ETNOGENEZ
ETNOGENEZ
-
-
“
“
etnos
etnos
”
”
-
-
xalq
xalq
,
,
“
“
genez
genez
”
”
-
-
kelib
kelib
chiqish
chiqish
.
.
Etnografiya
Etnografiya
-
-
grekcha
grekcha
so
so
’
’
z
z
bo
bo
’
’
lib
lib
,
,
“
“
etnos
etnos
”
”
-
-
xalq
xalq
,
,
“
“
grafi
grafi
-
-
kos
kos
”
”
-
-
yozish
yozish
demakdir
demakdir
.
.
Arxeologik
Arxeologik
qazuv
qazuv
davomida
davomida
to
to
’
’
plan
plan
-
-
gan
gan
moddiy
moddiy
madaniyat
madaniyat
namunalari
namunalari
,
,
antropologik
antropologik
topilmalar
topilmalar
yordamida
yordamida
har
har
bir
bir
etnik
etnik
guruxning
guruxning
o
o
’
’
ziga
ziga
xos
xos
madaniyati
madaniyati
,
,
uning
uning
bir
bir
hududdan
hududdan
boshqa
boshqa
hududga
hududga
migratsiya
migratsiya
jarayoni
jarayoni
kompleks
kompleks
yondashuv
yondashuv
orqali
orqali
mintaqada
mintaqada
yuz
yuz
bergan
bergan
va
va
etnik
etnik
va
va
madaniy
madaniy
jarayonlar
jarayonlar
etnografiya
etnografiya
fani
fani
bilan
bilan
be
be
’
’
vosita
vosita
aloqadorlikda
aloqadorlikda
o
o
’
’
rganiladi
rganiladi
.
.
O
O
’
’
zbek
zbek
xalqining
xalqining
kelib
kelib
chiqishi
chiqishi
(
(
etnogenezi
etnogenezi
)
)
nixoyatda
nixoyatda
murakkab
murakkab
va
va
juda
juda
uzoq
uzoq
tarixga
tarixga
ega
ega
bo
bo
’
’
lgan
lgan
jarayondir
jarayondir
.
.
keng tarqalgan fikrlar, ya‗ni o‘zbeklarga xos Markaziy Osiyo ikki daryo oralig‘i irqi, avvalo
Volga daryosi bo‘ylarida va O‘rolda sarmot qabilalari tarkibida shakllanib tarqaldi, degan yoki
bir irk Baykal quli atrofida va Mug‘uliston cho‘llarida shakllanib, tayyor holda aholiga irkini
tarqatdi, degan fikrlardan voz kechishni taqoza etadi. Tadqiqitlarga ko‘ra, Xorazm, Baqtriya,
So`g‘diyona, Parkana, Tohariston, Choch hududlarida o‘troq va ko‘chmanchilik bilan
shug‘ullanib kelgan ajdodlarimizning turmush tarzi bir biriga chambarchas bog‘liq bo‘lganligi
aniqlangan. Shu hududlarda asrlar davomida yashab kelgan massagetlar, saqlar, xorazmiylar,
bahtarlar, so‘g‘diylar, toharlar, davonliklar o‘zbek xalqining asosini(etnogenezini) tashkil etadi.
Olib borilgan tadqiqotlar o‘zbeklarga xos antropologik qiyofa, dastavval, Sirdaryoning o‘rta
xavzasi tumanqarida ya‗ni Toshkent vohasi, Farg‘ona vodiysi, qisman Xorazmda va janubiy
Qozog‘istonning Chimkent viloyati, Yettisuv mintaqasida mil.avv. I ming yillik oxirida
shakllana boshlanganligi aniqlandi. Mil.avv. III-II asrlarda bu aholi bir necha yo‘nalishda
Markaziy Osiyoning markaziy va janubiy viloyatlariga kirib borgan. Bu antropologik tadqiqot
natijalari yozma manbalarda ma‗lum bo‘lgan xalqlarning janubga yurishi va yunon-Baqtriya
davlatining tor-mor etilishi va Buyuk Kushon saltanatining barpo bo‘lishi davriga mos keladi.
O‘zbeklarning kelib chiqishi qadimdan tarixda saklar, massagetlar, toharlar nomi bilan
mashhur bo‘lgan va qadim-qadim zamonlarda Markaziy Osiyo hamda uning tevarak atrofida
ko‘chib yurgan xalqlarga, Sug‘d, Xorazm, Baqtriya,Parkana (Farg‘ona) va Shoshning qadimiy
xalqlariga borib taqaladi. ushanda ular yashab turgan voha nomi bilan sug‘diylar, xorazmiylar,
baqtriyaliklar, parkanaliklar, toshkentliklar deb atalib, tarixda qolgan. O‘zbek va tojikning xalq
bo‘lib shakllanishida mil.avv. birinchi ming yillikning oxirlari va milodiyning dastlabki
asrlarida Jayxun va Sayxun oralig‘iga ko‘chib o‘tgan bir qator turkiyzabon xalqlar va
jayxunning Janubidan ko‘chib o‘tgan fors tilida so‘zlashuvchi qabilalar, shuningdek VI-V
asrlarda bu yerga shimol tarafdan ko‘chib o‘tgan xionit, kidarit va eftalit deb ataluvchi xalqlar
va nihoyatda,VI-VII asrlarda Markaziy Osiyoda hukmronligini o‘rnatgan G‘arbiy Turk
hoqonligining turkiyzabon xalqi katta rol o‘ynadi.
Akademik Ahmadali Asqarov qadimgi yozma moddiy madaniyat manbalarini qiyosiy
o‘rganish natijasida o‘zbek etnogenizining boshlang‘ich nuqtasi so‘ngi bronza davriga borib
taqalishini asosladi. ―Bugungi kunda olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra‖ deb yozadi A.Asqarov,-
o‘zbek xalqi etnogenizining boshlang‘ich nuqtasi so‘ngi bronza davri deb e`tirof etilgan uning
uzil-kesil shakillanishi milodiy XI-XII asrlarda yuz berdi. Hozirgi O‘zbekiston hududlarida
qadimdan yashab kelayotgan o‘zbek xalqining ajdodlari ikki til – turkiy va eroniy tillar
turkumidagi qabila va ellatlar bo‘lib ularning uzoq yillar davomida aralashuvi, qorishuvi
jarayonida XI-XII asrlarga kelib o‘zbek elati xalq bo‘lib shakillanib, shundan so‘ng etnik tarixi
boshlandi. O‘zbek etnogenizining paydo bo‘lish va rivojlanish bosqichlari Ahmadali Ashirov,
Asror Kalomovlar tomonidan ham olib borilgan.
Turon nomi bilan atalgan mamlakatimiz hududlarida o‘troq va chorvador hayot kеchirgan
qadimiy avlodlar So‘g‘d, Xorazm, Baqtr, Parkana va Tohariston nomlari ostidagi voxalarda
yashaganlar. Ular sharqiy eroniy tillarga mansub so‘g‘diy, xorazmiy, shak va tohar tillarida
muloqotda bo‘lganlar. Bu xalqlar janubda forsiyzabon Ajam xalqi, shimolda esa turkiy tilda
so‘zlashuvchi o‘troq va chorvador xalqlar va etnik guruxlarning doimiy ta'sirida bo‘lganlar.
Miloddan avvalgi I ming yillikning o‘rtalarida va ayniqsa milodning V—VIII asrlarida
shimoldagi turkiy qabilalarning (bu xalqlar u davrlarda xununlar dеgan umumiy nom bilan
atalganlar) O‘rta Osiyo hududlariga kirib kеlish jarayoni kuchayadi. Ular mahalliy xalqlar bilan
aralash-quralah yashash jarayonini o‘z boshlaridan kеchiradilar, bu xalqlarga til jihatdan ta'sir
o‘tkazib, ularning tillarini turkiylashtirib boradilar. VII—VIII asrlarda O‘rta Osiyodagi turkiy
aholining asosiy qismi Chu, Yettisuv, Shosh, Farg‘ona vodiysi, Zarafshon va Qashqadaryo
voxalarida yashaganlar. Yozma manbalarda bu hududlar VII asrda Turkiston dеb nomlangan.
Ilgarigi mavzularda qayd etilganidеk, o‘troq turmush sharoitini kеchirgan mahalliy xalqlar ham
asosiy kasbi chorvachilik bo‘lgan turkiy xalqlarga o‘z ta'sirlarini o‘tkazganlar. Ammo til nuktai
nazaridan turkiy xalqlarning ta'siri shu qadar kuchli bo‘lganki, arablar bosqini arafasida
Movarounnahr va Xorazmning tub yеrli aholisi turkiylashib bo‘lgan edi.
O‘zbek xalqining etnik shakllanishidagi ikkinchi muhim davr- bu IX-XII asrlar hisoblanadi.
Bu davrda Markaziy Osiyoda, jumladan O‘zbekistonda, hozirgi o‘zbeklarga xos qiyofa
aholining asosiy qismini tashkil etgan. Ilgarilari bu jarayonni faqat XI-XII asr etnik jarayonlari
bilan bog‘lab ko‘rilgan.keyingi yillardagi topilgan shu davr materiallarini ikki tarixiy davrga
ya‗ni IX-X va X-XII asrlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq deb hisoblanmoqda. IX asrda
O‘zbekiston hududida, tadqiqotlar natijaga qaraganda, aholining antropologik qiyofasida
keskin o‘zgarishlar yuz bergan. Bu o‘zgarishlar arxeologik qazishmalar natijasida ham
kuzatilgan. O‘zbeklarning elat sifatidagi shakllanish davri fanda XI-XII asrlar bilan izohlanib
kelinar edi. Tadqiqot natijalari bu jarayonni IX-X asrlarga oid deyilishiga asosdir. Akademik
Karim Shoniyozovning ta`kidlashicha IX-X asrlarda siyosiy hokimiyat Forsiyzamon Samoniylar
qo‘loda bo‘lsa ham, Movarounnahrning shimoliy, shimoliy- sharqiy va shimoliy- g‘arbiy
mintaqalarida o‘zbek elatining turkey asosi ko‘rinib turgan edi. Bu turkiy etnik asosining
qarluqchigil lahchasi g‘arbiy qorahoniylar davlati doirasida jonli o‘zbek tili sifatida boshqa
turkiy lahjalardan ajralib chiqadi.
O‘zbeklarning etnik tarkibi IX-XII asrlarda boyidi va takomillashdi. X-asr oxiri- XI asr
boshlarida qoraxoniylar bilan birga Oltoy, Yettisuv va Sharqiy Turkistondan Movarounnahrga
ko‘chib kelgan bir talay turkiyzabon qabilalar o‘lka aholisining etnik jihatdan takomillashuviga
ta‗sir qildi. Qoraxoniylar davrida o‘zbek tiliga asos bo‘lgan qorluk-chig‘il lahasi rivojlandi va
yozma adabiyot darajasiga ko‘tarildi va ushbu lahja o‘zbek halkining umumiy tiliga aylandi.
Yusuf Xos Xojibning " Qutadg‘u bilik", Mahmud Qoshg‘hariyning " Devonu lug‘atut-turk",
Xoja Ahmad Yassaviyning "Xikmatlar" asarlari shu davrning ajoyib mahsulidir.
XIII asrda Movarounnahr va Xorazmga bostirib kеlgan mo‘g‘ullar o‘lka taraqqiyotiga juda
katta salbiy ta'sir ko‘rsatganlar. Biroq Chingizxon qo‘shini tarkibida mo‘g‘ullar bilan bir qatorda
juda ko‗plab turklar va turklashgan mo‘g‘ullar ham bor edi. Jazoirlar, qurlovutlar, burkutlar,
mang‘itlar, qo‘ng‘irotlar, barloslar, sulduslar, boyovutlar, bahrinlar ana shular jumlasidandir. Bu
qabilalar, shak-shubhasiz, o‘zbеk xalqining etnik tarkibini yana ham boyitadilar. Ammo to XV
asrga qadar ular ―o‘zbеk‖ nomi atamasi bilan yuritilmagan, balki Turk dеb yoki qabilalar nomi
bilan atalganlar. XV asrdan e'tiboran Dashti Qipchoqda yashab kеlayotgan ―o‘zbеk‖ nomi
Movarounnahr va Xorazm etnik dunyosiga kirib kеldi va bu nom kеyinchalik butun bir
millatning nomi bo‘lib qoldi. Aytmoqchimizki, Dashti Qipchoqda yashab kеlgan ko‘chmanchi
chorvador turkiy o‘zbеk qabilalarining nomi Movarounnahr va Xorazmda qadim zamonlardan
bеri yashab istiqomat qilib kеlayotgan sartlar va barcha turkiy xalqlarga nisbatan qo‘llaniladigan
bo‘ladi. «O‘zbеk» atamasi kеyinchalik mahalliy xalqlar o‘rtasida istе'molda kеng tarqalgan
«sart» atamasini ham muomaladan surib chiqaradi.
«Sart» so‘zining ma'nosi turli davrda mazmunan boyib borgan. Masalan, «sart» dеganda
dastlab savdo axli tushunilgan, so‘ng hunarmand va dеhqonlar ham sart dеb atalgan. Sart,
umuman yеrli, o‘troq aholi bo‘lib, turkiylashgan so‘g‘diylar, xorazmiylar edi.
O`zbek xalqining etnik shakllanishida uchinchi davr - XV asr oxiri- XVI asr hisoblanadi.
Bu davrda siyosiy va iqtisodiy jihatdan ancha bo`shashgan, Markaziy Osiyoda hokimva
podsholar orasidagi taxt talashishlar, xalq ommasining og‘ir axvolga tushib qolishi, qo`shni
ko`chmanchi o`zbeklarga qo`l kelgan edi. Temuriylar sulolasining oxirgi hokimlari, jumladan
Farg‘ona hokimi Bobur va Xirot hokimi Husayn Boyqarolar Dashti Qipchoqdan kelgan
qudratli Shayboniyxon boshchiligidagi ko`p sonli qo`shinlar oldida ojizlik qiladilar. Shunday
qilib, hozirgi O‘zbekistonning Zarafshon, Surxondaryo va Qashqadaryo vodiylarida,Xorazm
vohasi va boshqa rayonlarda Shayboniyxon bilan kelgan, "o`zbek" nomli turkiy tildagi qabilalar
ham o`rnasha boshlaydi, aholi bilan aralashib ketadi.Ular yangi zamindor (feodal)larni barpo
etib, ko`pyerlarni zo`rlab musodara qilib olganlar, temuriylar to`plagan barcha boyliklarni
qo‗llariga kiritganlar. O`sha davrda adabiy va tarixiy asarlar, xususan, "Shayboniynoma",
"Nusratnoma", "Abdullanoma", "Alpomish" kabi asarlar o`zbek tilida keng tarqadi.
"O`zbek" atamasi ilmiy jihatdan hali to`liq aniqlanmagan. Dastlab bu so`zni arab muallifi
Usam ibn Munkiz (XII asr oxirlari) asarlarida uchratamiz. Keyin Rashididdin solnomalarida
Jaloliddinning harbiy navkarlaridan biri "o`zbek" ismi bilan tilga olinadi. Atoqli tarixchi
Hamdullox Kazviniy (XV asr) Oltin o`rda xoni O`zbekning lashkarlarini "o`zbeklar" deb
nomlaydi, tegishli o`lkani esa "Mamlakati o`zbek" deb ataydi. Nizomiddin Jomiy va Sharafuddin
Ali Yazdiylar o`zbeklarni Oltin o`rda nomi bilan bog‘lik degan fikrni bildiradilar.Boshqa
manbalarga qaraganda, XV asr oxiri-XVI asr boshlarida Abulxayrxon va uning nabirasi
Shayboniyxon qarmog‘ida barcha qabila va elatlar birikmasiga umuman" o`zbeklar" deb nom
berilgan Abulg‘ozining "Shajarai turk" asarida yozilganidek, Oq O`rda podshosi To`qtaguxon
o‗lgandan so`ng o‗n uch yoshli o‗g‘li O`zbekxon taxtga kelgan. U ota - bobosining dasturi
bilan elni zabt etib, har kimni martabasiga loyiq xurmat qilib, inomlar bergan. "Barcha xalq uch
soxibi davlatning sababinidin sharofi - islom musharraf bildilar,andin so`ng barcha Juchi elin
o`zbek eli dedilar" (Abulgozi "Shajarai turk"). Birinchi Prezident I.A.Karimov bir guruhi tarixchi
olimlar, ziyolilar bilan bo`lgan suhbatda o`zbek nomining qachon paydo bo`lganligi
to`g‘risidagi masalani qo`ydi. "Sovet tarixshunosliklarning yozishicha"-, dedi Birinchi Prezident
I.A.Karimov, - XVI asrda bizning zaminimizni qipchoq xonlari ishg‘ol qilgandan keyin
o`zbek nomi paydo bo`lgan emish. Axir, biz Movarounnahr deb ataydigan ikki daryo oralig‘ida
ungacha ham xalq yashagan-ku!" Biz sovet zamonidan qolgan bu aqidani qabul qilsak,
millatimiz tarixi mana shu navbatdagi bosqinchilar davridan boshlangan degan, noto`g‘ri xulosa
kelib chiqmaydimi? Unda bizning necha ming yillik tariximiz qaerda qoladi? Samarqnad ham,
Xiva ham, Buxoro ham o`zbeklarini ekan, bu yerlarda o`zbek davlati bo`lgan ekan, nega endi
tariximizni XVI asrdan, kimdir kelib-ketib, nomini qoldirib ketgan davrdan boshlashimiz
kerak? Ungacha ham bu yerda o`troq xalq yashagan-ku! Bu yerda ana shu o`troq xalqning
madaniyati bo`lgan-ku! Kim kelmasin, masalan, mo`g‘ullar kelgan XIII asrning 20 yillaridan
XIV asrning 70- yillariga qadar hukmronlik qilganlar va ularning madaniyati madaniyatga
singib ketgan. bunda xalqning madaniyati, albatta, asos bo`lgan, ustunlik qilgan. "Biz xalqni
nomi bilan emas balki madaniyati, ma‗anaviyati orqali bilamiz, tarixning tag- tomirigacha nazar
tashlaymiz". XVI-XIX asrlar davomida O`zbeklarning etnik shakllanishi davom qilib,o‘zlarining
urug‘-qabilaviy nomlarini to bizning asrimiz boshlarigacha saqlab kelganlar. Ular nafaqat etnik
jihatdan, balki turmush tarzi uning ijtimoiy tuzumi bilan o`zaro bir oz farq qilganlar. Ayrim
o`zbek qabilalari o`troq dehqonchilikka to`la o`tmagan ko`chmanchilik xo`ligi turmush
an‗analarini saqlab yarim o`troq holatda yashaganlar. Ular tillaridagi (she‗vasidagi) farq
jihatdan ancha ajralib turganlar. Ammo Turkiston o`lkasi va o`zbek xonliklari rus
mustamlakasi tufayli jahon kapitalistik munosabatlari girdobiga tortila boshlanadi. Shu davrda
asta- sekin milliy uyg‘onish kurtak ota boshlaydi. Milliy burjuaziya paydo bo`ladi. Ular
o‘zlarining bo`lmish jadidlar orqali milliy g‘urur xis-tuygular, an‗anaviy turmush tarzi va
madaniyati uchun jiddiy kurash boshlaydilar.chor hokimiyatining mustamlakachilik siyosati
mazkur jarayonga tusiq bo`lib,o`zbek elining jahon mikyosidagi ijtimoiy-madaniy taraqqiyot
yiliga chiqishini cheklab quyadi.Butun Markaziy Osiyoning chorizm davrida sun‗iy ravishda
Turkiston general gubernatorligi, Xiva xonligi va Buxoro amirligiga belgilanganligi ham
elatlarning shu jumladan o`zbeklarning milliy birligiga jiddiy to`siq bo`ldi.
XX asr boshlarida kelib hozirgi O‘zbekiston hududi 2,8 mlnga yaqin o`zbeklar yashagan
bo`lib, shulardan taxminan 82 foizi qishloqlarda 18 foizi shaharlarda joylashgan. Shuni alohida
qayd qilish lozimki, o`zbeklarning ancha qismi qo`shni mamlakatlarda yashab, o‘zlarining etnik
hususiyatlarini saqlab qolganlar. Shurolar istibdodi davrida O`rta Osiyoda "milliy-davlat
chegaralash" o`tkazildi. Bu jarayonda jiddiy siyosiy xato-kamchiliklarga yo`l qo`yildi, Turkiston
o`lkasi hududiy va etnik jihatdan yanada parchalanib ketdi.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |