predmetiga esa, mana shu makondagi jamiki xilma – xil voqea va hodisalar, ulardagi umumiy
aloqadorlik va yaxlit birlik hamda qonuniyatlar hodisasi va jarayonlar, umuman, xalq va
insonning yaratuvchanlik faoliyati kiradi. O‗zbekiston tarixi fanining o‗rganish makoni – ob'ekti O‗zbekistonning tarixidir. Tarixiy ob'ekt (makon)ga nisbatan O‗zbekiston tarixi fanining
maqsadi, vazifasi, yo‗nalishi va harakat (faoliyat) doirasi yoki chegarasi belgilanadi. Ma'lum bir
ma'noda ob'ekt bilan predmet bir – biriga juda yaqin tushuncha bo‗lsa-da ular tarix fanida tutgan
o‗rni va vazifasi bilan farqlanadi.
O‘zbеkiston tarixi fani xalqimiz tarixini haqqoniy aks ettiruvchi fan sifatida muhim
ahamiyat kasb etadi. Shu bois mamlakatimizning barcha oliy o‘quv yurtlarida, akadеmik
litsеylar, kasb-hunar kollеjlar va umumta'lim maktablarida O‘zbеkiston tarixi fani o‘qitilmoqda.
Bu hol vatanimiz kishilarini, ayniqsa yosh avlodni o‘z ona-Vatani tarixi va madaniyatini
mukammal o‘rganish, binobarin, o‘z milliy ongi, milliy mafkurasini, milliy vijdonini kamol
toptirish uchun zamin yaratadi.
Bu fan prеdmеti doirasiga avlodu-ajdodlarimizning turmush tarzi, bosqinchilarga qarshi
kurashi, yurt mustaqilligi uchun tinimsiz jangu-jadallari, uzluksiz mеhnat faoliyati, dini, yozuvi,
ilmu-fani, adabiyoti va san'ati kiradi. Shuningdеk, O‘zbеkiston tarixi fani o‘zbеklarning elat,
millat bo‘lib shakllanish jarayonini, ajdodlarimiz milliy an'analarini, ularning ichki va tashqi
siyosatini o‘rgatadi. Vatan tarixida xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirishi, istiqlol
yo‘llarida milliy, huquqiy davlatchilik qurilishi, dеmokratik davlat va fuqarolik jamiyatini
yaratish, erkin bozor iqtisodiyotini yaratish, jahon hamjamiyatidagi tutgan o‘rni va rolini
o‘rgatadi. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekiston tarixi fani oldiga qo‘yilgan bir qator muhim vazifalarni
bajarish bilan bog‘liqdir.
Xususan:
Birinchidan, O‘zbekiston tarixi fani yoshlar ongida siyosiy, nazariy-ilmiy dunyoqarashni
shakllantirish. Voqea va hodisalarga tarixiy nuqtai nazardan yondoshadigan har tomonlama
yetuk, barkamol insonni tarbiyalashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi;
Ikkinchidan, O‘zbekiston tarixi mustaqil O‘zbekiston yoshlar ongida milliy vijdonni
uyg‘otib, uning shakllanishiga ko‘maklashadi. Yoshlar ajdodlarimizning taraqqiyot yo‘lini.
tarixiy tajribalarni o‘qib o‘rganganlaridagina ularning ongida istiqlol tafakkuri, Hozirgi ijtimoiy-
siyosiy. Iqtisodiy va madaniy-ma‗rifiy turmushni o‘tmish bilan taqqoslash va kelajakka nazar
solish tuyg‘usi shakllanadi;
Uchinchidan, O‘zbekiston tarixi fani yoshlarni Ona Vatanga mehr-sadoqat hamda harbiy
vatanparvarlik an‗analari ruhida tarbiyalash vositasi hisoblanadi;
To‘rtinchidan, O‘zbekiston tarixi fani yoshlarimizni baynalminlalchilik ruhida tarbiyalash
quroli hamdir. Yoshlarimiz bu fanni o‘qish, o‘rganish va mutolaa qilish jarayonida O‘zbekiston
jahon hamjamiyatining ajralmas tarkibiy qismi va bir bo‘lagi ekanligini tushunib oladilar, o‘zbek
xalqi va buyuk allomalarimizning fan va madaniyat arboblarimizning jahon taraqqiyoti va
tsivilizatsiyasiga qo‘shgan va qo‘shayotgan munosib hissasi bilan qonuniy ravishda
faxrlanadilar.
Va nihoyat, beshinchidan, O‘zbekiston tarixi fani yosh avlodni o‘zbek xalqining milliy
qadriyatlari va axloqiy fazilatlari: halollik, poklik,
odillik, adolatlilik, insonparvarlik, rostgo‘ylik, mehnat
sevarlik va kamtarinlik, iymon va e‗tiqodlilik sabr-toqat
va chidamlilik ruhida tarbiyalashda, Vatan va xalq
oldidagi
barcha
sadoqatlilikni
qaror
toptirishda
oliyjanob vazifani bajaradi.
O‗zbekiston
tarixini
o‗rganishda