengayishi munosabati bilan
Qang‗ davlatining janubiy chegarasi o‗zgargan. Shu tufayli mil. avv. II asrda Xitoy elchisi Chjan
Tsyan farg‗onaliklar yordamida Qang‗ davlati orqali Dayruzie (Dayuechji) davlatiga borgan.
Qang‗ davlatining qishki poytaxt shaharlari Bityan va Sushie bo‗lgan. Bityan Binkat shahri
(boshqa manbalarga ko‗ra, Qanqa) o‗rnida, Sushie esa hozirgi Parkent tumanidagi So‗qoq
(Sukeeke) nomli joyga to‗g‗ri keladi. Qang‗ davlatining yozgi qarorgohlari Issiqko‗l bo‗ylab,
hozirgi Qoraqo‗l (Prjevalsk) yonida bo‗lgan. Qang‗ davlatining qo‗shini 80 – 90 ming jangchini
tashkil etgan. Qang‗ davlati aholisining urf – odatlari Ruzie (Yuetszi) davlati aholisi urf –
odatidan farq qilmagan. O‗z navbatida, ruzieliklar urf – odatlari hunlarnikiga o‗xshash bo‗lgan.
Qang‗ davlati hukmdori va Hun xoqonligi o‗rtasida qudachilik munosabatlari o‗rnatilgan. Shu
tufayli xitoylar hunlar ustidan g‗olib chiqib, ularni o‗z joylaridan siqib chiqarganida, hun xoqoni
o‗z avlodi bilan Qang‗ davlatiga ko‗chib kelgan.
Qang‗lilarda madaniyat va san‗at ham yuksak darajada rivoj topgan. Milodiy II – III asrlarga
oid xitoy manbalarida qang‗lilarning mohir sozanda, maqomchi va bastakor bo‗lganliklari,
ularning mashhur raqqosalari to‗g‗risida ma‗lumotlar bor.
Qang‗ davlatining ko‗chmanchi aholisi chorvachilik, shaharlar va ularning atrofida yashagan
o‗troq aholi esa dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo – sotiq bilan shug‗ullangan. Ular
Buyuk ipak yo‗lidagi xalqaro siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarda muhim o‗rin tutganlar.
Qang‗ davlati hududida jiddiy migratsion jarayonlar sodir bo‗lib turgan. Mil. III asrning 2 –
yarmida Qang‗ davlati parchalanib, uning hududida Shosh (Shi), Samarqand (Kan), Maymurg‗
(Mi), Shahrisabz (Shi), Kattaqo‗rg‗on (Xe), Usrushona (Tsao) kabi kichik davlatlar tashkil
toptan (O‗zbekiston milliy entsiklopediyasi. 10 – jild. – T.: O‗ME, 2005. – B. 600).
Dovan (xitoycha Da – yuandan olingan) — Farg‗ona vodiysidagi qadimgi davlat. Mil. avv.
II – I asrlardagi Xitoy manbalarida keng, obod, boy mamlakat — Davan haqidagi ma‗lumotlar
keltirilgan. Davan shahar va voha hokimlarining erkin ittifoqidan iborat davlat edi. Ulug‗
hukmdor qarorgohi Gushan (hoz. O‗zgan shahar deb taxmin etiladi)da bo‗lgan. Podsho
hokimiyati qabila zodagonlaridan iborat oqsoqollar kengashi tomonidan cheklab qo‗yilgan. Oliy
kengash hukmdorni podsholikdan tushirishi, hatto o‗lim jazosiga hukm qilishi mumkin bo‗lgan.
Davan atamasi tarixiy adabiyotlarda mil. III asrgacha uchraydi. So‗ngra Davan o‗rniga «Boxan»
va «Polona» (mil. V asr) atamalari uchrab muarrixlar ushbu atamalar qadimgi Davanga mos
keladi deb qayd etib o‗tganlar. Ammo arxeolog olim akademik A. Asqarovning xulosasiga ko‗ra,
Davan davlati mil. avv. II asrda emas, balki ancha ilgari – mil. avv. IV yoki III asrlarda ham
bo‗lgan. U davrda bu davlatning nomi Parkana bo‗lgan. Davan nomini xitoylar berganlar.
Xitoyshunos N. Ya. Bichurinning fikricha, Davan – Qo‗qondir, ham shahar va o‗lkadir.
Xitoyliklar Davan deb nomi toxarlar bilan bog‗liq bo‗lgan mamlakatni atashgan degan fikr bor.

Mil. avv. II asr Xitoy manbalari ma‗lumotlarida ta‗kidlanishicha, Davanda 300 ming aholi


yashagan. Vohada 70 ta katta – kichik shahar bo‗lgan, poytaxti Ershi (hozirgi Marhamat) shahri
edi. Davanliklar ko‗zlari kirtaygan, qalin soqolli xalq bo‗lib, savdo – sotiq ishlarida mohirliklari
bilan nom chiqarishgan. Davanda xotin – qizlar izzat – ikrom qilingan. Davanda yetishtirilgan
«samoviy tulporlari» — arg‗umoqlar (zotli chopqir otlarga Sharq xalqlari bergan umumiy nom)
Sharqda mashhur bo‗lgan. Mil. avv. 104 – 101 yillarda Xitoy askarlari Davanga ikki bor hujum
qilganlar. Birinchi – hujum Xitoy askarlarining mag‗lubiyati bilan tamom bo‗lgan, chunki ular
istehkomga aylantirilgan qishloqlarning qarshiligini sindirish uchun ojizlik qilganlar. Xitoyliklar
60 ming kishilik katta qo‗shin bilan ikkinchi marta hujum qilib, 101 yilda Ershi shahrini qamal
etishgan
2
.

Yüklə 75,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin