O„zbekiston qadimgi sivilizatsiya va madaniyat beshigi. Antropogenez jarayoni. Qadimgi odamlarning turmush tarzi, mashg„ulotlari. Insoniyat qadim – qadimdan o‗z davriga xos turmush tarziga, moddiy va ma`naviy
madaniyatga, ya`ni ma`lum darajadagi sivilizatsiyaga ega bo‗lgan. Davrlar o‗tishi bilan insoniyat
sivilizatsiyasi darajasi o‗sib, rivojlanib, takomillashib borgan. Bu jarayon odamlarning mehnat
qilish usuli qanchalik darajada moddiy va ma`naviy boyliklarni yaratish va ko‗paytirib borishi
bilan bog‗liq kechgan.
‖Sivilizatsiya‖ qanday ma‗noni bildiradi? Bu so‗z lotinchadan olingan bo‗lib, u hozirgi
zamonda odamning komillikka, yetuklikka intilish mazmunida talqin etiladi, shuningdek u inson
hayoti uchun qulayliklar yaratish jarayonini ifodalovchi tushuncha ham. Adabiyotda bu so‗z
‖tamaddun‖ deb ham ataladi va madaniy hayotga, taraqqiyotga erishuv jarayoni ma‗nosida
ishlatiladi. Qomusiy kitoblarda sivilizatsiya - jamiyat taraqqiyoti jarayonida yaratilgan moddiy
va ma‗naviy boyliklar, shuningdek ularni yanada ko‗paytirib va takomillashtirib borish
usullarining majmui, deyiladi.
Sivilizatsiya haqida so‗z borganda, insoniyatning yashash uchun kurashi, tinimsiz mehnati,
ma`naviyat va ma'rifatga intilishi tufayli o‗zi uchun yaratgan jismoniy va madaniy qulayliklari –
ov va mehnat qurollari, kiyim – bosh, uy – joy va oilaviy munosabatlari, ishlab chiqarish
usullari, maishiy xizmat vositalari, ijtimoiy ongi va
ma'naviy dunyosi, ijtimoiy – siyosiy, axloqiy –
huquqiy munosabatlari darajasi bilan tavsiflanadigan
ma`lum bir tarixiy davr tushuniladi. Masalan, Qadimgi
Sharq
sivilizatsiyasi,
Antik
Yunon
–
Rim
sivilizatsiyasi,
Islom
sivilizatsiyasi,
Xristian
sivilizatsiyasi, hozirgi zamon sivilizatsiyasi kabi
tushunchalarda insonlarning iqtisodiy, ijtimoiy –
siyosiy hayoti, turmush tarzi, ma'naviy qiyofasi,
axloqi, bilim saviyasi, mehnat qurollari va hokazo
jihatlari mujassamlashgan bo‗ladi.
Har bir mintaqada sivilizatsiya davriy nuqtai nazardan ertaroq yoki kechroq, o‗ziga xos
shaklda shakllanib, rivojlanib borgan. Tarixiy, ilmiy tadqiqotlar bizning Vatanimiz –
O‗zbekiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o‗choqlaridan biri ekanligidan dalolat
bermoqda. O‗zbekiston va Markaziy Osiyo hududlarida olib borilayotgan keng miqyosdagi
tadqiqot ishlarining natijalari ham Vatanimizning jahon sivilizatsiyasida tutgan o‗rnini
tasdiqlaydi.
Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi turli hududlarda turli davrlarda paydo bo‗ldi va rivojlandi.
Misol uchun, janubiy hududlarda yashagan qadimgi qabilalar miloddan avvalgi VI ming
yillikdayoq dehqonchilikka o‗tib, unumdor xo‗jalikni rivojlantirgan bo‗lsalar, bu davrda
shimoliy hududlardagi qabilalar asosan ovchilik, baliqchilik va qisman ziroatchilikning ilk
shakllari bilan shug‗ullanganlar. Bu notekislik jarayonini tabiiy geografik sharoitlar va o‗zaro
munosabatlar bilan izohlash mumkin. Bu o‗rinda O‗rta Osiyoning cho‗l va dasht hududlari
hamda tog‗oldi va daryo vohalari hududlarining rivojlanish darajasidagi madaniy notekislikni
taqqoslab ko‗rish (Kopetdog‗, Hisor, Zarafshon tog‗oldi hududlari hamda Qizilqum, Qoraqum,
Qashqadaryo va Zarafshon vohasining dasht hududlari) muhimdir. Sivilizatsiya qadimda yer
kurrasining bir necha turli qit‗a va hududlarida mustaqil ravishda paydo bo‗lgan va shu sababdan
uning o‗ziga xos ko‗rinishlari mavjud. Zamonlar o‗tib bu mahalliy sivilizatsiyalarning bir qator
xususiyatlari boshqa hududdardagi taraqqiyot belgilari bilan qorishib, umuminsoniy sivilizatsiya
vujudga kelgan.
Yaqin yillarga qadar O‗zbekiston hududlari eng qadimgi odamlar tomonidan 100 ming yillar
ilgari o‗zlashtirilgan deb hisoblanib kelinar edi. Ko‗pchilik tadqiqotchilar O‗rta Osiyo paleoliti