O`zbekiston tarixi


Qadimgi Xorazm, Qadimgi Baqtriya, Sug„diyona) davlatlari



Yüklə 75,03 Kb.
səhifə14/22
tarix13.12.2023
ölçüsü75,03 Kb.
#139689
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
O`zbekiston tarixi-fayllar.org

Qadimgi Xorazm, Qadimgi Baqtriya, Sug„diyona) davlatlari. 
Qadimgi Sharq mamlakatlarida ilk davlatlar shahar – davlatlar ko‗rinishida paydo bo‗lgan.
Bu jarayon sug‗orishga asoslangan barcha dehqonchilik hududlari – O‗rta va Yaqin Sharq, shu
jumladan O‗rta Osiyo mamlakatlarida yuz bergan. Dastlab, O‗rta Osiyodagi ilk davlatlar
deyilganda, yaqin yillargacha miloddan avvalgi VII – VI asrlarda vujudga kelgan «Katta
Xorazm» va «Qadimgi Baqtriya» podshohliklari tushunilib kelingan. Ular davlatchiligimiz
rivojining ikkinchi bosqichiga tegishli davlatlardir. So‗nggi yillardagi arxeologik tadqiqotlar
Qadimgi davrda O„rta Osiyo ikki daryo oralig„ida 
davlat birlashmalarining har xil shakllari mavjud 
bo„lgan: 
1. Davlat tipi – podsholik. Boshqaruv shakli – 
mutloq monarxiya. 
2. Davlat tipi – konfederativ podsholik. Boshqaruv 
shakli – cheklangan monarxiya. Ular odatda qabila 
boshliqlari yoki o‘z tangasini zarb qiluvchi urug‘ 
boshliqlari tomonidan boshqariladigan bir nechta 
mustaqil o‘lkalardan iborat bo‘lgan. 
3. Davlat tipi – mulkka egalik qilish. Boshqaruv shakli 
– qabila doxiylari yoki urug‘ boshliqlarining meros 
qilib qoldiriladigan hokimiyati. 

Markaziy Osiyo hududidagi ilk davlatlar shahar – davlatlar ko‗rinishida bo‗lib, ular miloddan


avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmida paydo bo‗lganligidan guvohlik beradi. Bunga misol
tariqasida shu davrda yuzaga kelgan Jarqo‗ton shaharsozlik madaniyatini aytish mumkin.
Shahar madaniyatining shakllanishi ham xuddi jamiyat taraqqiyotida bo‗lgani kabi uzluksiz
taraqqiyot yo‗li bilan rivojlangan. Bu qonuniyatga ko‗ra shaharsozlik madaniyatining
shakllanishi, uzoq, bosqichma – bosqich davrlarni bosib o‗tgan. Mil. avv. II ming yillikka oid
O‗rta Osiyodagi Jarqo‗ton, Sopollitepa, Dashli, Gonur, Namozgoh, Oltintepa, Ulug‗tepa
kabilarda ilk shaharsozlik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi uchun quyidagi omillar
muhim ahamiyatga ega bo‗ldi:

aholining o‗troq dehqonchilikka o‗tishi va keng vohalar bo‗ylab yoyilishi;

hunarmandchilikning rivojlanishi va ayrim sohalarga ixtisoslashishi;

qadimgi savdo yo‗llarining rivojlanishi natijasida iqtisodiy va madaniy aloqalar hamda
savdo – sotiqning taraqqiy etishi;

tabiiy – geografik hamda harbiy – strategik shart – sharoitlar.
Ko‗p sonli arxeologik topilmalarning dalolat berishicha, O‗zbekistondagi ayrim ko‗hna
shaharlarning yoshi 2700 – 3000 yildan kam emas. Ularga Afrosiyob (Samarqand), Ko‗zaliqir
(Xorazm), Qiziltepa (Surxondaryo), Uzunqir, Yerqo‗rg‗on (Qashqadaryo) kabilar kiradi.
Qadimgi shaharlar – tarixiy rivojlanishdagi urbanistik jarayonda muhim ahamiyatga ega bo‗lgan
jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy asosi hisoblanadi.
Davlat paydo bo‗lishida uning tabiiy – geografik hududi va joylashuvi ham muhim omil
hisoblanadi. O‗rta Osiyodagi ikki daryo oralig‗i – alohida tarixiy – geografik va tarixiy –
madaniy hududdir. Uning sivilizatsiyasi Amudaryo va Sirdaryo tufayli ko‗p ming yilliklar
mobaynida vujudga keldi. Bu mintaqada yuzaga kelgan davlatlar qadimgi davrlarda ham, o‗rta
asrlarda ham umumiy belgilar bo‗lishiga qaramay, Markaziy Osiyoning boshqa qismlaridagi
davlatlardan o‗ziga xos belgilariga ko‗ra ajralib turgan.

Yüklə 75,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin