O`zbekiston tarixi



Yüklə 75,03 Kb.
səhifə17/22
tarix13.12.2023
ölçüsü75,03 Kb.
#139689
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
O`zbekiston tarixi-fayllar.org

Qadimgi Baqtriya – O‗zbekiston janubi, Janubiy – sharqiy O‗rta Osiyoning katta
hududlarini, jumladan, hozirgi Surxondaryo, Qashqadaryo, qisman Zarafshon, Amudaryo yuqori
oqimi, shuningdek, Afg‗oniston shimolini o‗z nazoratida tutgan qabilalar konfederatsiyasi
hisoblangan. Yozma manbalarda u Baxdi («Avesto»da), Baqtrish (Behistun yozuvlarida) deb
nomlangan. Yunon – rim mualliflari uni Baqtriana yoki Baqtriya deb ataganlar. Baqtriyaning
o‗tmishda «Ming bir shahar mamlakati» deb atalganligi unda shaharlarning ko‗p bo‗lganligidan
guvoxlik beradi.
Baqtriyadagi ko‗pdan – ko‗p yirik shaharlar orasida Baqtra mashhur bo‗lib, mamlakatning
poytaxti hisoblangan. Baqtra baland va mustahkam mudofaa devorlari bilan o‗ralgan, unda
podshoh qal‗asi alohida ajralib turgan.
Ba‗zi yozma manbalarda qayd etilishicha, bu davlat tarkibiga So‗g‗d va Marg‗iyona
hududlari ham kirgan. Qadimgi Baqtriya davlati to‗g‗risida yunon olimi Ktesiy ma‗lumotlari
qimmatlidir. U Baqtriyadagi ko‗plab shaharlar, uning poytaxti Baqtra (Balx), Baqtriya podshosi
Oksiard, unga qarashli behisob boyliklar haqida ma‗lumotlar beradi. Yana bir yunon tarixchisi
Gerodot ham Baqtriya davlati haqida qimmatli ma‗lumotlar yozib qoldirgan. U Baqtriya xalqi,
bu davlatning qudrati jihatidan Misr va Bobil davlatlari bilan teng bo‗lganligi haqida yozadi.
Qadimgi So„g„diyona – bu davlat uyushmasi ham Baqtriya singari qadimdan mustaqil
faoliyat ko‗rsatgan. Uning hududlariga qadimda hozirgi Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy va
Buxoro viloyatlari yerlari kirgan. Davlatning poytaxti Samarqand shahri bo‗lgan. Arxeologlar
bergan ma‗lumotlarga qaraganda tub yerli aholi shaharni Smarakansa (Smarakansa) deb atagan.
Bu shahar qadimgi «Buyuk Ipak yo‗li»da joylashgan bo‗lib, savdo – iqtisodiy jihatdan Sharq va
G‗arbni bog‗lagan. Sug‗d tili qadimda va ilk o‗rta asrlarda jahon savdo tili sifatida katta nufuzga
ega bo‗lgan. So‗g‗diyonada aholi yuqori darajada dehqonchilik, chorvachilik va
hunarmandchilik madaniyatiga ega bo‗lgan.
Mil. avv. VI asrda Eron hududida yashovchi xalqlar mil. avv. 558 yilda podsho Kayxusrav
II boshchiligida kuchli davlatga uyushdilar. Bu davlat ikki asr mobaynida, ya‗ni, mil. avv. 330
yilgacha faoliyat ko‗rsatgan. Uning hududlari Misrdan to Shimoli – G‗arbiy Hindistonga qadar
cho‗zilgan edi. Axomaniylar (ko‗plab adabiyotlarda ahamoniylar) saltanatini Kir II (qad. eron –
Kurush, grek. – Kyros) barpo etdi. Mil. avv. 558 – 530 yillarda esa Axomaniylar davlatini
boshqargan. Axomaniylar davlati qisqa davr ichida Hind daryosidan Egey va O‗rta dengizgacha
bo‗lgan oraliqdagi Osiyo mamlakatlarini, shuningdek Misr, Midiya va Bolqon yarim orolining
bir qismini bosib oladi. Kir II O‗rta Osiyo yerlariga yurish qilishga maxsus tayyorgarlik ko‗radi.
Kirning sharqiy hududlarga, xususan, O‗rta Osiyoga harbiy yurishlarini ikki bosqichga bo‗lish
mumkin. Uning birinchi bosqichi miloddan avvalgi 545 – 540 yillarga to‗g‗ri keladi. Kir II ning
O‗rta Osiyo hududlariga ikkinchi yurishi miloddan avvalgi 539 – 530 yillarni o‗z ichiga oladi.
Harbiy yurishlarning birinchi bosqichida Parfiya, Baqtriya, Marg‗iyona hududlarini bosib oladi.
Ammo O‗rta Osiyo xalqlari har doim erk, ozodlik va hurlikni hamma narsadan ustun qo‗yganlar.
Shu bois ular bosqinchi Axomaniylar zulmiga qarshi muttasil kurash olib borganlar. Miloddan
avvalgi 530 yilda massagetlar yo‗lboshchisi malika To‗marisning Kir II ustidan qozongan yorqin
g‗alabasi bunga misol bo‗la oladi. Axomaniylar shohi Kir II ning tanadan judo etilgan boshini
odamlar qoni bilan to‗ldirilgan mesh — qopga solar ekan, To‗maris shunday deydi: «Ey, Kir!
Umr bo‗yi jang qilib, odam qoniga to‗ymading, mana, endi to‗yganingcha ich!».
Ammo Kir II ning o‗limi O‗rta Osiyo xalqlariga kutilgan ozodlikni olib kelmadi. Kir II
o‗limi uchun uning avlodlari o‗ch oldilar. Xususan, o‗rta osiyoliklar axomaniylar podshosi Doro

I davrida qattiq jafo chekdilar. Axomaniylar shohi Doro I (522 – 486) davrida O‗rta Osiyo


hududlari bosib olinadi. Tarixiy manbalarda yozilishicha, mil. avv. 522 yilda podsholik taxtini
egallagan Doro I ga qarshi Marg‗iyonada Frada boshchiligida xalq qo‗zg‗oloni ko‗tarildi. Doro I
qo‗zg‗olonni bostirish uchun Baqtriya satrapi Dodarshishni yubordi. Qo‗zg‗olon shafqatsizlik
bilan bostirildi, 55 ming qo‗zg‗olonchi qatl etiladi, 7 mingga yaqin kishi asir olinadi. Frada ham
qo‗lga olinib, mil. avv. 521 yilda qiynab o‗ldiriladi. Ammo qo‗zgolonlar davom etavergan.
Axomaniylar shohi Doro I ning shaxsan o‗zi mil. avv. 519 yilda parfiyonaliklar va sak qabilalari
ustiga qo‗shin tortib borishga majbur bo‗lgan.
Doro I O‗rta Osiyo xalqlaridan qattiq o‗ch oldi, ammo ayni paytda o‗zi ham katta talafotlar
ko‗rdi. Bu o‗rinda muarrix Polienning «Harbiy hiylalar» asaridagi Shiroqning (asarda Shiroq —
Siyrak deb nomlangan) afsonaviy harbiy jasorati diqqatga molikdir. Manbada hikoya
qilinishicha, yilqiboqar Shiroq o‗z vataniga bostirib kelgan dushmanlarni hiyla ishlatib,
chalg‗itib, Qizilqumning halokatli jazirama dashtlariga boshlab boradi va o‗z jonini qurbon qilib
bo‗lsa–da, vatani va xalqini yovuz dushmandan asrab qoladi. O‗rta Osiyo xalqlari Eron
axomaniylariga qarshi qat‗iy kurash harakatlari olib borilayotgan bir davrda chetdan yangi xavf
kirib kelayotgan edi. Mil. avv. IV asrning o‗rtalaridan boshlab esa, Bolqon yarim orolidagi
shahar – davlatlar kuchaya boshlaydi. Mil. avv. 359 yilda Fillip II (mil.av. taxm. 382 – 336)
Makedoniyani birlashtirib, yagona davlat tuzishga erishadi. U kuchli armiya tuzadi.
Yunoniston hududlarini egallab olgan Filipp II 337 yilda Korinf shaxridagi anjumanda
o‗zini Yunoniston podshosi deb e‗lon qildi. Bu davrda axomaniylar bilan Yunoniston o‗rtasida
ziddiyatlar kuchaydi. Filipp II mil. avv. 336 yilda axomaniylarga qarshi urush e‗lon qildi. Ammo
shu yili Filipp II o‗ldirilganligi tufayli urush harakatlari to‗xtab qoldi.
Taxtni Filipp II ning 20 yoshli o‗g‗li Aleksandr, Iskandar Maqduniy (mil. avv. 356, Pella —
323, Bobil) egalladi. U Sharq mamlakatlarida Iskandar, Iskandar Zulqarnayn (Zulqarnayn –
Aleksandr Makedonskiyning laqabi. Sharqda shu laqab bilan atalgan. Bu laqab tojining ikki cheti
shoxsimon bo‗lganligi sababli «ikki shohli» yoki «ikki tomon — ham G‗arb, ham Sharq
hukmdori» degan ma‗nolarni anglatgan) nomi bilan mashhur edi.
Aleksandr otasi Filipp II yo‗lini davom ettirdi. Ammo u dastlab mamlakat ichki hayotini
mustahkamladi. Davlat hokimiyatiga qarshi bo‗lgan amaldorlarga nisbatan qattiq choralar ko‗rdi.
U Bolqon yarim orolida o‗z hokimiyatini mustahkamladi. Mil. avv. 334 – 330 yillarda o‗zining
asosiy raqibi Doro III qo‗shinlariga bir necha harbiy zarbalar berib butun Kichik Osiyo, Suriya,
Falastin, Finikiya, Misr yerlarini egallab axomaniylar davlati hududlariga kirib bordi. Doro III
Midiyaga qochdi. Iskandar qo‗shinlari mil. avv. 330 – 329 yillarda Afg‗onistonning janubiy
tomonlarini egallab Hindiqush tog‗lari orqali O‗rta Osiyoga yurish boshladi.
Tarixiy manbalarda Aleksandrga qarshi butun O‗rta Osiyo xalqlari oyoqqa turganligi hikoya
qilinadi. Ayniqsa baqtriyaliklar, so‗g‗diyonaliklar xalq qasoskorlari Spitamen, Oksiard
rahbarligida qahramonlik ko‗rsatgan. Iskandar hiyla–nayranglar va shafqatsiz qirg‗inlar
evazigagina o‗z maqsadini ro‗yobga chiqara olgan. Jumladan, Samarqand (Marokand)da
Spitamen boshchiligida ko‗tarilgan qo‗zg‗olonni Aleksandr ikki yildan so‗nggina — mil. avv.
328 yil kuzida bostira oldi, xolos. Diodor bergan ma‗lumotlarga qaraganda, qo‗zg‗olonni
bostirish chog‗ida so‗g‗dliklardan 120 ming kishi shafqatsizlarcha qirib tashlangan.
Ustrushonada Samarqand bilan Xo‗jand oralig‗idagi tog‗liklar bilan bo‗lgan jangda tub yerli 30
ming aholidan 22 minggi qilichdan o‗tkazilgan. Ammo vatanparvarlar taslim bo‗lmaganlar.
Iskandar hiyla ishlatib mahalliy hukmdorlardan So‗g‗d qal‗asining hokimi Oksiardning qizi
Roksana (Raxshona, Ravshanak)ga uylanadi, mahalliy xalqqa o‗zini yaqin tutib, uning milliy urf
– odatlarini qabul qiladi, milliy kiyimlarini kiyib yuradi. Shundan so‗nggina mahalliy
hukmdorlarning bir qismi uning tomoniga o‗tadi va Aleksandr o‗z niyatlarini ro‗yobga chiqaradi.
Juda katta va dahshatli janglardan so‗ng Aleksandr mil. avv. 327 yilgacha uncha katta
bo‗lmagan hududlarni: Baqtriya, So‗g‗diyona, Marg‗iyona, hozirgi Bekabod va Xo‗janddan
iborat Sirdaryo bo‗ylarini egallay oldi xolos. Xullas, Eronday qudratli davlatni uch oy ichida
bo‗ysundirgan Aleksandr Makedonskiy O‗rta Osiyoni bo‗ysundirishga uch yil sarfladi. Mil. avv.
327 – 325 yillarda Iskandar Hindistonni zabt etdi. Mil. avv. 325 yili Bobilni egallaldi. U yangi

urushlarga tayyorgarlik ko‗rish paytida bezgak kasaliga chalinib, 34 yoshida, ya‗ni mil. avv. 323


yilda o‗z davlatining yangi poytaxti Bobil shahrida vafot etdi. Shunday qilib, makedoniyalik
Iskandar Zulqarnayn olib borgan bosqinchilik va adolatsiz urushlar oqibatida O‗rta Osiyoda
axomaniylar zulmi yunon – makedon istilochilari zulmi bilan almashdi. Bu zulmdan qutulish
uchun So‗g‗diyona xalqlariga 150 yil, Baqtriya xalqlariga esa 180 yil kerak bo‗ldi. Bu jarayonda
o‗lkamiz xalqlarining erk va ozodlik uchun olib borgan kurashlari hal qiluvchi rol o‗ynadi.

Yüklə 75,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin