O`zbekiston tarixi



Yüklə 75,03 Kb.
səhifə20/22
tarix13.12.2023
ölçüsü75,03 Kb.
#139689
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
O`zbekiston tarixi-fayllar.org

Kushon podsholigi va uning yurtimiz davlatchiligi tarixida tutgan o‗rni. Kushon podsholigi
– o‗zbek davlatchiligi tizimidagi qadimgi davlat (milodiy I – III asrlar). Milodiy I asrning 1 –
yarmi yoxud o‗rtalarida yuechjilar tasarrufidagi Kushon mulkining yuksalishi natijasida vujudga
kelgan. Massagetlar (Xitoy yilnomalarida – yuechji) mil. avv. 140 yil Sirdaryo ortidan
Baqtriyaga kelib, saklarni yenggan va Yunon – Baqtriya podsholigi o‗rnida bir asr davomida 5
qabilaga bo‗linib (Kushon, Xyumi, Shuanmi, Xise, Dumi) yashagan. Bulardan Kushon (Xitoy
yilnomalarida Guyshuan) qabilasi jabg‗usi Kujula Kadfiz (Kadfiz I – mil. avv. I asr oxiri –
milodiy I asr 1 – yarmi) mil. I asrda qolgan 4 qabilani bo‗ysundirib, o‗zini hukmdor deb e‗lon
qilgan.
«Kushon» atamasi yo sulola yoki qabilaga tegishli bo‗lib, u ilk bor mil. avv. I asr oxiri –
mil. I asr boshida hukmronlik qilgan podshoh «Geray» — Sanab zarb qildirgan tangalarda
qo‗llangan. Mil. avv. I asrda Kosonsoy – Kushonlar saltanatining poytaxti bo‗lgan.
Kushonlarninchqg dastlabki mulklari hududiga Shimoliy Baqtriya (Tojikiston hamda
O‗zbekistonning janubi, Turkmanistonning janubiy – sharqidagi yerlar) kirgan. Dastlab jabg‗u,
keyinchalik podsho unvoni bilan davlatni idora qilgan Kadfiz I Kushon davlatiga asos solgan
bo‗lib, uning davrida kushonlar hozirgi Afg‗oniston bilan Pokistonning ko‗pchilik qismini bosib
olgan.
Kushon davlati Kujula Kadfizning o‗g‗li Vima Kadfiz (30 yil podsholik qilgan), xususan,
Kanishka I (23 yil podsho bo‗lgan) va uning o‗g‗li Vasishka (4 yil podsholik davrini surgan)
davrida har tomonlama kuchayib dunyoning eng qudratli davlatlaridan biriga aylangan. Buni
milodning III asriga oid budda matnidagi «dunyo uch qismga (Xitoy, Rim va Kushon)
bo‗lingan» degan jumlalar ham isbotlaydi. Kushon davlati O‗rta Osiyoning kattagina hududlari,
Shimoliy Hindiston, Qashqar, Afg‗oniston va Sharqiy Turkiston yerlarini o‗z tarkibiga qamrab
olgan edi. Kanishka podsholigi davrida mamlakatning iqtisodiy – siyosiy va harbiy qudrati har
tomonlama rivoj topdi. Mamlakatda oltin, kumush va mis tangalar zarb kilindi. Bu davrda
ayniqsa Termiz, Samarqand, Naqshab, Buxoro, Choch, Dalvarzin, Peshovor va boshqa
shaharlar rivojlandi. Xitoy, Rim va boshqa mamlakatlar bilan savdo aloqalari kengaydi. Bu
borada «Ipak yo‗li»ning o‗rni va ahamiyati oshdi. Xitoy savdo – sotiqda o‗zining xom ipak va
ipak matolari, oltin va terilari bilan mashhur bo‗lsa, O‗rta Osiyolik savdogarlar noyob va nafis
shishalari, qimmatbaho toshlari, zeb – ziynat buyumlari bilan dong taratgan edilar.
Kushon davlatida siyosiy hokimiyat ruhoniylar qo‗lida bo‗lib, unda podsho dunyoviy rahbar
bo‗lish bilan birga bosh kohin ham edi. Davlat satrapliklarga bo‗lingan bo‗lib, ularning satraplari
ayrim erkinliklarga ega edi. Kushon podsholigi quldorlik davlati bo‗lsa-da, unda qishloq jamoasi
muhim o‗rin tutgan. Kushon podsholari mamlakatda keng ko‗lamda dinlararo murosasozlik
siyosatini yurgizgan: aholi, asosan, buddizmning mahayana mazhabiga e‗tiqod qilgan,
shuningdek, mamlakatda zardushtiylik, otashparastlik, hinduizm kabi ko‗plab boshqa dinlar ham
bo‗lgan. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo keng taraqqiy etgan. Pul tizimida ko‗proq oltin
va mis tangalar qo‗llanilgan. Dehqonchilik, xususan, sug‗orma dehqonchilik rivojlangan, qishloq
xo‗jaligi ekinlarining ko‗pchilik turi ekilgan. Kushonlar saltanati o‗z davriga nisbatan yuksak
madaniyatga ega bo‗lgan edi. Ammo u haqda ma‗lumotlar deyarli saqlanmagan. Kushon davlati
2
O‗zbekiston milliy entsiklopediyasi. 3-jild. T.: O‗ME, 2002. B.147.

Kanishka I (78 – 100 – 123) podsholigi davrida o‗z yozuviga ega bo‗lgan. 22 harfdan iborat


bo‗lgan bu yozuv Kushon (Baqtriya) yozuvi deb atalgan. Bu yozuvlar Kushon davlati zarb etgan
tangalarda aks etgan.
Kushon saltanatining inqirozi Xuvishka podsholigi davri (32 yil hukm surgan)dan boshlandi.
Bu jarayonda Sosoniylar davlatining tarix sahnasiga chiquvi asosiy omil bo‗ldi. Xususan,
sosoniy hukmdorlardan Shopur I ning (milodiy 242 – 243 yillardagi yurishlari) va Shopur II ning
(309 – 379) kushonlarga bergan zarbalari hal qiluvchi o‗rin tutdi. Milodiy III asrning 1 – yarmi
yoki o‗rtalarida Kushon podsholigi barham topgan.

Yüklə 75,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin