O'zbekistonda barqaror o'sishni taminlashni omillari va yo’llari mundarija kirish


BOB. MAKROIQTISODIY BARQARORLIK TUSHUNCHASINING MOHIYATI VA IQTISODIY O'SISH MUAMMOLARINI TADQIQ ETISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə2/7
tarix09.06.2022
ölçüsü1,15 Mb.
#116781
1   2   3   4   5   6   7
вамывпмывмыВМ

1.BOB. MAKROIQTISODIY BARQARORLIK TUSHUNCHASINING MOHIYATI VA IQTISODIY O'SISH MUAMMOLARINI TADQIQ ETISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI
1.1. Oʻzbekistonda barqaror O'sishi tushunchasi va uning mohiyati
Jamiyatda makroiqtisodiy muvozanatni vujudga keltirish takror ishlab chiqarish jarayonining asosiy muammolaridan biridir. Kishilik jamiyatining rivojlanishi jahon miqyosida aholi sonining o'sishi, hozirgi kunga kelib, 7 mlrd. kishidan oshib ketdi. Unga mos ravishda o'sib borayotgan aholi iste'mol hajmini, turmush darajasini ta'minlovchi takror ishlab chiqarish jarayoni har doim kengayib borishi taqozo etiladi.
Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida mamlakat makroiqtisodiy barqarorligini ta'minlash mexanizmini takomillashtirish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. XXI asr dunyo mamlakatlari insoniyatga tahdid soladigan jiddiy xavf-xatarlarga duch kelmoqda. Milliy iqtisodiyotlar rivojlanishida barqarorlikka erishish jahon hamjamiyatining asosiy muammosiga aylanmoqda. Iqtisodiy tizimning xavfsizligini ta'minlashga qodir bo'lgan tizimni yarata olmagan millatlar o'zligini yo'qotib qo'yishi yoki tarix sahnasidan umuman tushib ketishi mumkin.
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash hukumatning eng ustuvor vazifalaridan biri sanaladi, shuning uchun uning mohiyati va xususiyatlarini o'rganish iqtisodiyotning inqirozdan keyingi rivojlanish bosqichida dolzarb bo'lmoqda.
Makroiqtisodiy barqarorlikning nazariy-uslubiy asoslarini yoritish quyidagi muhim masalalarni yechishni talab etadi: makroiqtisodiy beqarorlikni monitoring qilish metodologiyasini baholash; Umumjahon savdo tashkiloti a'zo davlatlari iqtisodiyoti muammolariga yechim topishda muqobil uslubiy qarashlar imkoniyatlarini baholash yo'li orqali makroiqtisodiy barqarorlik kontseptsiyasining uslubiy asoslarini ishlab chiqish; makroiqtisodiy barqarorlashtirishning globallashgan iqtisodiyotda mamlakat barqaror o'sishi eng muhim sharoitlaridan biri sifatida mazmuni va ahamiyati hamda o'rnini asoslash; bozorning dunyo miqyosida liberallashuvi sharoitida makroiqtisodiy tizimlar barqarorligini belgilovchi xavflarni aniqlash, shu jumladan institutsional tabiatdagilarni ham va hokazo.

H ar bir mamlakatning iqtisodiy siyosatlari makroiqtisodiy barqarorlikka erishishni ko'zlab ishlab chiqiladi. Iqtisodiyot fanida “Makroiqtisodiy barqarorlik” tushunchasini ta'riflashga bir nechta yondashuvlar mavjud: a) ichki va tashqi omillar ta'siri ostida shakllangan iqtisodiyot holati; b) takror ishlab chiqarish uchun qulay sharoitlar yaratish jarayoni; d) milliy iqtisodiyot moliyaviy-pul tizimining barqarorligi;


e) makroiqtisodiy muvozanat va boshqalar. Iqtisodiy tafakkur tarixida makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning yo'llarini ko'rsatuvchi ta'limotlar, nazariyalar juda ko'p bo'lgan.
Iqtisodiy adabiyotlarda makroiqtisodiy barqarorlikka erishish bo'yicha ikki xil nazariy yondoshuv shakllangan: yangi klassik va keynscha.
Makroiqtisodiy barqarorlik nazariyasining asoschilari siyosiy iqtisodiyot klassiklari – F. Kene, A. Smit, D. Rikardo, D. Yum, J.B.Sey, D.S.Mill, T.R. Maltus, J.Sh.L.Sismondi, K.Marks sanaladi. Makroiqtisodiy barqarorlikning nazariy asoslari barcha bozorlarda baravar barqarorlik g'oyasini himoya qilgan neoklassik nazariyasi namoyondalari asarlarida ham har tomonlama o'rganilgan: J.Klark, A.Marshall, F. Ejuort, I.Fisher, V.Pareto, L. Valras, K.Viksel, A.Pigu shular jumlasidandir.
Yangi klassiklar bozor iqtisodiyotining o'zi makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlaydi va unga davlatning aralashuvi shart emas, deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, mehnat bozori, narx va yalpi xarajatlarning davlat tomonidan tartibga solinishi makroiqtisodiy barqarorlikka zarar yetkazadi.
Keynscha nazariyaning asosiy xulosalaridan biri bu davlatning iqtisodiyotda muhim barqarorlashtiruvchi rolining lozimligi bo'lib, ko'p hollarda Keynsning asosiy g'oyasi sifatida qabul qilinadi. Boshqacha aytganda, davlat iqtisodiy pasayish davrida, ya'ni iqtisodiyotda xususiy talabning yetishmasligi sharoitida o'z xarajatlarini oshirish hisobiga davriy pasayishga qarshi fiskal siyosatni amalga oshirish lozim.
Keynschilar esa, makroiqtisodiy barqarorlikka faqat bozor mexanizmi orqali erishish mumkinligini rad etadilar. Ular makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash uchun ichki narxlarni muayyan darajada ushlab turish, milliy valyuta qadrini mustahkamlashga qaratilgan pul-kredit va moliya siyosati tadbirlarini amalga oshirish, ishlab chiqarishni o'stirish va bandlikni ta'minlash uchun qulay makroiqtisodiy muhitni barpo etish lozim, deb hisoblaydilar.
Biroq keyinchalik keynscha nazariya borasida bahs-munozaralar ortdi. Bunda munozaralar ob'ekti sifatida iqtisodiy pasayish davrida davlatning zarurligi, zarur bo'lsa, qaysi metodlar bilan iqtisodiyotni qo'lab-quvatlashi masalasi ko'tarildi. Bu bahsda tomonlardan biri davlat o'z xarajatlarini oshirish orqali iqtisodiy pasayishga javob berishi lozimligini uqtirsa, boshqa tomon iqtisodiy barqarorlik pul massasi ustidan nazoratni taьminlash orqali erishilishi lozimligini e'tirof etdi va bu oxir-oqibat monetarizim doktrinasi uchun ibtido bo'lib xizmat qiladi. Ammo bu ikki turli qarashlarda ham davriy rivojlanishlarning bosh manbai sifatida talabning tebranishi e'tirof etilganligini ta'kidlash lozim.
Makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, ayniqsa mustaqil milliy iqtisodiyotni qurish va bozor iqtisodiyotiga o'tish hamda ular bilan bog'liq ravishda yuzaga keladigan tanglikdan chiqib ketish jarayonida oson emasdir. Mamlakatning makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlari ayrim hollarda bozor munosabatlari doirasini toraytirib qo'yishi mumkin. Pul taklifini qat'iy cheklanishi kichik biznes rivojiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, korxonalarning to'lov qobiliyatining pasayishiga olib keladi, ammo, bunday holatlar uzoq davom etmaydi. Makroiqtisodiy barqarorlikka erishish iqtisodiy o'sishning, iqtisodiy inqirozni bartaraf etishning muhim sharti hisoblanadi. “Makroiqtisodiy barqarorlik biz uchun quruq maqsad emas, - deydi prezidentimiz I. Karimov – bu narsa iqtisodiyotni jonlantirish va uning tarkibini yangilash, investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ish joylarining sonini oshirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirish, aholining real daromadlarini oshirish uchun tegishli shart-sharoit yaratishning hayotiy zaruriy bosqichi sifatida muhimdir” .
Makroiqtisodiy barqarorlik tushunchasiga bugungi kun olimlari tomonidan ham turlicha fikrlar bildirilmoqda. Xususan ukrainalik iqtisodchi olim V.A. Mutalimovning “ Makroiqtisodiy barqarorlik mamlakat iqtisodiy xavfsizligi ta'minlashning asosiy maqsadi sifatida” mavzusidagi ilmiy ishida globallashuv va xalqaro savdo munosabatlarining erkinlashuvi sharoitid a mamlakatning makroiqtisodiy barqarorligini ta'minlash mexanizmini yaratish zarurligi asoslab berilgan .
Unda makroiqtisodiy barqarorlikning mohiyati ochib berilgan va namoyon bo'lish shakllari ko'rsatilgan. Makroiqtisodiy barqarorlik hamda mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashning maqsad va vazifalarini uyg'unligi aniqlangan. Milliy va xorijiy mamlakatlarda amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish asosida makroiqtisodiy barqarorlikning nazariy va uslubiy asoslari ochib berilgan. Unda “makroiqtisodiy barqarorlik” tushunchasini ta'riflashga bo'lgan asosiy yondashuvlar va shuningdek makroiqtisodiy beqarorlikning asosiy omillari tahlil qilingan.
V.A. Mutalimovning fikricha, makroiqtisodiy barqarorlik-bu iqtisodiyotning ichki va tashqi xavflarga mutlaq va yetarli bardoshliligi va bir vaqtning o'zida eng muhim ichki va tashqi omillarni hisobga olgan holda barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash borasidagi iqtisodiy munosabatlar majmuidir. “Makroiqtisodiy barqarorlik” kategoriyasining asosiy tarkibiy qismi “barqarorlik” atamasidir (lotinchadan stabilis). Barqarorlik - bu o'ziga xos bo'lgan tartibga solish vositalari yordamida uzoq vaqt mobaynida mavjud bo'la oladigan iqtisodiy tizim holatidir.
Makroiqtisodiy barqarorlik deganda iqtisodiy inqirozga barham berish, iqtisodiy taraqqiyotni ifodalovchi ko'rsatkichlarni muayyan darajada saqlab turish, umuman olganda iqtisodiyotni sog'lomlashtirish tushuniladi. Ma'lumki, barqarorlik – ma'lum bir tizimning tashqi ta'sirlar ostida joriy holatini saqlash qobiliyati hisoblanadi.Makroiqtisodiyotda barqarorlikesa buresurslardan foydalanish va aholi turmush darajasi o'rtasidagi uzoq muddatli muvozanatning saqlanishidir. Ilmiy manbalarda ushbu tushunchaning turlicha talqinini uchratish mumkin.
Makroiqtisodiy barqarorlik – iqtisodiyotning narxlar darajasining barqarorligi va ishsizlik darajasining pastligi, milliy valyutaning barqarorligi, kapital, shu jumladan, uzoq davr mobaynida darajasi yuqori bo'lmagan inflyatsiya sharoitida xorijiy valyutaning erkin harakati jarayonida barqaror iqtisodiy o'sishga erishishni ta'minlovchi muntazam rivojlanishi; investitsiya va jamg'armalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida davlat tomonidan amalga oshiriladi.
B.Berkinov va F. Mamatovalarning fikriga ko'ra, “Makroiqtisodiy barqarorlik mamlakat iqtisodiy o'sishini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlik inflyatsiyaning past darajada bo'lgan va real almashuv kursi raqobatlasha oladigan darajada bir maromda bo'lgan holatni anglatadi. Bundan tashqari byudjet defitsiti va tashqi qarz barqaror narx va almashuv kursiga mos holda chegarada ushlab turiladi. Qachonki iqtisodiyot eksport narxlarining qat'iy salbiy ta'siri, jahon banklari foiz stavkalarining tezkorlik bilan o'sib ketishi kabi tashqi ta'sirlar ostida qolganda, davlatning fiskal va monetar siyosati inflyatsiya va almashuv kursining tebranishini oldini olish maqsadida tezda bu holatni tartibga soladi”. Bu ta'rifda makroiqtisodiy barqarorlikni ifodalovchi ko'rsatkichlar-iqtisodiy o'sish, inflyatsiya, milliy valyuta almashinuv kursi, byudjet taqchilligi, davlatning tashqi qarzi kabilar sanab o'tilgan, balki barqarorlikning yuzaga kelishi omillari va uni tiklash (ta'minlash) vositalari (fiskal va monetar siyosat) ham qayd etilgan.
Makroiqtisodiy barqarorlik(macroeconomic stability), bu milliy valyuta almashuv kursining, soliq stavkalari va bojxona bojlarining va boshqa xo'jalik sohalarining baholardagi barqarorligidir. Bu ishsizlikning past darajasi va iqtisodiy o'sish hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlik hokimiyatning kuchayishi, jamiyat hayotining har bir jabhalarida qonunlarning so'zsiz amal qilishi va mamlakat oltin – valyuta zaxirasining o'sishi orqali yuzaga keladi.
Makroiqtisodiy barqarorlik– ishsizlikning paydo bo'lishi, ishlab chiqarish kuchlarining to'liq ishlamasligi, inflyatsiya va iqtisodiy samaradorlikning pasayishiga olib keluvchi iqtisodiy hayotning (iqtisodiy davrlarning) tebranishi hisoblanadi.
Makroiqtisodiy barqarorlik iqtisodiy o'sish sur'atlarining bir tekis dinamikasi ta'minlanishida, inflyatsiya sur'atining jilovlanishida, ishsizlik darajasining past sur'atda ta'minlanib turilishida, uzoq muddat milliy valyutaning almashinuv kursining pasayishi (devalьvatsiyasi) darajasining past sur'atlariga erishilishida, davlat byudjeti taqchilligi me'yorlar darajasida bo'lishida namoyon bo'ladi.
“Iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida iqtisodiy va moliyaviy barqarorlik tarkibiy o'zgartirishlar, iqtisodiyotni jonlantirish, so'ngra uni bir maromda, muvozanatni saqlagan holda rivojlantirishning asosiy sharti sifatida birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish - bozorni shakllantirish yo'lidagi qonuniyatli va muqarrar jarayon. U eng avvalo tanglik hodisalariga barham berishga qaratilgan. Barqarorlashtiruvchi chora-tadbirlarning samaradorligi biz iqtisodiy tanglik va barqarorlik tushunchasiga qanday ma'no berishimizga, ularni qanday idrok qilishimizga, qaysi mezonlarga ko'ra baholashimizga ko'p jihatdan bog'liqdir” .
Odatda xalqaro ekspertlar tomonidan mamlakat miqyosida makroiqtisodiy barqarorlikning ta'minlanganlik darajasi quyidagi mezonlar yordamida baholanadi:

- barqaror iqtisodiy o'sish ;


- to'la ish bilan bandlik;
- baquvvat to'lov balansi;
- ichki baholarning barqarorligi;
- foiz stavkalarining barqarorligi;
- valyuta almashuv kursining barqarorligi;
- daromadlarning taqsimlanish muammosi;
- davlat tashqi qarzining me'yori;
- davlat byudjet kamomadining YaIM ga nisbati;
Quyida makroiqtisodiy barqarorlikni ifodalovchi har bir mezonni xalqaro talablardan kelib chiqqan holda baholaymiz.
Iqtisodiy o'sish - aholi jon boshiga mamlakatda yaratilgan YaIM hajmining oldingi yilga nisbatan o'sishi orqali ifodalanadi. Makroiqtisodiyot nazariyasi va jahon amaliyoti ko'rsatishicha mamlakatlarni yillik YaIMning o'sish sur'ati 7 % dan kam bo'lmasa, YaIMning hajmi 10 yilda 2 marta ko'payadi. Aksincha YaIMning yillik o'sish sur'ati 10 % dan kam bo'lmasa, mamlakat YaIM hajmi 7 yilda 2 marta ko'payadi.
Iqtisodiy o'sish nuqtai nazaridan mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanish yillarini 3 bosqichga bo'lib o'rganish mumkin: 1991-1995 pasayish yillari bo'lib, bu davrda mamlakatimiz YaIM yildan yilga pasayib borgan; 1996-2003 barqarorlashtirish yillari bo'lib, bu bosqichda mamlakatimiz YaIM ishlab chiqarishda pasayish tendentsiyasiga barham berilib, har yili 4-5 foiz o'sish ta'minlandi; 2004-2014 yillar yuqori o'sish sur'atlari ta'minlangan yillar bo'lib, YaIMning o'sish sur'atlari 8 foizdan ziyodni tashkil qildi.
To'la bandlik deganda mamlakatda yashayotgan barcha aholini ish bilan bandligi nazarda tutilmaydi.Ishsizlik darajasi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlardan biri hisoblanib, xalqaro mezonlarga ko'ra ishsizlik darajasining kritik nuqtasi 10 % va tabiiy ishsizlik darajasi esa 5-6 % atrofida bo'lishi kerak. Mamlakatimizda ham keyingi yillarda aholini ish bilan bandligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, har yili yangi ish o'rinlarini yaratish borasida hukumat qarorlari asosida dasturlar qabul qilinmoqda va natijada yiliga qariyb 1 mlnga yaqin yangi ish o'rinlari yaratilishiga erishilmoqda. Ko'rilayotgan chora-tadbirlar natijasida mamlakatimizda ishsizlikning tabiiy darajasi o'rtacha 4,5-5 foiz atrofida bo'lmoqda va ushbu ko'rsatkichning me'yoriy darajadan (6 foiz) pastligi mamlakatimiz uchun ijobiy holatdir.
Baquvvat to'lov balansi - ma'lum davr mobaynida mamlakat rezidentlari va tashqi dunyo o'rtasida bo'ladigan bitimlar statistik qayd qilingan hujjatdir. U mamlakatning iqtisodiy aloqalarini aniq-lo'nda ifodalab pul-kredit, valyuta, byudjet-soliq, xalqaro savdo siyosatining hamda davlat qarzini boshqarish yo'nalishlarini tanlash uchun indikator vazifasini bajaradi.
Ichki baholarning barqarorligi (past darajadagi inflyatsiya) deganda tovar va xizmatlarga narxlar darajasining oshishi va buning natijasida milliy valyutaning qadrsizlanishi tushuniladi. Past darajadagi inflyatsiya va uning me'yorlari:
- Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uchun – 2,0 %;
- Boshqa rivojlangan mamlakatlar uchun – 3,0 %;
- Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun – 10 % gacha.
Keyingi 15 yilda mamlakatimiz tashqi savdosi ijobiy salьdo bilan ijro etilmoqda. O'zbekistonda oxirgi 10 yilda joriy hisoblar balansi musbat bo'lib, mamlakatimiz oltin valyuta zaxirasini oshirishda alohida ahamiyatga ega ekanligini ko'rish mumkin.
Valyuta almashuv kursining barqarorligi – milliy valyutani jahonning qattiq valyutalariga (AQSh dollari, yevro, funt-sterling va h.k.) nisbatan almashuv kursining dinamikasi yordamida baholanadi. Agar davlat ikkita valyuta kursiga ega bo'lgan bo'lsa, bu kurslar o'rtasidagi farq 20 % dan oshmasligi kerak.Milliy valyutamizning konvertatsiyasi 2003 yildan boshlangan bo'lib, bugungi kunda uning chet el valyutalariga nisbatan qadri oshib bormoqda. Masalan, 2014 yilda olib borilgan valyuta siyosati ta'sirida so'mning almashuv kursi Xitoy yuaniga nisbatan 7,2 foizga, funt sterlingga nisbatan 4,0 foizga, Koreya voniga nisbatan 5,7 foizga va Turkiya lirasiga nisbatan 2,1 foizga pasayib, eksportni rag'batlantirishga xizmat qildi.
Makroiqtisodiy muvozanatning yana bir muhim ko'rsatkichi – bu ishlab chiqarilayotgan milliy daromadning aholi orasida taqsimlanishining odillik darajasi.Jahon tajribasida jamiyatda ijtimoiy tabaqalanish va xavfsizlik darajasini baholashning yana bir mezoni – Jini indeksidan keng foydalaniladi. Daromadlarning odil taqsimlanishi ko'rsatikichini aniq va yaqqol Jini koeffitsiyenti ifodalaydi.
Jini koeffitsiyenti 0 ≤KJ≤1 oraliqda bo'ladi.

B u ko'rsatkichning mazmuniga ko'ra: Jini koeffitsiyenti 0 ga teng bo'lganda daromadlar aholi orasida teppa-teng taqsimlanadi, 1 ga teng bo'lganda esa barcha daromadlar bitta shaxs tasarrufida bo'ladi. Vaholangki, hech qaysi jamiyatda aholining turli qatlamlari bir xil salohiyatga ega emas ekan, uning 0 teng bo'lishi mumkin emas. Keyingi yillarda mamlakatimizda ham ushbu ko'rsatkich bo'yicha ijobiy holatlar ko'zga tashlanmoqda. Misol uchun, O'zbekistonda mustaqillik yillarida Jini indeksi ko'rsatkichi 0,40 dan 0,296 ga pasaydi. Bu natija, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tavsiyalariga binoan 0,35-0,37 miqdorida belgilangan xalqaro standartlar nuqtai nazaridan qaraganda, aholimizning ijtimoiy farovonligi muttasil o'sib borayotganidan dalolat beradi.


Davlatning tashqi qarzi davlat eksport hajmining 20-30%dan oshmasligi lozim, aks holatda davlat mazkur qarzni to'lay olish qobiliyatiga ega bo'lmaydi va u uzoq muddatda to'lov balansi defitsitiga olib keladi. O'zbekistonda davlatning tashqi qarzi YaIMga nisbatan 15-20%dan oshmaydi. Bumustaqilligimizning ilk yillaridan boshlab ham davlat, ham tijorat banklari, kompaniya va korxonalar miqyosida har tomonlama puxta o'ylangan chetdan qarz olish siyosatini amalga oshirib kelayotganimiz bilan bog'liqdir.
Davlat byudjetiga baho berishda, odatda, asosiy e'tibor byudjet daromadlari va xarajatlarining salьdosiga beriladi



Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin