O’zbekistonda Islomiy moliyalashtirishga asosan loyihalarni amalga oshirish 2004 yildan boshlangan va bu
O’zbekiston uchun tarmoq kesimida ITB va XSRIKning moliyalashtirish portfeli
Islom taraqqiyot banki guruhi tomonidan moliyalashtirilishi ma’qullangan loyihalarni tarmoq kesimida ko’rib chiqadigan bo’lsak, eng ko’p sarmoya qishloq xo’jaligi va qishloqlarni rivojlantirish tarmog’iga yo’naltirilgan va u ITBG portfelining deyarli 30% ini tashkil etadi. Uning ortidan energetika 25% ulush bilan ikkinchi, transport (16%) va moliya (13%) sohalari esa keyingi o’rinlarni egallaydi. O’zbekiston MDH davlatlari orasida ITB va XSRIK a’zoligiga qo’shilgan mamlakatlarning oxirgisi bo’lishiga qaramay, ikkala tashkilotning portfeli bo’yicha mintaqada birinchi o’rinda turadi. 2018 yilning mart oyida O’zbekiston hukumati va ITFC o’rtasida savdo operasiyalarini moliyalashtirish maqsadida 100 mln. dollarlik hadli bitim imzolandi. Unga ko’ra korporasiya O’zbekistonning tashkilotga a’zoligiga qadar savdo loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatiga ega bo’ldi va bugungi kungacha ITFC tomonidan Aziya Aliyans Bank, Trastbank va Kapitalbankka murobaha moliyalashtirish liniyasi taqdim etildi. Yuqorida aytib o’tilganidek, ITFC va ICIEC a’zoligiga qo’shilish bo’yicha ish ketmoqda va 2019 yilning birinchi yarmida bu masala hal bo’lishi kutilmoqda. Hozirda ICIEC ning O’zbekiston kompaniyalari uchun mo’ljallangan loyihalari mavjud emas. Yüklə 29,86 Kb. Dostları ilə paylaş: |