Chizma. Statistika va hisob. Chizmaga xulosa yasash uchun akademik V.S.Nemchinovning quyidagi fikrlarga murojaat qilamiz: «Statistika hisobga nisbatan kengroq ma’noga ega. U har xil iqtisodiy, biologik fizik-kimyoviy xodisalar bilan ish to’tadi, faqatgina jamiyatdagi xodislarni emas, balki tabiatdagi xodisalarani ham o’rganadi».
Statistika faqat mustaqil fan bo’lib qolmasdan, shu bilan birga amaliy faoliyatning muhim sohasi hamdir. Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o’tishi va shu munosabat bilan xo’jalik mexanizmida tub o’zgarishlarning sodir bo’lishi statistika zimmasidagi mas’uliyatni yanada oshiradi. shunday sharoitda statistika oldida quyidagi asosiy vazifalar turadi:
statistik axborotni takomillashtirish va iqtisodiy tahlil qilishni yanada chuqurlashtirish, statistikaning analitik funksiyasini oshirish;
xalq xo’jaligidagi barcha hisobotlarni tartibga tushirish va ularning aniqligini ta’minlash; barcha statistik hisobotlarni buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga va milliy schyotlar tizimiga moslashtirish;
xo’jalik yuritishning turli shakllarini (ijara, pudrat, kooperativ), mulkchilikning ko’p qirraligini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqish;
iste’mol bozorida, ishlab chiqarish vositalari va qimmatli qog’ozlar bozoridagi mutanosiblikni hamda baho harakati va inflyasiya jarayonini tavsiflovchi ko’rsatkichlarni ishlab chiqish;
takror ishlab chiqarishning moliyaviy kirralarini, banklar faoliyatini va davlat byudjeti faoliyatini, korxonalar va aholi daromadlari va harajatlarini tavsiflovchi ko’rsatkichlarini ishlab chiqish;
respublikamizning chet el davlatlari bilan bo’lgan munosabatlarini, ularda korxonalarning katnashish darajasini ifodalovchi ko’rastkichlarni ishlab chiqish va hokazo.
Statistika o’z vazifasiga muvofiq quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
Bilish funksiyasi. Bunda xalq xo’jaligi bo’yicha hisoblangan ko’rsatkichlarning holati va dinamikasi aniqlanadi, shuningdek, ijtimoiy xodisalarning miqdor tomoniga tavsifnoma berilib, shu xodisalarning sifat ko’rsatkichlari o’rganilib, rivojlanish yo’nalishlari ko’rib chiqiladi.
Boshqarish funksiyasi. Bunda boshqarish uchun kerakli bo’lgan axborotlar bilan ta’minlanadi.
Bizga ma’lumki, har qanday boshqarish jarayoni uch qismdan iboratdir:
Axborotlarni qabul qilish;
Olingan axborotlarni qayta ishlash va kerakli bo’lgan qarorlarni qabul qilish;
Qabul qilingan qarorlar bo’yicha boshqarishni amalga oshirish.
Bu jarayonlarni joriy etishda statistika katta o’rinni egallaydi, ya’ni korxonaning yillik natijalarini o’rganadi va tahlil qilib, kerakli bo’lgan xulosa va takliflarni ishlab chiqadi.
XULOSA Xulosa qilib aytganda, statistikaning vazifasi ommaviy ijtimoiy hodisa va jarayonlarning hajmini, tarkibini, dinamikasini va unga ta’sir etuvchi asosiy omillarni o‘rganish, shuningdek mamlakatning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy taraqiyot istiqbollarini belgilab berishdan hamda mamlakatni, uning regionlari va tarmoqlarini, alohida korxona, firmalar va tashkilotlarni boshqarish uchun zarur bo‘ladigan ilmiy asoslangan ma’lumotlar bilan boshqaruv organlarini va rahbar xodimlarni ta’minlab berishdan iboratdir. Statistika iqtisodiy tahlil fani bilan ham bog‘liq. Iqtisodiy tahlilda statistika ma’lumotlaridan, uning usullaridan foydalanib, kerakli ko‘rsatkichlar aniqlanadi va ulardan tegishli xulosalar chiqarishimiz mumkin. Biznes reja tuzishda statistika ma’lumotlaridan keng foydalaniladi. Ayniqsa ommaviy hodisalarning o‘zgarishlarini statistik tahlil qilish ma’lumotlari, reja ko‘rsatkichlari o‘sish darajalarini belgilashda foydalanamiz. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni kontsentratsiyalashishi va ixtisoslashishi, bozorni monopollashishi, kapitalni diversifikatsiyalashtirish kabi muhim iqtisodiy jarayonlarni o`rganishda, jamiyat sotsial tuzilishidagi o`zgarishlar, jumladan aholini ijtimoiy-iqtisodiy tabaqalashishi va kam daromadli qatlamlarini muhofaza qilishga qaratilgan davlat sotsial siyosatini baholashda variatsiya ko`rsatkichlaridan keng ko`lamda foydalanadi.