– Mahalliy soliq va bank
qonunchiligining islomiy moliya
lashtirish xususiyatiga nisbatan
bo’shligi va moslashmaganligi
– Islomiy mahsulotlar bilan
ishlovchi tajribali xodimlar
taqchilligi
– Past darajada moliyaviy xa
bardorlik: aholi va biznes
ning islomiy moliyalashtirish
mahsulotlari to’g’risida boxabar
emasligi va boshqa andozalar
– Sho’ba islomiy moliyaviy tash
kilotlarning markaziy tashkilot
lar faoliyatiga qaramligi
– Musulmon mamlakatlarida maz
hablarning turliligi
– Islomiy bankdan qarz olishning
murakkabligi. Islomiy moliyaviy
mahsulotlar foyda va zararni
taqsimlash tamoyiliga asoslana
di, bu hujjatli shaffoflik va
– Firibgarlik xatari. Soxta islo
miy moliyalashtirish muassasasining
paydo bo’lishi aholining umuman
islomiy moliyalashtirishga ishonchi
yo’qolishiga olib keladi
– Islomofobiya. Ushbu sanoat terro
rizm va ekstremistik tashkilotlarga
aloqadorligi to’g’risida turfa yang
lish fikrlar mavjudligi
– Mentalitet va madaniy tafovutlar
(iste’mol darajasida islomiy ta
moyillarning qabul qilinmasligi)
– An’anaviy moliyaviy xizmatlarni
taklif etuvchi o’zaro sug’urtalash ja
miyatlari va mikromoliyaviy tashki
lotlar tomonidan raqobat xavfi
– Yirik islomiy investorlar ko’z
o’ngida investisiya muhitining voqye
likda yaratilmasligi, mavjud fakt
larni rasman tan olishni istamaslik
qarzdorning to’lov qobiliyatini
sinchkov tahlil etishni talab
etadi
– Aholining butkul yangi moliya
viy mahsulotlarga ishonchsizligi
– Amaldagi qonunchilikda tizim
lilikning yo’qligi
– Islomiy moliyaviy mahsu
lotlarni soliqqa tortish bilan
bog’liq jiddiy muammolar
– Ushbu xizmatlardan umumiy
foydalanish imkoniyati yo’qligi.
– Mazkur xizmatlarni faol joriy
etish masalasiga yetarli e’tibor
qaratilmayotganligi.
– Tushunmaslik natijasida
mahalliy tijorat banklari xususiy
hissadorlari tarafidan qarshilik
ko’rsatish.
Islomiy moliyalashtirish O’zbekiston iqtisodiyoti uchun yangi
yo’nalish bo’lib, unga biznes tarafdan ham, aholi tomonidan ham
ehtiyoj mavjud. Muqobil moliyalashtirish mahsulotlarining
paydo bo’lishi aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanishga bo’lgan imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi.
Lekin mavjud kutishlar islomiy moliyalashtirish sohasida
ehtimoliy mijozlarning tajribasi va bilimi yo’qligi sababli hamda bank va moliyaviy qonunchilikning yetarli darajada
takomillashmagani bois, jiddiy tarzda buzib ko’rsatilishi
mumkin. Musulmon mamlakatlarda shariat me’yorlarining bir
xilda talqin etilmasligi, islomiy moliyalashtirish sohasida
malakali mutaxassislarning yetishmovchiligi sharoitida islomiy moliyaviy mahsulotlarni tartibga solish bilan bog’liq xatarlar ham mavjud.
Globallashuv va jahonda ketayotgan innovasion o’zgarishlardan orta qolmaslik maqsadida O’zbekiston hukumati islomiy moliya yoki sherikchilikka asoslangan banking sanoatini
rivojlantirish bo’yicha yo’l xaritasini ishlab chiqishi tavsiya
etiladi. Ushbu yo’l xaritasi mavjud qonunchilikni (bank faoliyati, soliq, qimmatli qog’ozlarga doir qonunchilikka qo’shimcha
va o’zgartirishlar kiritish) takomillashtirish, targ’ibot ishlarini olib borish, islomiy moliya infratuzilmasini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni va davlat sektorini rivojlantirish, islomiy moliya xizmatlari bozorini rivojlantirish,
ilmiy-o’quv ishlarini olib borish va investorlar bilan ish-
lashni o’z ichiga olishi lozim. Shu bilan birga har bir bajariladigan tadbir bo’yicha mas’ul idora va muddat belgilanishi maqsadga muvofiqdir
/
Islom taraqqiyot banki O’zbekistonda islomiy moliyalashtirishni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. O’zbekiston
ITBga 2003 yilning sentyabrida Olma-Otadagi bankning yillik yig’ilishi doirasida qo’shildi. 2004 yilda O’zbekiston
Xususiy sektorni rivojlantirish bo’yicha islom korporasiyasiga a’zo bo’ldi. ITBning O’zbekistondagi vakili o’z faoliyatini Toshkentda 2006 yilning oktyabrida boshladi. Hozirgi
kunda O’zbekiston ITB guruhiga kiruvchi yana ikkita tashkilotning a’zoligiga qo’shilish masalasini ko’rib chiqmoqda. Bular
Investisiyalar va eksport kreditlarini sug’urtalash islom korporasiyasi (ICIEC) va Xalqaro islom savdo-moliya korporasiyasi(ITFC).
Moliyalashtirish usullari kesimida birinchi o’rinni istisno (talab asosida qurib berish) egallasa, murobaha (bo’lib
to’lashga sotish) va ijara (lizing) shartli ravishda ikkinchi va uchinchi o’rinni egallaydi. Bundan ko’rinib turibdiki,
qurilishga yo’naltirilgan loyihalar moliyalashtirishning asosiy qismini tashkil etadi, ya’ni bu irrigasiya tarmoqlarini
rekonstruksiya qilish, yo’l qurilishi, maktab, kollejlar
qurilishi va boshqa loyihalarni o’z ichiga qamrab oladi.
XSRIK tomonidan moliyalashtirishning asosan murobaha
vositasi keng qo’llaniladi va uning 70% dan ortig’i banklar
orqali moliyalashtirish liniyalariga to’g’ri keladi, qolgan 30%
esa to’g’ridan-to’g’ri moliyalashtirishdir. Xususiy sektorning bu
loyihalari iqtisodiyotning turli tarmoqlari, xususan, farmasevtika, sog’liqni saqlash, qurilish materiallari ishlab
chiqarish, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo’jaligi
va boshqa sohalar rivojiga o’z hissasini qo’shib kelmoqda.
XSRIK tomonidan 2010 yilda 5 million dollar ustav
jamg’armasi bilan tashkil etilgan «Toiba lizing» kompaniyasi ham xususiy sektor vakillariga o’zining shariatga muvofiq
keladigan lizing (ijara) xizmatlarini taqdim etib kelmoqda.
Hozirgi kunga kelib (2010–2017) mazkur kompaniya tomonidan
26,3 mln. dollarlik 200 dan ortiq loyiha moliyalashtirilgan.
Loyihalarning asosiy ulushi (45,4%) qurilish va qurilish
materiallarini ishlab chiqarish tarmog’iga to’g’ri keladi, yengil
sanoat (14,87%), transport xizmatlari (4,96%) va oziq-ovqat
ishlab chiqarish (4,95%) mos ravishda 2, 3 va 4-o’rinlarni egallaydi. Qolgan tarmoqlarning ulushi umumiy 29,8% va yakka tartibda olganda 4% dan kamroqni tashkil etadi. O’zbekiston uchun ITBG portfeli moliyalashtirish
usullari kesimida