Quyida keltirilgan jadvaldan O’zbekistonning
keyingi bir necha yil
davomida olib borgan tashqi savdosi haqida ma’lumotlar olish mumkin.
O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo hajmi (mln. AQSh dollari
hisobida)
Yillar
Jami
Shundan:
Eksport
İmport
1994
5299,4
2689,9
2609,5
1995
6012,6
3719,9
2892,7
1996
9311,3
4590,2
4721,1
1997
8910,5
4387,5
4523,0
1998
6816,5
3528,2
3288,7
1999
6346,5
3235,8
3110,7
2000
6212,1
3264,7
2947,1
Mustaqil davlatlar hamkorligi tarkibiga kiruvchi mamlakatlar bilan
O’zbekiston orasidagi iqtisodiy aloqalarda ham eksport hajmi import hajmidan
yuqori. Masalan, 2000 yilda import – 809,9 million, eksport – 982,8
million
dollarni tashkil etdi.
Respublika Prezidenti İ.Karimov Vazirlar Mahkamasining 2000 yilda
mamlakatni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2001 yilda
iqtisodni
erkinlashtirish
va
islohotlarni
chuqurlashtirishning
ustuvor
yo’nalishlariga bag’ishlangan majlisidagi ma’ruzasida shunday degan edi: «Biz
eng muhim bir fikrni chuqur anglab olishimiz zarur.
Faqat eksportning
o’sishigina valyuta tushumlari keltiradi, faqat shu asosdagina ishlab chiqarishni,
texnik jihatdan yangilash masalasini hal etish mumkin». Mamlakat rahbarining
ushbu so’zlari tashqi iqtisodiy munosabatlarning naqadar muhimligidan dalolat
beradi.
O’zbekistonda iqtisodiyotdagi ustivor loyihalarni
amalga oshirish uchun
jalb etilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 1 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi
(1995). Bular kompaniyalarning bevosita sarmoyasidir. Shuningdek O’zbekiston
uzoq muddatli va imtiyozli kreditlar ham olmoqda. Xorijiy investitsiyalar birinchi
navbatda aholini oziq – ovqat bilan ta’minlashni yaxshilashga xizmat qiladigan
agrosanoat
kompleksini rivojlantirish, sanoatning ustivor tarmoqlarini, xususan
yoqilg’ienergetika majmuasini
jadal rivojlantirish, xalq xo’jaligining ilmtalab
sohalarida yangi quvvatlarni barpo etish, hozir
ishlab turgan korxonalarni
yangilash, respublikaning importga qaramligini kamaytirish; respublikaning
eksport
imkoniyatlarini kuchaytirish, mahsulotlarning raqobatbardoshligini
ko’tarish, eksportda mashinasozlik va kimyo sanoati mahsulotlari hissasini
ko’paytirish, xom ashyo eksportidan tayyor mahsulotlar eksportiga o’tish; kichik
va o’rta tadbirkorlikni
rivojlantirish, qadimgi hunarmandlik va an’anaviy kasb –
korlarni tiklash; Markaziy Osiyo bozorini rivojlantirishda korxonalarning
hamkorligi uchun iktisodiy va tashkiliy shart – sharoitlarni yaratish, o’zaro
manfaatli loyihalarni hamkorlikda yaratish yo’nalishlarida sarflanmoqda.
Dostları ilə paylaş: