Jakarta, Singapur kabi shaharlar orasida «Boing» samolyotlari uchishi yo’lga
qo’yildi.
O’zbekiston iqtisodiyotning rivojlanishida
va iqtisodiy aloqalarning
o’sishida havo transportining ro’li oshib bormoqda.
Respublikamiz endilikda Hamdo’stlikning 1000 dan ortiq shahar va aholi
manzilgohlari, shu jumladan, uning barcha poytaxtlari bilan havo transporti orqali
bog’langan. Toshkent aeroporti Sharqning xalqaro havo darvozalaridan biridir.
Nukus, Termiz, Jizzax, Qarshi, Andijon va Namangan shaharlarida
zamonaviy aeroportlar qurildi.
Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlaridagi
aeroportlar xalqaro talabga javob beradigan ravishda qayta ta’mirlandi.
Toshkent aeroporti passajirlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan
zamonaviy yirik aeroportlardan biridir. Toshkentdan dunyoning ko’pgina
mamlakatlariga samoltlar parvoz qiladi.
Samolyot parvoz qilish uchun uchish yo’lagiga keldi. Bir necha daqiqadan
so’ng O’zbekiston milliy bayrog’i ranglari bilan bezatilgan ulkan qanotli mashina
shiddat bilan falakka ko’tarildi. Uning yon tomonidagi UZBEKİSTON
yozuvi
ancha vaqtgacha yarqirab ko’rinib turdi.
Bugun «O’zbekiston havo yo’llari» milliy aviakompaniyasining havo
kemalari
dunyoning
o’nlab shaharlariga parvoz qilmoqda,
mustaqil
O’zbekistonimizning dovrug’ini yoymoqda. Yer sharining turli qit’alaridan ming
– minglab yo’lovchilar keladigan turli aeroport va aerovokzallarda fuqarolarimiz
davlatimiz
ramzi
va
aviakompaniya
belgisi
tushirilgan
zamonaviy
samolyotlarning
savlat
to’kib turganiga faxr bilan qarashadi. Bu
mustaqilligimizning yorqin samaralaridandir.
«O’zbekiston havo yo’llari» milliy aviakompaniyasida qo’qga kiritilgan
yutuqlar misolida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko’lamli ishlarni
tasavvur etish mmkin. O’zbekiston Prezidenti İslom Karimov 1992 yil 28
yanvarda «O’zbekiston havo yo’llari» milliy aviakompaniyasini
tashkil etish
to’g’risidagi farmonga imzo chekdi. Mustaqillikka erishgan mamlakatimiz İKAO
– Xalqaro fuqora aviatsiyasi tashkilotining teng huquqli a’zosi bo’ldi, Mİlliy
aviakompaniyamiz esa İATA – Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasida
ro’yxatga olindi.
Bugun «O’zbekiston h’avo yo’llari» milliy aviakompaniyasi o’z
mijozlariga yurtimizning barcha yirik shah’arlari va 45 dan ortiq xalqaro
yo’nalish bo’yicha parvozlarni taklif etmoqda. Yevropa, Osiyo, Amerika,
MDHning 40 dan ziyod shah’arlarida milliy aviakompaniyamiz vakolatxonasi
ochilgan, o’nlab kompaniya va firmalar bilan h’amkorlik yo’lga qo’yilgan. Har
kuni o’nlab
parvozlar amalga oshirilmoqda, bir yilda qariyb 2 million nafar
yo’lovchi tashilmoqda.
Dostları ilə paylaş: