O'zbekistonda barqaror o'sishni taminlashni omillari va yo’llari mundarija kirish


II.BOB. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAKROIQTISODIY BARQARORLIKNI TAMINLASH VA IQTISODIY O'SISH DINAMIKASI TAHLILI



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə4/7
tarix09.06.2022
ölçüsü1,15 Mb.
#116781
1   2   3   4   5   6   7
вамывпмывмыВМ

II.BOB. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAKROIQTISODIY BARQARORLIKNI TAMINLASH VA IQTISODIY O'SISH DINAMIKASI TAHLILI
2.1. Respublikada makroiqtisodiy barqarorlikni ifodalovchi ko'rsatkichlar tahlili
Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarning har bir bosqichida makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o'sishni ta'minlash asosiy ustuvor vazifa etib belgilab kelindi. Ma'lumki, makroiqtisodiy barqarorlik mamlakatning YaIMda namoyon bo'ladi va u davlatning iqtisodiy qudratiga baho beradi.
O'zbekistonda yalpi ichki mahsulotning yillar davomida
o'sish dinamikasi, foizda.
Agar mamlakatimizda YaIMning o'sish sur'atlari 2000-2003 yillarda 3,8-4,2 foiz, 2004-2006 yillarda 7-7,3 foiz, 2007-2008 yillarda esa 9-9,5 foiz darajasida kuzatilgan bo'lsa, keyingi yillarda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi mazkur ko'rsatkichga ham o'z ta'sirini ko'rsatib, o'sish sur'atlarida bir oz pasaygan bo'lsada dunyodagi kamdan-kam mamlakatlarda kuzatilayotgan yuqori o'sish dinamikasiga ega.
Mamlakat iqtisodiyotining yuqori sur'atlarda o'sishi barcha mavjud imkoniyatlarning safarbar qilinayotganligi hamda o'zini oqlagan islohotlar strategiyasining izchil davom ettirilayotganligi hisobiga ta'minlanmoqda. Xususan:
– xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes yuritish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun zarur sharoit va qulay muhit yaratish borasida aniq chora-tadbirlarning amalga oshirilishi;
– sanoatni rivojlantirish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, yuqori texnologiyali
va zamonaviy ishlab chiqarish ob'ektlarini ishga tushirish, ushbu sohada keng qamrovli investitsion dasturlarning izchillik bilan amalga oshirilishi;
– iste'mol tovarlari ishlab chiqarish hajmini tubdan oshirish, bunda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ko'lamining yanada kengaytirilishi;
– banklarning kapitallashuvi, likvidligi va resurs bazasini yanada mustahkamlash hamda ularning investitsion faolligini yanada oshirishga qaratilgan izchil va aniq maqsadli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi;
– ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi bandligi
va real daromadlarining oshishini ta'minlashga qaratilgan
chora-tadbirlarning amalga oshirilishi iqtisodiyotning yuqori sur'atlarda o'sishiga zamin yaratmoqda.
Mazkur omillar ta'sirida 2014 yilda mamlakatimizda YaIMning real o'sishi 2013 yilga nisbatan 8,1 foizni tashkil qilib, uning mutlaq hajmi 144,9trln. so'mga teng bo'ldi.
Ma'lumki, iqtisodiyot davlat tomonidan ma'muriy, iqtisodiy va ijtimoiy usullar bilan tartibga solinadi. Ma'muriy usullar antimonopol tadbirlar, majburiy standartlarni o'rnatish, tadbirkorlik faoliyatini litsenziyalash va sub'ektlarni ro'yxatga olish kabilarni o'z ichiga oladi. Ijtimoiy usullarga davlat ijtimoiy ta'minoti, minimal ish haqini o'rnatish, ishsizlik nafaqalarini berish kabilar kiradi. Iqtisodiy usullar byudjetdan moliyalashtirish, davlat xaridi, davlat sektori faoliyati kabi to'g'ridan-to'g'ri usullarni va byudjet-soliq hamda pul-kredit siyosatidan iborat bevosita tartibga solish usullarini o'z ichiga oladi.
Mamlakatimizda iste'mol narxlari indeksi (inflyatsiya) 2000 yilda 28,2 foizni, 2001 yilda 26,6 foizni, 2002 yilda 21,6 foizni tashkil qilgan bo'lib, bu ko'rsatkich 2003 yilda 3,8 foizni tashkil qilgan. 2002 yilga nisbatan 2003 yilda inflyatsiya darajasining keskin pasayishiga makroiqtisodiy siyosatdagi o'zgarishlar hamda metodologiyadagi o'zgarishlar ta'sir ko'rsatgan.
Makroiqtisodiy siyosatdagi o'zgarishlar:
1. 2003 yildan boshlab davlat byudjeti kamomadini qoplash uchun Markaziy bank tomonidan kreditlash to'xtatildi.
2. Markaziy bank tomonidan markazlashgan kreditlarni berishga chek qo'yildi.Natijada inflyatsiyaning ikki yirik o'chog'i so'ndirildi.
Metodologiyadagi o'zgarishlarga:
Respublikamiz aholisining iste'mol savatiga kiruvchi meva-sabzavotlar guruhidagi 16 turdagi mahsulotlarni xalqaro andozalarda belgilanganidek har oyda bir xil miqdorda emas, balki eng pishiqchilik fasllarida, masalan, kartoshka, piyoz, sabzi kabi mahsulotlarni katta miqdorda, odatda oktyabrь va noyabrь oylarida eng arzon paytda ko'p miqdorda xarid qilib, qish oylarida, ya'ni narxi qimmat fasllarda kamroq xarid qilinishini hisobga olib, metodologiyaga ma'lum o'zgartirishlar kiritilgan. Unga ko'ra yilning har bir oyida aholi tarafidan 16 turdagi meva-sabzavotlarni qancha miqdorda xarid qilingan bo'lsa, iste'mol savatida ushbu vazn qo'llanila boshlandi. Ya'ni, yangi metodologiyaga ko'ra turli davr mobaynida istemol va xarid qilinayotgan maxsulotlarning tarkibining o'zgarishlari ham hisobga olina boshlangan.
2014 yilda Markaziy bank tomonidan qat'iy pul-kredit siyosati yuritilganligi hamda respublika Hukumati tomonidan iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta'minlashga qaratilgan tizimli
chora-tadbirlarning amalga oshirilishi inflyatsiyani jilovlashda muhim ahamiyat kasb etdi va uning belgilangan prognoz ko'rsatkichdan past bo'lishi ta'minlandi.Inflyatsiya darajasi yil yakunlari bo'yicha 6,1 foizni tashkil etdi. Bu prognoz ko'rsatkichlariga nisbatan sezilarli darajada pastdir.
2014 yil yakuni bo'yicha iste'mol baholari indeksi asosida hisoblanadigan inflyatsiya darajasi 2013 yilga nisbatan 0,7 foiz bandga pasayib, 6,1 foizni tashkil etdi (2.1.2-rasm). Bunda iste'mol baholari indeksining o'sishi asosan nomonetar omillar hisobiga yuz berdi.Jumladan, 2014 yilda oziq-ovqat mahsulotlarining narxi
3,7 foizga o'sib, uning inflyatsiyaga ta'siri 1,8 foizni, nooziq-ovqat mahsulotlari narxi 7,0 foizga o'sib, inflyatsiya darajasiga ta'siri 2,2 foizni tashkil etdi. Xizmatlar narxi esa 11,3 foizga o'sib, inflyatsiya darajasiga ta'siri 2,1 foizni tashkil qildi.
So'nggi yillarda valyuta siyosati uning asosiy tamoyillari, ya'ni milliy valyutamiz so'mning almashuv kursi barqarorligini hamda ichki valyuta bozorida talab va taklifning mutanosibligini ta'minlash maqsadlaridan kelib chiqib amalga oshirilmoqda.
Bunda asosiy e'tibor inflyatsion jarayonlarni jilovlashga, milliy valyuta almashuv kursi keskin tebranishlarining oldini olishga hamda eksportni qo'llab-quvvatlashga qaratilyapti. O'z navbatida, valyuta almashuv kursining o'zgarib boruvchi boshqariladigan usulini qo'llash orqali almashuv kursining maqsadli koridor doirasida bo'lishi ta'minlanmoqda. Eksportni rag'batlantirish maqsadida so'mning AQSh dollariga nisbatan kursini bosqichma-bosqich pasaytirish choralari ko'rilyapti (2.1.1-jadval).
Jadval ma'lumotlari tahlilidan ko'rishimiz mumkinki, milliy valyutamiz so'm muomalaga kiritilgan vaqtdan hozirgacha bo'lgan davrda milliy valyutaning AQSh dollariga nisbatan devalьvatsiyasi 131,2 barobarni tashkil qilgan.Eksportni rag'batlantirish maqsadida so'mning AQSh dollariga nisbatan kursini bosqichma-bosqich pasaytirish choralari ko'rilishi natijasida, 2014 yil davomida so'mning AQSh dollariga nisbatan ayirboshlash kursi 10 foizga pasayib, 2015 yilning 1 yanvarь holatiga ko'ra, bir AQSh dollari 2422,4 so'mni tashkil qildi.
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda mamlakatning jahon bozorida o'z o'rniga egaligi va mamlakatning xalqaro bitimlardagi ishtiroki alohida ahamiyatga ega.
. Tashqi savdo balansidagi ijobiy salьdo 180 million dollarni tashkil qildi, mamlakatimizning oltin-valyutazaxiralari 1 milliard 600 million dollarga ko'paydi. Keyingi yillarda eksportni rag'batlantirish uchun so'mning AQSh dollariga nisbatan kursini bosqichma-bosqich pasaytirish choralari ko'rilishi va mahalliylashtirish dasturining izchil amalga oshirilishi natijasida respublikamiz to'lov balansining, xususan tashqi savdo balansining barqarorligi saqlab qolindi. Yuqoridagi 2.1.3–jadvaldarespublikamiz tashqi iqtisodiy savdo balansi (eksport– import) ijobiy salьdoga ega bo'lganligini ko'rishimiz mumkin.
Ko'rilayotgan davrlarda mamlakatimiz eksport hajmi import hajmiga nibatan ko'p bo'lgan. Jadval ma'lumotlari tahlili shuni ko'rsatadiki, bu davrda mamlakatimiz eksport hajmi qariyb 5 barobarga, import hajmi esa 4,7 barobarga oshgan. Shuningdek, eksport va importning YaIM dagi ulushlari 2004 yildan boshlab pasayish tendentsiyasiga ega bo'lganligini ko'rish mumkin. Ayniqsa bu ko'rsatkich 2014 yilga kelib juda past ko'rsatkichga ega bo'ldi. Jahon bozorida paxta tolasi, mis va oltinning narxlari tushib ketishi yuzaga kelgan vaziyatning asosiy sababidir. Eksportning YaIM dagi ulushi kamayganligi eksport hajmining absolyut miqdori kamayganligini bildirmaydi. Bu holatda YaIM ning o'sish sur'atlari eksport hajmining o'sish sur'atidan katta bo'lganligi sababli YaIM dagi eksportning ulushi kamayganligini ko'rishimiz mumkin.
Tahlillarimizni davom ettiradigan bo'lsak, inqirozning dastlabki 2009-2010 yillarida ham O'zbekiston tashqi savdo aylanmasining ijobiy salьdosi saqlab qolindi. Bunda “Inqirozga qarshi choralar dasturi”ning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi, eksport qiluvchi korxonalarni qo'llab-quvvatlash, shuningdek eksport qilinayotgan mahsulotlar turlarini va eksport bozorlari geografiyasini hamda import o'rnini bosuvchi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar o'z samarasini berdi.
Aholi bandligini ta'minlash jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi va u iqtisodiyotda alohida ahamiyatga ega. O'zbekistonda aholini ish bilan ta'minlashni yanadayaxshilash va uning farovonligini oshirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilash, transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni taraqqiy ettirishni qo'llab-quvvatlash dasturlarini amalga oshirish natijasida 2014 yilda mamlakatimizda 1 millionga yaqin ish o'rni tashkil etildi. Ularning 60 foizi qishloq joylarda yaratilgani ayniqsa e'tiborlidir. Bozor islohotlari sharoitida mehnat resurslarining ish bilan bandligini ta'minlash muammolari dolzarb tus oladi. Chunki mehnat resurslaridan samarali foydalanish orqaligina ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishish va aholi farovonligini ta'minlash mumkin.Ishsizlik mehnat bozorining asosiy muammolaridan biri bo'lib, biror bir mamlakat iqtisodiyotning bu “nuqsoni”dan hali qutulganicha yo'q.
So'nggi yillarda O'zbekistondabu ko'rsatkichning yillar bo'yicha o'zgarishi uning bir me'yorda bo'lmaganini ko'rsatadi (2.1.4-rasm). Jumladan, 2000-2006 yillarda mamlakatimizda ishsizlik darajasi 0,3-0,4 foizni tashkil etgan. Lekin, 2007 yildan boshlab real ishsizlik darajasi o'rtacha 5 foiz atrofida bo'lmoqda. Bu holatni shunday izohlashimiz mumkinki, O'zbekiston Respublikasida 2007 yilning 1 iyuligacha amal qilib kelgan mehnat resurslari balansi shakli Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 31 yanvardagi “Aholini ish bilan bandligini hisobga olish tizimini takomillashtirish to'g'risida”gi 42 – sonli Qarori bilan tasdiqlangan metodika asosida hisoblab kelinar edi.
Mazkur metodika Prezident farmon va qarorlari asosida mamlakatda ish bilan bandlikning yangi noan'anaviy shakllarining (uy mehnati, kasanachilik, oilaviy biznes, shaxsiy yordamchi xo'jaliklarda qoramol yetishtirish, xizmat ko'rsatish va servis) paydo bo'lishi natijasida o'z qamrovini yo'qotdi. Shuningdek, mazkur metodika respublika aholisi va uy xo'jaliklari statistikasini yuritish va ularning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatlari monitoringini amalga oshirishda xalqaro standartlar va yangi talablarga javob bermay qo'ydi.
Shundan kelib chiqqan holda 2007 yil 24 mayda Vazirlar Mahkamasining “Ishga joylashtirishga muhtoj ish bilan band bo'lmagan aholini hisobga olish metodikasini takomillashtirish to'g'risida” gi 106 – sonli qarori qabul qilindi va unga muvofiq joriy yilning 1 iyulidan boshlab “Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo'lmagan aholini hududlar bo'yicha hisoblab chiqish” metodikasi amaliyotga tatbiq etildi. Metodika Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan belgilangan normalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan hamda O'zbekiston Respublikasining ish bilan ta'minlash va mehnat bozorining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga oladi.
Keyingi yillarda respublikamizda davlat byudjetining ijro etilishida ijobiy holat ko'zga tashlanmoqda. 2.1.5-rasmdan ko'rishimiz mumkinki, 2000-2004 yillar davomida mamlakatimiz davlat byudjeti taqchilligini -1,0 foizdan -0,4 foiz darajasiga qadar pasaytirishga, 2005-2008 yillar davomida esa davlat byudjeti taqchilligiga barham berib, davlat byudjeti profitsitini 0,1 foizdan 1,5 foizga qadar oshirishga erishildi.Keyingi yillarda mazkur jarayonlarga ham jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatishiga qaramasdan, byudjet profitsitini saqlab qolishga erishilmoqda.



Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin