O’zbekistonda ta’lim tizimi. Ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy yonalishlari. Pedagogik menejment nazariyasi va amaliyoti. Boshqaruvning nazariy asoslari. Reja


Ta’lim to‘g‘risidagi qonunga muvofiq



Yüklə 187,2 Kb.
səhifə8/9
tarix03.06.2022
ölçüsü187,2 Kb.
#116567
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O’zbekistonda ta’lim tizimi

Ta’lim to‘g‘risidagi qonunga muvofiq:
Ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organlari quyidagi vakolatlarga egadilar:
ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish; ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy masalalarda ularga rahbarlik qilish;
davlat ta’lim standartlari, mutaxassislarning bilim saviyasi va kasb tayyorgarligiga bo‘lgan talablar bajarilishini ta’minlash;
o‘qitishning ilg‘or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot vositalarini o‘quv jarayoniga joriy etish;
o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish va nashr etishni tashkil qilish; ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta’lim muassasalarida eksternat to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash;
davlat oliy ta’lim muassasasining rektorini tayinlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
pedagog xodimlarni tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni va qayta tayyorlashni tashkil etish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga egalik qilish.
Maktabga bevosita rahbarlik boshqarishning yuqori organlar tomonidan tayinlanadigan direktor tomonidan amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasasi direktorining vazifasi quyidagilardan iborat:

  • davlat va jamoat tashkilotlari oldida ta’lim muassasasining manfaatlarini ifodalash;

  • o‘quv-tarbiya jarayonining muvaffaqiyatini ta’min etish;

  • o‘quv dasturlarining bajarilishini nazorat qilish, ta’lim-tarbiya ishlarining sifati va samaradorligi, bolalik va mehnatni muhofaza qilish talablarining rioya qilinishi, ta’lim muassasasidan tashqarida ma’naviyat ishlarini tashkil qilinishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;




  • pedagogik va rahbar kadrlarni tanlab joy-joyiga qo‘yish, ularning vazifalarini belgilash, pedagogik kadrlar, kabinet va ustaxona mudirlarini belgilash, sinf va guruh rahbarlarini tanlash, pedagog va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni ishga qabul qilish hamda bo‘shatish;

  • ta’lim muassasasi pedagogik xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazuvchi komissiyaga rahbarlik qilish;

ta’lim muassasasi pedagogik xodimlarining ijodiy ishlari, ta’lim- tarbiyaning ilg‘or shakl va usullarini qo‘llashlari uchun shart-sharoitlarni yaratish

  • ta’lim muassasasiga ajratilgan moliyaviy mablag‘lar, sarf-xarajat hisobini yuritish;

  • ta’lim muassasasi me’yoriy hujjatlarining to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash;

  • ta’lim muassasasi Pedagogik kengashi, mahalliy hokimlik organlari oldida o‘z faoliyati to‘g‘risida hisob berib turish.

Ta’lim muassasasi direktorining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan quyidagi vazifalar bajariladi:

  • o‘quv haftasi va o‘quv mashg‘ulotlarining davomiyligini ta’minlash;

  • dars jadvalini tuzib chiqish, jadvalga binoan darslarning o‘z vaqtida samarali o‘tkazilishini ta’minlash;

  • har bir chorak oxirida, semestr davomida direktor va ta’lim muassasasi Pedagogik kengashi a’zolariga o‘quv jarayonining borishi xususidagi axborot va ma’lumotlarni berib borish;

  • yosh mutaxassislarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;

  • sinf va guruh jurnallarini to‘g‘ri yuritish va saqlanishiga javob berish;

  • o‘quvchilarning bilim darajasini reja asosida tahlil qilib borish;

  • o‘quvchilar tomonidan davlat dasturlarining bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish.

Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari quyidagi vazifalarni hal qiladi:
ta’lim muassasasida o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish, jamoat tashkilotlari, mahalla, ota-onalar bilan aloqani ta’minlash;
ta’lim muassasasi va undan yuqori miqyosda o‘tkaziladigan darsdan tashqari tadbirlarni rejalashtirish hamda amalga oshirish;
ta’lim muassasasi o‘quvchilarining sinf, guruh yoki ta’lim muassasasidan tashqari olib borayotgan mashg‘ulotlarini kuzatib borish, ularga amaliy va metodik yordam uyushtirish;
ta’lim muassasasidagi «Yoshlar yetakchisi»ning ishini nazorat qilish va unga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish.
Ta’lim muassasalari, ularning turlari va tashkiliy tuzilmasi
Ta’lim to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra: Ta’lim muassasasining Nizomi ta’lim muassasasi faoliyatiga rahbarlik va boshqarish tizimini aniqlovchi hujjatdir.
Ta’lim muassasasining Nizomida muassasaning joylashgan o‘rni, turi, ta’lim tili, guruh rahbarlari, o‘qituvchilarning huquq va burchlari, ta’lim oluvchilar, ota- onalarning huquq va burchlari, ta’lim muassasasining iqtisodiy tuzilishi, xo‘jalik faoliyati, boshqarish tartibi kabi ma’lumotlar yoritiladi.
Ta’lim muassasasining Ustavida ta’lim jarayonining quyidagi ikki muhim tarkibiy jihati ajratib ko‘rsatiladi:
davlat ta’lim standartida belgilangan bilimlar zaxirasini egallash yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etish tartibi;
ta’lim oluvchilarda bilim, ko‘nikma, malakalarni hosil qilishni tashkil etish (savodxonlik, mustaqil fikrlash, masalalarni yecha olishga o‘rgatish).
Shuningdek, ta’lim muassasasining Ustavida muassasani boshqarishga qo‘yiladigan talablar, o‘qituvchi, o‘quvchilar, ta’lim muassasasi rahbarlarining huquq va burchlari ham alohida ajratilib ko‘rsatiladi.
Ta’lim muassasasining Ustavi quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega:
Ta’lim muassasasi haqidagi qisqacha ma’lumotlar.
Ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari.
Ta’lim muassasasini boshqarish:

  1. ta’lim muassasasini boshqarishning oshkoralik, demokratik va o‘z-o‘zini boshqarish asosida amalga oshirilishi;

  2. pedagogik jamoa Kengashi;

  1. direktorning huquq va burchlari;

  2. direktorning o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining huquq va burchlari;

  3. ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining huquq va burchlari.

O‘quv-tarbiya va ilmiy-uslubiy ishlarni tashkil etish:

  1. ta’lim mazmunining davlat ta’lim standartlari bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv reja va dasturlari asosida belgilanishi;

  2. o‘quv jarayonini tashkil etish;

  1. iqtidorli yoshlar bilan ishlash;

  2. ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish tartibi;

  3. qo‘shimcha pulli mashg‘ulotlarni joriy etish;

  4. kunlik ish tartibi (seminar, mashg‘ulotlarning davom etishi, tanaffuslar, uy vazifalarini berish tartibi va h.o.).

O‘qituvchining huquq va burchlari.
O‘quvchining huquq va burchlari.
O‘quv-ishlab chiqarish ta’limi ustalari, ma’muriy hamda yordamchi xodimlarning huquq va burchlari.
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning huquqlari, majburiyatlari va mas’uliyatlari.
Ta’lim muassasasining moddiy va moliyaviy xo‘jalik ta’minoti.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim:
maktabgacha ta’lim; umumiy o‘rta ta’lim; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta’lim kabilarni o‘z ichiga oladi.
Maktabgacha ta’lim bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlash, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otish, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlash maqsadini ko‘zlaydi.
Maktabgacha ta’lim oilalarda, maktabgacha ta’lim muassasalarida va mulk shaklidan qat’i nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim:
boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar);
umumiy ta’lim (V-IX sinflar) kabi bosqichlarda tashkil etiladi.
Boshlang‘ich ta’lim 6-7 va 10-11 yoshli bolalarda umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirish maqsadini amalga oshirishga yo‘naltirilgan.
Umumiy o‘rta ta’limning maqsadi o‘quvchilarga fanlar asoslari bo‘yicha muntazam bilim berish, ularda o‘quv-ilmiy, umummadaniy bilimlarni, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash qobiliyatini, atrof-muhitga bo‘lgan ongli munosabatni shakllantirishdan iborat.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining maqsadi ishlab chiqarishning birinchi bo‘g‘inidagi tashkilotchi va ish boshqaruvchilarni, oliy toifali mutaxassislarning yordamchilarini, yuqori ko‘nikma, malakalarni talab qiluvchi ma’lum bir turdagi ishni mustaqil bajara oladigan, o‘z ishining ustalari bo‘lgan - texnik, agronom, boshlang‘ich sinf va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, feldsher, stomatolog, konsertmeyster kabi mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiy xarakterga egaligi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchilari akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida ta’lim olishga majbur ekanliklarini anglatadi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining ixtiyoriy xarakterga egaligi esa umumiy o‘rta ta’lim maktablari bitiruvchilarining o‘z xohishlariga binoan o‘qish yo‘nalishini - akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida ta’lim olishni ixtiyoriy tanlash huquqiga egaliklarini bildiradi.
Akademik litseylar o‘quvchilarning imkoniyatlari, qiziqishlariga ko‘ra ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishlarini ta’minlash maqsadida davlat ta’lim stan- dartlariga muvofiq o‘rta maxsus ta’lim beradigan, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasidir.
Oliy ta’lim tizimida turli yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash vazifasi hal qilinadi.
Oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash oliy o‘quv yurtlari (universitet, aka- demiya, institut va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalari)da amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim ikki bosqich (bakalavriat va magistratura)da tashkil etiladi.


Yüklə 187,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin