O’zbekistonlik jangchilarning fashizimni tor-mor etishdagi jasoratlari


O'zbekistonlik jangchilar Yaponiyaga qarshi urushda



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə3/6
tarix24.01.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#122491
1   2   3   4   5   6
O’zbekistonlik jangchilarning fashizimni tor-mor etishdagi jasoratlari

2.2 O'zbekistonlik jangchilar Yaponiyaga qarshi urushda
O'zbekistonlik jangchilar Yaponiyaga qarshi urushda ham faol qatnashdilar. Ular 22-,79-, 275-,388-,221-diviziya va boshqa harbiy qismlarning tarkibida jang qildilar. Seysin port shahrini egallashda 335-o'qchi diviziyasida leytenant Fozil Karimov, razvedkachi Vali Sulaymonov alohida jasorat ko'rsatdilar. Dushman sohiliga tushirilgan desantchilar orasida pulemyotchi Nishon Bozorov mardona jang qilib yaponlarning 10 ta askari, 2 ta zobitini yer tishlatdi. U «Jasorat uchun» medali bilan mukofotlandi. Shuningdek, leytenant A.A.Karimov, o'qchi vzvod komandiri, kichik leytenant U.Doni-yorov, pulemyotchilar qismi komandiri S.Qo'chqorov va boshqalar dushmanga qaqshatqich zarba berdilar.
Shimoli-sharqiy Xitoy va Korayani egallab turgan bir millionlik Kvantun armiyasi tor-mor qilindi, Janubiy Saxalin, Kurill orollari yapon qo'shinlaridan ozod qilindi. Yaponiya tor-mor etildi.
O'zbekistonliklarning urushda ko'rsatgan mardligi va jasorati yuqori baholandi. 120 ming o'zbekistonlik jangchilar, jumladan, 70 ming o'zbek yigit va qizlari orden va medallar bilan mukofotlandi. 300 ga yaqin askar va komandirlar Qahramon unvoniga sazovor bo'lishdi, ularning 75 nafari o'zbeklardir. 32 nafar o'zbekistonlik jangchi uchala darajadagi «Shuhrat» ordeni bilan mukofotlandi.
6 yil davom etgan, butun insoniyatga og'ir kulfatlar olib kelgan urush tamom bo'ldi. Urush insoniyatga juda qimmatga tushdi. 50 milliondan ortiq kishi halok bo'ldi, 90 milliondan ortiq kishi yarador va mayib bo'lib qoldi. Moddiy talafotlar qimmati 4 trillion dollardan oshib ketadi. Urush Yevropa, Afrika, Osiyo va Okeaniyada turli frontlarda olib borildi, fashizmni tor-mor yetishda ko'p mamlakatlar qatnashdi. Biroq urushning asosiy og'irligi sovet kishilari zimmasiga tushdi. 27 millionga yaqin sovet kishilari urush alangasida halok bo'ldi. 18 milliondan ortiq jangchilar yarador va nogiron bo'lib qoldilar.
O'zbekistondan urushga safarbar etilganlardan 263005 kishi halok bo'ldi, 132 670 kishi bedarak yo'qoldi, 60 452 kishi urushdan nogiron bo'lib qaytdi. Bu urush tufayli eng kamida 400 000 oila bevosita ayriliq azobiga duchor bo'ldi, ularning qarindosh-urug'lari nazarga olinsa, butun respublika aholisi motam libosini kiydi.
Urushga bormaganlarga ham oson bo'lmadi. Yuz minglab vatandoshlarimiz mehnat frontida zahmat chekdilar, qish qahratonida diydirab, saraton olovida yonib, o'zi yemasdan, o'zi kiymasdan, topgan nasibasini frontga jo'natib azob—uqubatlar chekdi.

Insoniyat tarixida ikkinchi jahon urushi yeng katta fojialardan biri sifatida o’rin yegallagan. Bu urushga jahonning 72 mamlakati qo’shilib, ulardagi armiyalar safiga 110 mln kishi safarbar qilingan yedi. Urush davomida qariyb 55 mln kishi o’ldirilib, minglab shahar va qishloqlar, zavod va fabrikalar, madaniyat obidalari, kommunikasiya va irrigasiya inshootlari vayronaga aylantirilgan yedi. Ko’rilgan zarar va sarflangan mablag’larning umumiy miqdori 4 trln. dollarni tashkil qildi. Shu o’rinda savol tug’iladi: ikkinchi jahon urushi boshlanishining sabablari nimada? Uning oldini olish mumkin yedimi, yoki u muqarrar ravishda boshlanishi kerak yedimi? XX asrning 30 yillarida jahonda vujudga kelgan ijtimoiy siyosiy va iqtisodiy vaziyatni tahlil qilish asosida bu savolga javob berish mumkin.


Ikkinchi jahon urushining ildizlari 20-30 yillarda butun dunyoni qamrab olgan siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy tanglikka borib taqaladi. Tanglik natijasida jahonning yetakchi mamlakatlari o’rtasida ziddiyatlar g’oyat kuchayib ketadi va oxir oqibatda ikkinchi jahon urushining boshlanishiga olib keladi. Bu birinchidan.
Ikkinchidan, urush olovi ko’p jihatdan fashistlar Germaniyasi va militaristik Yaponiyaning jahonga hukmron bo’lish maqsadida amalga oshirgan harakatlari natijasida tobora kuchayib borgan yedi.
Uchinchidan, shuni ham unutmaslik kerakki g’arb mamlakatlarining siyosiy yetakchilari 20-30 yillarda insoniyatga havf solayotgan yeng yovuz kuch bu “bolshevizm balosi” deb hisoblab, unga qarshi kurashda ayrim hollarda tarixiy jihatdan oqlanmagan ishlarni amalga oshirdilar. Jumladan, Germaniyadagi urushga intiluvchi kuchlarni ko’llab quvvatladilar va bu mamlakatni harbiy-iqtisodiy qudratini oshirish uchun mablag’ ajratish siyosatini yurgizdilar. Germaniyada hukmronlikni o’rnatgan Gitler boshchiligidagi fashistlarning xududiy da’volariga nisbatan kelishtirish siyosatini yurgizdilar. Buning oqibatida Avstriya va Chexiyaning Sudet viloyati Germaniya tarkibiga qo’shib olindi. Bundan ruhlangan Gitler va uning hamtovoqlari butun jahonga hukmron bo’lish uchun o’z harakatlarini avj oldirdilar.4
To’rtinchidan, ikkinchi jahon urushining boshlanish sabablari haqida gapirganda shuni unutmaslik kerakki, bu urush ko’p jihatdan sovet davlatining “butun dunyoda sosialistik inqilob”ni amalga oshirishga qaratilgan tashqi siyosatining oqibati bo’ldi. Sovet hokimiyati o’rnatilgan dastlabki damlardanoq bolshevistik rahbariyat butun planeta miqyosida kommunistik tuzum hukmronligini o’rnatishga qaratilgan harakatlarini boshlab yubordi. Ana shu harakat yo’nalishlaridan biri turli mamlakatlar o’rtasidagi ziddiyatlardan ustalik bilan foydalanish va ularni bir-biriga gij-gijlashdan iborat yedi. SSSRning Angliya va Fransiyadan uzoqlashib Germaniya bilan yaqinlashishi ana shu siyosatning natijasi bo’ldi. Stalin o’shanda imperialistlarning yagona frontini buzib yuborishga muvaffaq bo’ldim deb ishongan yedi. Lekin voqealarning keyingi rivoji shuni ko’rsatdiki SSSR bilan Germaniya o’rtasida 1939 yil 23 avgustda 10 yil muddatga tuzilgan hujum qilmaslik haqidagi hujjat Gitlerga ikki frontda urushmaslik va butun kuchini G’arb mamlakatlariga qarshi qaratish imkoniyatini bergan yekan. “Avgust bitimi” jahon urushi boshlanishini tezlashtirdi. Bitim tuzilgandan keyin oradan ketgan 8 kun o’tgach, 1939 yil 1 sentyabrda Germaniya Polshaga qarshi xujum boshladi. Voqealarning bunchalik jadallashishi Angliya va Fransiya uchun kutilmagan holat yedi. Shuning uchun ular 3 sentyabrda Germaniyaga qarshi urush ye’lon qilgan bo’lsalarda qahramonona jang qilgan polyak armiyasiga real harbiy yordam ko’rsata olmadilar. “Avgust bitimi”ning mahfiy moddalariga ko’ra SSSR Germaniya bilan bir vaqtning o’zida Polshaga hujum qilishi kerak yedi. Lekin, Stalin bu masalada Gitlerni quv tushirdi. Urushga tayyor yemasligini bahona qilib Germaniyadan mag’lubiyatga uchragan Polshaning sharqiy hududlariga 17 sentyabrda qizil qo’shinlarning “agressor” sifatida yemas xaloskor sifatida kirishiga yerisha oldi. Bundan tashqari Stalinning bu o’yini natijasida SSSR betaraflikka yerishdi va jahon jamoatchiligi ko’zi o’ngida Germaniya jahon urushining asosiy aybdori sifatida gavdalandi.
1939-1940 yillar davomida asosiy urush harakatlari Yevropada davom yetdi. Shu davr mobaynida Germaniya Polsha, Norvegiya, Fransiya, Belgiya, Gollandiya, Daniya, Lyuksemburgni yegalladi. Sovetlar davlati yesa shu davrda o’z hududini Leningrad va Murmansk oralig’idagi yerlarni Finlyandiyadan, Bessarabiya va Shimoliy Bukovinani Ruminiyadan, G’arbiy Ukraina va G’arbiy Belorussiyani Polshadan tortib olish hisobiga kengaytirdi. Bundan tashqari Boltiqbo’yi respublikalari 1940 yil yoziga kelib qizil armiya tomonidan okkupasiya qilindi.
SSSR bilan Germaniya o’rtasidagi hujum qilmaslik haqidagi bitim o’n yil muddatga tuzilgan yedi. Lekin Stalin ham, Gitler ham bitimga ko’rsatilgan muddat davomida rioya qilish niyatida yemas yedilar. Ularning har biri o’zi uchun qulay vaqtda bitimdan chiqmoqchi yedi. Ikkinchi jahon urushining dastlabki davrida vaziyatning Germaniya uchun qulayligi, fashistlar armiyasining tayyorgarlik darajasi qizil armiyadan yuqoriligi, Germaniya harbiy-iqtisodiy salohiyat jihatdan Yevropa mamlakatlari hisobiga SSSRdan o’zib ketganligi sababli Gitler Stalindan oldinroq bitimni bekor qilish choralarini ko’rdi va 1941 yil 22 iyunda SSSR ga qarshi urush harakatlarini boshladi. SSSRning Boltiq dengizidan Qora dengizgacha bo’lgan chegaralariga fashistlarning 191 diviziyasi hujum qildi. Urushning dastlabki kunlaridayoq gitlerchilar Latviyani, Litvani, Belorusiyaning bir qismini bosib oldilar. Urushning yettinchi kuni Minsk ishg’ol qilindi. Voqealarning bunday rivoji Stalinni sarosimaga solib qo’ydi. Artilleriya Bosh marshali Voronovning xotiralariga ko’ra Stalin chuqur ruhiy tanglikni boshidan kechirib bir necha kun davomida o’z qarorgohida hyech kimni qabul qilmasdan yakka o’zi istiqomat qilgan yekan.
Kommunistik partiya boshlangan urushni ulug’ Vatan urushi deb ye’lon qilgan bo’lsada, o’zbeklar uchun u bunday urush yemas yedi. Chunki o’sha davrda biz Rossiyaning mustamlakasi yedik. Istiqlolchilik harakatining qonga belanganligi, ye’tiqod uchun ta’qiblar, jamoalashtirish davridagi zo’ravonliklar, 20-30 yillardagi ommaviy qatag’onlar xalqimiz xotirasidan o’chmagan yedi va shuning uchun sovet mustabid tuzumini himoya qilishni xalqimiz kam o’ylar yedi. Lekin shu bilan birgalikda o’zbek xalqi fashizmning insoniyatga bolshevizm balosidan ham katta havf solayotganini, unga qarshi kurashish adolatli yekanligini tushunib yetdi va dushmanga qarshi kurashishga otlandi. Shu jihatdan I.A.Karimovning «Urush davri voqealarini, jangchilarimizning jasoratlarini tahlil yetishda va ta’riflashda» ham mafkurabozlikni kamroq aytishga doir chaqirig’i nihoyatda dolzarb bo’lib jaranglaydi. Prezident haqli ravishda bunday deb ta’kidlagan yedi: “Ikkinchi jahon urushiga qanday qaralmasin, bu urush qaysi g’oya ostida va kimning qo’li bilan olib borilgan bo’lmasin, o’z Vatani, yel-yurtining yorug’ kelajagi, beg’ubor osmoni uchun jang maydonlarida halok bo’lganlarni, o’z umrlarini bevaqt xazon qilgan insonlarni doimo yodda saqlaymiz. Bu achchiq, lekin oliy haqiqatni unutishga hyech kimning haqqi yo’q va bunga yo’l ham bermaymiz”[1][1] Urushning dastlabki kunlaridanoq partiya va davlat tashkilotlarining tashabbusi bilan O’zbekistonning barcha hududlarida mitinglar va yig’ilishlar o’tkazildi. So’zga chiqqanlar urushning hammamiz uchun adolatli urush yekanligini ta’kidlab, Vatanni himoya qilishga va g’alaba yo’lida front orqasida fidokorona mehnat qilishga tayyor yekanliklarini izhor qildilar. Respublikada ko’ngillilar harakati ommaviy tus ola boshladi. Chunonchi, 1941 yilning 22 iyunidan 8 iyuliga qadar Samarqand viloyat harbiy komissarliklariga ko’ngillilardan 1316 ta ariza tushdi. Urushning dastlabki kunlarida respublika bo’yicha hammasi bo’lib 14 mingdan ortiq ariza tushgan yedi5.
Iqtisodiyotni harbiy izga solish harbiy-kommunistik usullar bilan amalga oshirildi. Bu ishga rahbarlikni 1941 yil 30 iyunda tuzilgan Stalin boshchiligidagi Davlat Mudofaa Komiteti amalga oshirdi. Davlat Mudofaa Komiteti qarorlari urush davrida qonun kuchiga yega yedi. Front orqasida ishni tashkil qilishdagi yeng katta muammolardan biri ishchi kuchining yetishmasligida yedi. Shuning uchun katta yoshdagilar uchun ish kuni 11 soatgacha uzaytirildi, ta’tilga chiqarish bekor qilindi. Idora xizmatchilari, uy bekalari, o’qituvchilar, ishlab chiqarishga jalb qilindi. Harbiy korxonalarning barcha xodimlari safarbar deb ye’lon qilindi va shu korxonalarga biriktirib qo’yildi. Mehnat intizomini buzganlar uchun keskin jazo choralari belgilandi. O’zbekiston mehnatkashlari, avvalo xotin qizlar mamlakat boshiga tushgan kulfat fojiani o’z kulfatlari va fojialari deb bildilar. 1941 yil iyul oyining o’zida Ursatevsk stansiyasida 300 dan ortiq, Samarqandda 200 dan ko’proq, “Tashselmash zavodi” da 220, Andijon parovoz deposida 120 dan ortiq xotin qizlar frontga ketgan o’z otalari, akalari va yerlarining o’rniga ishga kirib mardonavor mehnat qildilar. Kadrlar muammosi bundan tashqari fabrika-zavod ta’limi maktablarida, hunar-bilim yurtlarida, qisqa muddatli turli kurslarda oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida ham hal qilindi.


Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin