O'zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va antimonopol qonunchilik Reja


Monopol mavqyeidagi mahsulotlarga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabillikning chegarasini belgilab qo'yish



Yüklə 151,85 Kb.
səhifə2/7
tarix04.06.2022
ölçüsü151,85 Kb.
#116629
1   2   3   4   5   6   7
raqibat

1. Monopol mavqyeidagi mahsulotlarga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabillikning chegarasini belgilab qo'yish.
2. O'z monopol mavqyeini suiiste'mol qilgan monopolistik birlashmalarni bo'lib tashlash yoki maydalashtirish. Bu usul Vazirlar Mahkamasining (1994 yil 18 iyuldagi 366 sonli) qarori bilan tasdiqlangan «Obyektlarning xo'jalik yurituvchi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi to'g'risidagi Nizom» asosida amalga oshiriladi. Respublikada faqat 1994-1996 yillar davomida monopol mavqyeidagi aksiyadorlar jamiyatlari, ijara va boshqa jamoa korxonalar tarkibidan 14972 obyekt chiqarilib, mustaqil korxonalarga aylantirildi.
O'zbekiston Respublikasining «Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida» (1996 yil, aprel) qonuni asosida g'irrom raqobatga, shu jumladan Respublika bozorlariga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarni chiqarishga yo'l qo'ymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida e'tibor beriladi.
Tabiiy monopoliyalarni davlat yo'li bilan tartibga solish ular mahsulot (xizmat) lariga narxlar va tariflar darajasini, shuningdek taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy ko'rsatkichlarni belgilashni o'z ichiga oladi.
Raqobatchilik muhitini shakllantirish maqsadida va davlatga qarashli bo'lmagan sektorni qo'llab-quvvatlash uchun tadbirkorlikni rivojlantirish fondi, kichik va o'rta biznesni rivojlantirishga ko'maklashish fondi tashkil etildi. Raqobatchilik muhitini shakllantirishga ko'plab xalqaro tashkilotlar ham faol qatnashmoqda.Jumladan YUNIDO yordamida bir nechta biznes inkubatorlar tashkil etildi. Yevropa jamiyati Komissiyasi Amaliy aloqalar markazini, Germaniya texnikaviy ko'maklashuv jamiyati kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlash markazini tashkil etdi.
Respublikada raqobatchilik muhitini vujudga keltirish amalga oshirilayotgan barcha ishlar bozor iqtisodiyotini tarkib toptirishga xizmat qiladi.
Narxning mazmuni va uning vazifalari


Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o'zlarining namoyon bo'lishini narxda topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa iste'molchilarni rag'batlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal qiladi.
Tovarning bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan, lekin doim bir-birini taqozo etadigan, birisiz ikkinchisi bo'lmaydigan ikki xususiyatga, ya'ni ma'lum bir naflilikka (iste'mol qiymatiga) va qiymatga ega ekanligi, tovar yoki xizmat shu ikki xususiyat birligidan iborat ekanligi o'quvchiga oldingi mavzulardan ma'lumdir.
U yerda biz tovarning qiymati har qanday sarflarni emas, balki mavjud sharoitda shu tovarni ijtimoiy zaruriy miqdorda va sifatda ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan ijtimoiy zaruriy sarflarni ifoda etishini aytib o'tgan edi. Baholar mazmunini aniqlashda tovardagi mana shu ikki xil xususiyatning birligini, bunda iste'mol qiymat (naflilik) qiymatni o'zida olib yuruvchi moddiy asos ekanligini to'g'ri hisobga olmaslik natijasida narx mazmuni turli olimlar oqimlar tomonidan turlicha aniqlanmoqda va unga turlicha ta'rif berilmoqda.
Buning ustiga narxning darajasiga (uning baland yoki past bo'lishiga), uning o'zgarishiga turli xil omillar ta'sir qiladiki, bu ham masalani to'g'ri tushunishni bir oz chigallashtiradi.
Masalan, klassik siyosiy iqtisod maktabi vakillari g'oyalarida hamda siyosiy iqtisod darsliklarida narxning asosini qiymat tashkil qiladi deyilgan bo'lsa, marjinalizm yo'nalishidagi va hozirgi davrdagi P. Samuelson, Makkonell va S. Bryularning «Ekonomiks» darsliklarida tovar narxining asosini uning nafliligi tashkil qiladi deyiladi. Bunda keyingi qo'shilgan tovar nafligiga alohida e'tibor beriladi.

Yüklə 151,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin