11. O‘zbekistonda konfessiyalararo munosabatlar haqida ma’lumot toʻplash
O‘zbekistonda konfessiyalararo munosabatlar Dinlararo bag‘rikenglikning shakllanishi. SSSR davrida O‘zbekistonda 89 masjid, 2 ta madrasa bo‘lgan bo‘lsa, 2017-yilga qadar esa 2033 ta masjid, Islom universiteti, Islom instituti, 16 ta diniy konfessiyalar faoliyat yuritib keldi. O‘zbekiston aholisining 88 foizi islom diniga, 10 foizidan ziyodi boshqa dinlarga e’tiqod qiladi, 1,8 foizi hech qaysi dinga e’tiqod qilmaydi. Ramazon hayiti, Qurbon hayiti respublika miqyosida nishonlab kelinmoqda, Mulohaza qiling! 2017-yilda Toshkentdagi «Bobur» bog‘iga «Do‘stlik» bog‘i nomi berilib, bog‘ning markaziga Ikkinchi jahon urushi yillarida turli millatga mansub yetim bolalarni asrab olgan mashhur Shomahmudovlar oilasi haykali ko‘chirib keltirilganini va 2018-yilda mazkur haykal «Xalqlar do‘stligi» maydoniga qaytarilganini izohlang. Atamalar izohi! Baynalmilal – (arabcha – millatlar o‘rtasidagi, millatlararo) xalqaro, umuminsoniy, umumxalqiy mazmunlarida qo‘llaniladi. Mentalitet – (nem. – aql, idrok) jamiyat, millat, jamoa yoki alohida shaxsning tarixiy tarkib topgan tafakkur darajasi. Jamiyat, millat yoki shaxsning mentaliteti ularning o‘ziga xos an’analari, rasm-rusumlari, urfodatlari, diniy e’tiqod va irimlarini qamrab oladi. diniy jurnal va gazetalar nashr etilib, televideniye va radioda diniy mavzularda maxsus ko‘rsatuv va eshittirishlar olib borilyapti. O‘zbekistonda din davlatdan, siyosatdan ajratilgan, ammo xalqdan ajratilgan emas. Aholisi ko‘p millatli bo‘lgan O‘zbekistonda islomdan tashqari xristianlik, yahudiylik, buddaviylik va boshqa konfessiyalarga e’tiqod qiluvchi kishilar ham bor. Ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali mamlakatda millatlararo hamjihatlik va diniy bag‘rikenglik sohasida olib borilayotgan izchil davlat siyosati turli millat hamda barcha diniy konfessiya vakillarining emin-erkin yashashlari uchun mustahkam asos yaratdi. 1991-yil davlatning vijdon erkinligi va dinga oid siyosatini belgilab beruvchi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Uning qabul qilinishi islom diniga va boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchi fuqarolarning hayotida muhim o‘rin egalladi. 1992-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi. Qo‘mita tarkibida diniy konfessiyalar bilan ishlash uchun maxsus tashkil etilgan sho‘ba ish boshlaganidan so‘ng, respublika hududida joylashgan va diniy faoliyat yuritayotgan barcha tashkilotlar haqida ma’lumotlar to‘plana boshlandi. 1998-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Mazkur qonunda fuqarolarning vijdon va e’tiqod erkinligi bilan bog‘liq huquq hamda burchlari aniq-ravshan belgilab qo‘yildi. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunga muvofi q “Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llabquvvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi. Ushbu qoidaning buzilishiga aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar”. O‘zbekiston kabi ko‘p konfessiyali davlatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Diniy bag‘rikenglik mamlakatda rivojlanayotgan demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan biridir. Ayni paytda 16 ta diniy konfessiya o‘zaro totuvlikda faoliyat ko‘rsatmoqda. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita dindorlar ehtiyojlarini qondirishga ko‘maklashib kelmoqda. 2007-yilda Islom Hamkorligi Tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalar bo‘yicha tuzilmasi – AYSESKO tomonidan “Toshkent – Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilindi. Bu O‘zbekiston davlatining dinga bo‘lgan munosabati natijasidir. Diniy bag‘rikenglik tamoyillari. O‘zbekistonda qaror topgan diniy bag‘rikenglik quyidagi omillar bilan belgilanadi: Birinchidan, respublikada istiqomat qilayotgan barcha millat va elat vakillari hamda turli diniy konfessiyalar faoliyatida o‘zaro hurmat, sabr-toqat, bag‘rikenglik tamoyillarini qaror toptirishda amaliy ishlar olib borilmoqda. Ikkinchidan, milliy va diniy bag‘rikenglik o‘zbek madaniyati hamda mentalitetining ajralmas qismidir. O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik borasida olib borilayotgan siyosat demokratik o‘zgarishlarni va ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotni tezlashtirishga, boshqa millatlar, dinlar va madaniyatlarga hurmatsizlik hollaridan, ekstremizm shakllaridan xoli haqiqiy demokratik jamiyatni qurish omiliga aylanishiga, jamiyatda millatlararo va dinlararo ahillikning saqlanishiga imkon tug‘dirmoqda. Uchinchidan, millatlararo va konfessiyalararo munosabatlardagi uyg‘unlik xalqlarning ma’naviy boyligi manbayi hisoblanadi va davlatlarning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Turli madaniyat va din vakillari o‘rtasidagi muloqotlar kelishuv va o‘zaro ishonchga erishish yo‘llaridan biri sanaladi. To‘rtinchidan, mutaxassislar fikricha, bir-biridan farq qiladigan 2 xil bag‘rikenglik tushunchasi mavjud: formal – tashqi ko‘rinishdagi bag‘rikenglik va ichki – pozitiv bag‘rikenglik. Formal ravishdagisi boshqa kishining diniy e’tiqodiga nisbatan toqatlilikni, unga qarshi kurashmaslikni anglatsa, ichki – ijobiysi esa boshqa dinlarni yaxshi bilishni ham taqozo etadi. Bugungi kunga kelib, O‘zbekistonda har ikkala ko‘rinishdagi bag‘rikenglik amalda o‘zining to‘liq ifodasini topgan. 68 Turli din vakillariga munosabat. Ilmiy manbalar o‘lkamizda qadim zamonlardanoq zardushtiylik, buddaviylik, yahudiylik, nasroniylik kabi murakkab ideologik tizimga ega dinlar tinch-totuv faoliyat olib borganliklaridan dalolat beradi. Bunday holatni hozirgi O‘zbekistondagi islom, xristian, yahudiy dinlari va boshqa konfessiyalarning o‘zaro munosabatlari misolida ham ko‘rish mumkin. Umuman, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan noislomiy konfessiyalar turli e’tiqodda bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida totuvlik va do‘stlik rishtalarini mustahkamlashda muayyan mavqega ega. Ayni paytda O‘zbekistonda islom dini bilan bir qatorda, pravoslavlar, baptistlar, yahudiylar, adventistlar, katoliklar, lyuteranlar, krishnaitlar, buddistlar, pyatidesyatniklar, Iegova shohidlari, yangi havvoriylar, xristian-presviterianlar singari bir qancha din va mazhablar mavjud. Ulardan har birining o‘ziga xos mafkurasi, talab va ehtiyojlari mavjud. Markaziy Osiyodagi musulmon va boshqa konfessiyalarga mansublar o‘rtasidagi munosabatlar ham siyosiy, ham maishiy darajada ikki asosiy xususiyatga asoslangan bo‘lib, bular o‘zaro hurmat va bag‘rikenglikdir. Bu munosabat har xil dinlar vakillarining murakkab tarixiy jarayonlar sinovlarini mardonavor yengib o‘tishlari natijasida shakllangan. Mamlakatda tinchlik, taraqqiyot va farovonlik bo‘lishidan barcha din vakillari manfaatdor bo‘lib, ba’zi konfessiyalar vakillari O‘zbekistonda va xorijda tashkil etilayotgan ma’naviy va ma’rifiy tadbirlardagi ma’ruzalarida respublikada diniy bag‘rikenglik va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirmoqdalar. Bunday munosabat davlat tomonidan ham taqdirlanmoqda. Mitropolit Vladimirning “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangani buning yorqin dalilidir. Respublikada diniy bag‘rikenglik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda konfessiyalarning ham muayyan o‘rni bor. Birinchidan, ular o‘z faoToshkentdagi Rim-katolik cherkovi 69 liyatlari davomida aholida diniy bag‘rikenglik madaniyatini kamol toptirish yo‘lida ma’naviy-ma’rifi y tadbirlar tashkil etib keladilar. Ikkinchidan, mamlakatda dinlararo totuvlikni qo‘llab-quvvatlash hamda turli nizo va murakkabliklarni keltirib chiqaruvchi missionerlik kabi xatti-harakatlarga qarshi amalga oshirilayotgan tadbirlarda faol qatnashadilar. Islom dini va diniy ta’limga e’tibor. Bugun respublikada 16 ta diniy konfessiyaga mansub 2238 ta diniy tashkilot – Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, 9 ta o‘rta maxsus islom bilim yurti, pravoslav va protestant seminariyalari faoliyat olib bormoqda. Ularda talabalar diniy ilmlar bilan bir qatorda, dunyoviy ilmlarni olish imkoniyatiga ham ega. Toshkentdagi Minor masjidi Yodda tuting! Toshkentda 2013-yil qurilishi boshlangan Minor masjidi 2014-yilning 1-oktabrida, Qurbon hayiti kuni ochildi. Masjid binosi anʼanaviy sharq me’morchiligi uslubida qurilgan. Uning ikki minorasi va osmon rang gumbazi bor. Masjid 2400 dan ortiq namozxonga moʻljallangan. 1999-yilda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan Toshkent Islom universitetiga asos solindi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi nafaqat mamlakatimizda, balki Markaziy Osiyo va butun dunyoda hamjihatlikka erishish, dinlararo totuvlik, tinchlikni saqlash yo‘lida muhim dasturulamal bo‘layotganini, bu jihatlar O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham o‘z aksini topganini e’tirof etdi. Prezidentning 2017-yil 27-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofi q Samarqandda ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi. Uning tarkibida hadisshunoslik oliy 70 maktabi, hadis, kalom va qiroat ilmini o‘rganishga mo‘ljallangan xonalar, qo‘lyozmalar kutubxonasi, muzey tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Toshkentda Islom madaniyati markazi hamda Prezidentning 2017-yil 15-dekabrdagi farmoni asosida O‘zbekiston Islom akademiyasi tashkil etildi. Atamalar izohi: Konfessiya – (lot. – tan olish, e’tirof etish) diniy ishonch, e’tiqod; shu bilan birga mazhab mazmuniga ega tushuncha. Tolerantlik – (lot. – sabr-toqat, chidam, bardosh) o‘zgalarning fi krg‘oyalari, e’tiqodi, his-tuyg‘ulari, turmush tarzi va xulq-atvoriga nisbatan sabr-toqatli bo‘lish, beparvo qarash; bag‘rikenglik. Seminariya – xristian cherkovlari uchun ruhoniylar tayyorlaydigan o‘quv yurti. ? Savol va topshiriqlar: 1. Bugungi kunda O‘zbekistonda qancha diniy tashkilotlar mavjud? 2. Konfessiyalararo munosabatlar deganda nimani tushundingiz? 3. Diniy bag‘rikenglikni kafolatlaydigan huquqiy-me’yoriy hujjatlarni sanab bering. 4. Diniy bag‘rikenglik tamoyillarini aytib bering.
Ulug‘ ajdodlarning donishmandlik an’analariga amal qilib, bugun O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Buni yangi O‘zbekistonning tashqi va ichki siyosatidan tortib, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy hamda diniy-ma’rifiy sohalaridagi tub islohot va evrilishlarda ham ko‘rish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi va xalqimiz birdamligida qabul qilingan “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” asosidagi yangilanishlar tom ma’noda, xalqimiz hayotidagi farovonlik va mamlakat taraqqiyotida o‘z bo‘y-bastini ko‘rsata boshladi.
So‘nggi to‘rt yilda yurtimizda birgina diniy-ma’rifat, ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilgan islohotlar va uning natijalari xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholanayotganida ham fikrimiz isboti bor. Binobarin, mamlakatimizda turli millat va konfessiyalar o‘rtasida o‘zaro hurmat, birdamlik va hamkorlik muhitini mustahkamlash, madaniyatlararo muloqotni qo‘llab-quvvatlash hamda tinchlik va totuvlikni ta’minlashga qaratilgan izchil va puxta o‘ylangan siyosat xalqaro hamjamiyat tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanmoqda.
E’tiborlisi, 2017-yil 19-sentabrda Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan tashabbusning amaliy ifodasi sifatida 2018-yili BMT Bosh Assambleyasining navbatdagi yalpi sessiyasida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik“ deb nomlangan maxsus rezolyutsiya qabul qilindi. O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan hujjat loyihasi BMTga a’zo barcha davlatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
O‘zbekiston taklif etgan rezolyutsiyaning asosiy maqsadi — barcha uchun ta’lim olish imkoniyatini taqdim etish, savodsizlik va bilimsizlikni bartaraf etishdan iborat. Hujjatda bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni o‘rnatish, diniy erkinlikni ta’minlash, dindorlar huquqlarini himoya qilish va ularning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslikka muhim ahamiyat qaratilgan.
“Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” to‘g‘risidagi rezolyutsiya jahonda ekstremizm, terrorizm muammosi avj olib, turli din va e’tiqod vakillariga nisbatan toqatsiz, murosasiz munosabatlar kuzatilayotgan bir vaqtda global tahdidlarga qarshi kurashishning samarali vositasi sifatida ma’rifat, ta’lim-tarbiya masalasini ilgari surgani bilan, ayniqsa, ahamiyatlidir.
Ta’kidlash joizki, dunyoning turli mintaqa va davlatlarida insonning yashashi, ta’lim olishi, mehnat qilish va o‘z iqtidorini namoyish etish va o‘z diniy e’tiqodiga amal qilish kabi hayotiy va tabiiy haq-huquqlari turli darajada poymol etilayotgan bir davrda O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bag‘rikenglik tamoyili asosida tinch-totuv yashab kelishmoqda. Turli millat va din vakillarining har qanday tajovuzdan bexavotir o‘z ibodatlarini emin-erkin ado etishlari esa jamiyat barqarorligida ustuvor jihat.
Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan biri sanaladi. Bag‘rikenglik fuqarolar orasida totuvlikni ta’minlab, ijtimoiy nizolarning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bugun nafaqat yurtimizda, balki butun Yer yuzida diniy bag‘rikenglik, diniy konfessiyalararo o‘zaro hurmat, bir-birini tushunish asosiy hayotiy tamoyilga aylanmoqda. Bu borada mustaqillikning dastlabki kunlaridan olib borilgan odilona siyosatning samarasi, shuningdek, xalqimizning yuksak fazilatlari sabab bugun barcha millat va din vakillari yurtimizda tinch va ahil yashab, hayot kechirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Mustaqillik yillarida mamlakatimizda millatlararo munosabatlar rivojida yangi bosqich boshlandi. Bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va fuqarolararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni shu asosda Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash O‘zbekistonda davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. Bularning barchasi hayotda o‘zining to‘liq ifodasini topdi”. Darhaqiqat, Bosh Qomusimizning 4-moddasida O‘zbekiston davlati o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odat va an’analari hurmat qilinishini ta’minlashi, ularning rivoji uchun sharoit yaratishi alohida ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsa, 18-moddada mamlakatimizda jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, barcha qonun oldida tengligi belgilab qo‘yildi.
Ayniqsa, so‘nggi yillarda ko‘plab sohalar kabi millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik siyosati yangi bosqichga ko‘tarildi. Diniy-ma’rifat, ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilgan islohotlar va uning natijalari xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholanmoqda. Zero, yurtimizda turli millat va konfessiyalar o‘rtasida o‘zaro hurmat, birdamlik va hamkorlik muhitini mustahkamlash, madaniyatlararo muloqotni qo‘llab-quvvatlash hamda tinchlik va totuvlikni ta’minlashga qaratilgan izchil va puxta o‘ylangan siyosat xalqaro hamjamiyat tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanmoqda. O‘zbekiston amaliyoti va tashabbuslari jahon hamjamiyatida e’tirof etilyapti.
2017-yil 19-mayda “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi. Yana bir ahamiyatli jihati Prezidentimiz tomonidan “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” tasdiqlangani va bu yo‘nalishning beshinchi bandida xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash kabi masalalarning ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanishi ham davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlashda muhim asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat, 16 ta diniy konfessiya, 153 ta milliy-madaniy markaz, 38 ta “Do‘stlik” jamiyati vakillari teng huquqli hamda o‘zaro hamjihatlik sharoitida yashab kelmoqda. 2276 ta diniy tashkilot faoliyat yuritib kelmoqda. Xususan, 2017-2018-yillarda mamlakatimizda 2093 tasi musulmon tashkiloti qatorida 174 ta noislomiy diniy tashkilotlar rasmiy faoliyat yuritmoqda. Tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan noislomiy diniy tashkilotlarning 157 tasi xristianlik tashkiloti, 8 tasi yahudiylik jamoasi, 6 ta Bahoiylik, 1 ta Krishnachilik jamiyati va 1 ta buddaviylik ibodatxonasi, shuningdek, O‘zbekiston konfessiyalararo Bibliya jamiyati hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar aholi tarkibidan kelib chiqib 2019-yilda xristian tashkilotlari soni 158 taga hamda 2020-yilda 166 taga o‘sib, noislomiy tashkilotlarning umumiy soni 183 taga yetgani ham O‘zbekistonda bag‘rikenglik va diniy erkinlik tamoyillari nechog‘lik ustuvor ahamiyat qaratilayotganidan darak beradi.
Bugungi kunda mamlakatimiz ta’lim muassasalarida o‘qish 7 ta tilda olib borilmoqda. Teleradioko‘rsatuv va eshittirishlar 12 ta tilda efirga uzatilib, gazeta va jurnallar 10 dan ortiq tilda chop etilyapti. Respublikamizdagi turli elatlarning milliy markazlari davlat tadbirlari va umumxalq bayramlarida faol ishtirok etib keladi. Mustaqillik bayramiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan “O‘zbekiston — umumiy uyimiz”, “Vatan bitta, Vatan yagona”, “Bizning kuchimiz — birlik va hamjihatlikda” kabi festivallar millatlararo do‘stlik rishtalarining yanada mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda.
Ularning huquq va erkinligi, manfaatlarini ta’minlash, ta’lim olish, kasb-hunar egallashi, millatiga xos an’ana hamda qadriyatlarini hurmat qilish, rivojlantirishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratib berilgan. Turli millat va din vakillarining har qanday tajovuzdan bexavotir o‘z ibodatlarini emin-erkin ado etishlari esa jamiyat barqarorligida ustuvor jihat.
Bu jihatni Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yilning 29-dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida millatlararo munosabatlar masalasiga alohida e’tibor qaratganliklaridan bilsak bo‘ladi. Davlatimiz rahbari o‘z nutqida jamiyatda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishni qayd etib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasi bilan har yili 30-iyul – Xalqaro do‘stlik kuni sifatida keng nishonlanishi, shu bois mazkur sanani O‘zbekistonda “Xalqlar do‘stligi kuni” deb belgilashni taklif etgani yurtimizda istiqomat qiluvchi ko‘p millatli fuqarolarimizni benihoya quvontirdi.
O‘zbekiston tomonidan ilgari surilayotgan bu kabi ezgu g‘oyalar dunyoning nufuzli siyosatchilari, davlat va jamoat arboblari tomonidan ham ko‘tarinkilik bilan kutib olinmoqda. Xususan, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Bosh komissari Zayd al-Husayn o‘z intervyusida bugungi dinlararo va millatlararo notinchlik bo‘lib turgan tahlikali zamonda O‘zbekistondagi mavjud dinlararo va millatlaro totuvlik va diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar turli davlatlar uchun o‘rnak bo‘lishga loyiq ekanligini qayd etib o‘tdi.
Muxtasar aytganda, mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik sohasida ijobiy va o‘zaro hurmatga asoslangan muhitni mustahkamlash borasida olib borilayotgan islohotlar natijasida millatlararo va dinlararo munosabatlarning yangi tizimi yaratildi. Mazkur tizim turli millat va din vakillari o‘rtasidagi millatlararo va dinlararo muloqot, konstruktiv yondashuv va barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga asoslanadi.
Ming yillar davomida Buyuk Ipak yo‘lining muhim chorrahasi sifatida dovruq qozongan yurtimizning rivojlanishida xalqimizga xos bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik, o‘zga madaniyat vakillariga hurmat tuyg‘ulari asosiy omillardan bo‘lgani tabiiy. Shuning uchun bugungi kunda ham o‘lkamizda turli xalqlar urf-odat va an’analari o‘zaro uyg‘unlikda rivojlanib bormoqda. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan diniy ma’rifat sohasida olib borilayotgan o‘tkir siyosat haqiqiy ma’noda, dunyo mamlakatlarida tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikning asosi bo‘lib xizmat qilishi, shubhasiz.