I BOB O’zbekistonlik jangchilarning fashizimni tor-mor etishdagi jasoratlari 1.1 Ikkinchi jahon urushining ildizlari 20-30 yillarda Urushning dastlabki kunlaridayoq G'arbiy chegaralardagi harbiy qo'shilmalar tarkibida xizmat qilayotgan o'zbekistonliklar fashist bosqinchilarga qarshi jangga kirdilar. Chegarada joylashgan Brest qal'asining 50 dan ortiqroq milllatga mansub jangchilari orasida o'zbeklardan Doniyor Abdullayev, Bobohalil Kashanov, Ahmad Aliyev, Nurum Siddiqov, Uzoq O'tayev va boshqalar bor edi. Ular qai'a himoyachilari bilan yelkama-yelka turib dushmanning katta kuchlariga qarshi qariyb bir oy davomida oxirgi tomchi qonlari qolguncha jang qildilar.
O'zbekistonlik jangchilar qatnashgan Brest, Smolensk, Kiyev, Odessa, Sevastopol va Leningradning qahramonona himoyasi fashistlar Germaniyasining «Yashindek tez uaish» qilish rejasiga dastlabki zarba bo'ldi.
1941— yil kuz-qish oylarida Moskva ostonalarida hayot-mamot janglari bo'ldi. Moskva ostonalaridagi ana shu dahshatli janglarda O'zbekistonlik jangchilar ham sabot-matonat, yuksak harbiy mahorat ko'rsatdilar. Janubiy-G'arbiy front tarkibidagi 353-tog'-o'qchi polki jangchisi Qo'chqor Turdiyev katta j as о rat ko'rsatdi. U 1941— yil 25-oktabrda safdoshlari bilan razvedkaga, so'ngra «til» olib kelishga yuborildi. Otishmada barcha quroldoshlari halok bo'lgan Qo'chqor Turdiyevning bir o'zi dushmanning bir DZOTini va 9 askar va zobitini yo'q qilib, 3 tasini asirga olib keldi. Bu jasorati uchun Qo'chqor Turdiyev o'zbekistonlik jangchilar orasida birinchi bo'lib Qahramon unvoniga sazovor bo'ldi.
Toshkentda uzoq yillar xizmat qilgan general I.V.Panfilov Almati shahrida turkistonliklardan diviziya tuzdi. Uning komandirlari tarkibida Toshkent piyoda bilim yurti va O'rta Osiyo harbiy okrugining harbiy-siyosiy bilim yurtida ta'lim oigan 180 zobit bor edi. General I.V.Panfilov diviziyasi Moskva ostonalaridagi Volokolamsk yo'na-
O'zbekistonliklar Moskva uchun janglarda lishida qattiq janglar qildi. Diviziya jang maydonida dushmanning 114 tankini, 26 ming askar va zobitlarini, 5 samolyot va boshqa ko'plab texnikasini yo'q qildi.
O'zbekistonda tuzilgan 258-o'qchi diviziyasi askarlari Moskva ostonalaridagi janglarda 9000 dan ko'proq dushmanning askar va zobitlarini yer tishlatib, 137 aholi yashaydigan punktlami ozod etib, birinchilardan bo'lib Oka daryosiga chiqib oladi, ko'plab jangovar texnikani qo'lga tushiradilar.
Moskva himoyachilari orasida o'zbek qizi Zebo G'aniyeva ham bor edi. 1942— yiJ 21-may kunigacha 23 fashistni yer tishlatdi. 16 marta razvedkaga borib, dushman to'g'risida qimmatli ma'lumotlar olib keldi. Zebo G'aniyeva jasorati uchun Qizil Bayroq ordeni bilan mukofotlandi.
Moskva ostonalarida o'zbekistonlik merganlar - Is'hoqov 354 fashistni, Abubckov 229, Yusupov 132, Madaminov 123 fashist askar va zobitlarini yer tishlatdilar. 1753 nafar o'zbekistonlik jangchilar «Moskva rnudofaasi uchun» medali bilan mukofotlandilar.
«Chekist» partizan otryadining razvedkachisi, qo'rqmas partizan Mamadali Topiboldiyevning nomi Belorussiyada mashhur bo'ldi. U dushmanning 67 askar va zobitlarini yo'q qilib, 180 tasini asirga oldi. M.Topiboldiyev ko'rsatgan jasorati uchun Qahramon unvoniga sazovor bo'ldi. Belorussiyaning Pisarevo qishlog'i o'zbek xalqining jasur o'g'loni nomiga Topiboldiyevka deb ataldi. Gomel atrofidagi «Temir yo'l urushi»da ishtirok etgan Jonibek Otaboyev, Bryansk atroflarida dushmanga to'satdan zarba bergan I.Musayev, A.Hakimov, I.Qosimov va boshqalarning nomlari urush solno-masidan o'chmas o'rin O'zbekistonliklar yevropa xaloskorlari. O'zbekistonlik jangchilar Yevropa xalqlarini fashistlardan ozod etishda ham faol qatnashdilar.2 Yevropa xaloskori, birinchi o'zbek generali, 57-gvardiyachi divizi-yasining qo'mondoni Sobir Rahimov Polshada shonli xotira qoldirdi. Uning diviziyasi Kavkazdan Sharqiy Prussiyagacha boigan masofani qattiq janglar bilan bosib o'tdi. Ko'rsatgan harbiy jasorati uchun u to'rt marta Qizil Bayroq ordeni, Suvorov ordeni, Qizil Yulduz ordeni va ko'plab medallar bilan taqdirlandi. 1943— yil martda unga general-mayor unvoni beriladi. 1943— yil may oyidan 1944— yil aprelgacha bo'lgan muddatda Moskvada oliy Harbiy Akademiyada ta'lim oldi. Sobir Rahimov Akademiyani tamomlab, avval Belorus-siyani ozod etishda, so'ngra Polshaning Grudzyandz, Gnev, Starograd, Dzyaddovo shaharlarini ozod etish uchun bo'lgan janglarda sarkardalarga xos harbiy san'atini namoyish etdi. 1945— yil 26-martda Gdansk shahrini ozod etish uchun bo'lgan jangda qahramonlarcha halok bo'ldi.
Sobir Rahimovga o'limidan so'ng Qahramon unvoni berildi. Polsha xalqi general Sobir Rahimov nomini e'zozlab kelmoqda. Gdansk shahridagi ko'chalar, maktablarga general Sobir Rahimov nomi berilgan.
O'zbekistonliklar Yevropa mamlakatlarida avj olgan Qarshilik ko'rsatish harakatida ham faol qatnashdilar. Ular dushmanning maxsus lagerlaridan qochib, Chexoslovakiya, Polsha, Yugoslaviya, Gretsiya, Fransiyadagi Qarshilik ko'rsatish harakatiga qo'shilib jang qildilar. samarqandlik G.G.Bulatov otryadi Polshada o'nlab ko'prik-larni, temir yo'llarni portlatdi, dushmanning harbiy qismlari va jangovor texnikasi ortilgan eshe'lonlarni ag'dardi. 1944— yil o'rtalarida Slovakiyada fashistlarga qarshi ko'tarilgan milliy qo'zg'olonda o'zbekistonliklardan partizan otryadi komandiri V.F.Melnikov, R.AlIamov, A.Narzullayev, R.Hamroyevlar ishtirok etdi. Yugoslaviyada ko'rsatgan jasorati uchun farg'onalik Uksanboy Xolmatov 3 marta Yugoslaviyaning mukofctlariga sazovor bo'ladi.
Fransiyada 37 millat va elatlarga mansub 2200 sovet harbiy asirlaridan tuzilgan partizanlar polki A.A. Kozaryan qo'mondonligida fransuz par-tizanlari bilan birgalikda jang qilib, Ales, Vilfor, Sen-Sheli shaharlarini, Gar va Lozer departamentining qishloqlarini fashistlardan ozod qildilar. Bu janglarda samarqandlik Abdulla Rahraatov, Bulung'urtumanidan Sariboy Shomurodov, toshkentliklar - Rahmon Rahimov, Nasib Amirov va boshqalar faol qatnashdi.
Fransiyaning janubini ozod etishda ko'rsatgan jasorati uchun qo'qonlik Hoshim Ismoilov, toshkentlikTojiboy Ziyayev Janna d'Ark kresti ordeni bilan mukofotlandi.
O'zbekistonliklarning Qarshilik ko'rsatish harakatidagi ishtiroki Yevropa xalqlarining fashistlar asoratidan xalos qilish harakatiga qo'shgan muhim hissa bo'ldi.
Dushman o'ta makkor edi. Harbiy asirlar o'rtasida millatlarni bir-biriga qarshi gij-gijlash, kelib chiqishi nemislardan bo'lgan sovet fuqarolarini qulayliklar yaratish evaziga o'ziga xizmatkorlikka olish, sovet hokimiyatiga nisbatan norozilik kayfiyatida bo'lgan ayrim musulmon etnik guruhlaridan siyosiy maqsadlarda foydalanishga ham urinib ko'rdi. Rozi bo'lmaganlarni ochlik va o'lim bilan qo'rqitar edi, bu usul asirlarga ko'proq ishlatilardi. Fashistlar Germaniya Vermaxtining 1942— yil dekabr oyidagi buyrug'ig'a binoan harbiy asirlardan «Rus ozodlik armiyasi», «Turkistonlegioni», «Volga-Ural legioni» kabi harbiy qo'shilmalar tuzishdi, ulardan partizanlarga qarshi kurashda foydalanishdi ham. Chet el manbalarida bunday tuzilmalarga jalb etilganlar soni oz emas, ko'p emas, qariyb 1 mln. kishiga etganligi ko'rsatiladi. Bunga, ehtimol, Stalinning asirlikka tushib qolganlarni vatan xoinlari deb hisoblagani ham o'z ta'sirini ko'rsatgan bo'Hshi mumkin. Haqiqatda esa, ko'pgina harbiy askarlar bunday legionlarga majburan kiritilgan edi, ular yashirin guruhlar tuzib partizanlar bilan aloqa bog'lash yo'lini qidirganlar. Masalan, 1944— yil yanvarida Gitlerchilar «Turkiston legioni» otryadini Cherno-goriyaga yugoslaviyalik partizanlarga qarshi jangga soladi. Otryadlarning birida 28 o'zbek yigitlari - S.Fayziyev, A.Ahmedov, Z.U.Husanov va boshqalar bor edi. Zobit S.Fayziyev mahalliy aholi bilan aloqa bog'laydi va uning ko'rsatmasi bilan legionchilar fashist koman-dirlarini otib tashlab, qurol-aslahalari bilan toqqa, partizanlar tomo-niga o'tadi. 1944— yil 25-may kuni 28 o'zbekistonlik legionchilar Yugoslaviyada harakat qilayotgan bolgar askarlari batalyoniga qo'shilib ketadi. Ular orasida jang qilgan toshkentlik Z.U.Husanovning taqdiri ibratlidir. U 1941— yilda Smolenskda yarador bo'ladi, tuzalib safga qaytadi va 1943- yil 5-iyulda 228-o'qchi polki safida qahramonlarcha jang qilib og'ir yaralanadi. Quroldoshlari u halok bo'ldi deb hisob-lashadi, uyiga bu haqda xabar ham yo'llashadi, unga Qahramon unvoni beriladi. Ammo jangchi o'lmay qoladi, dushman uni og'ir yarador holda asirga oladi, keyin «Turkiston legioni»ga kiritadi. Ziyamat Husanov o'rtoqlari bilan partizanlar tomoniga o'tadi. Priyepol shahrida fashistlarga qarshi mardona jang qilib, ko'plarini yer tishlatadi. O'zi ham og'ir yarador bo'ladi, do'stlari uni o'ldi deb hisoblashgan edi. Yo'q, tirik qolgan ekan, bir mahalliy ayol jangchini o'ziga keltiradi, Italiyadagi harbiy kasalxonaga joy-lashtirishadi. U to'rt rnarta operatsiyani boshidan kechiradi, sog'ay-gach, o'z yurtiga keladi va Qahramon unvoniga sazovor bo'lganligidan xabar topadi.
Gitlerchi fashistlarning sovet harbiy asirlarini o'z vatandoshlariga qarshi urishtirishga qaratilgan siyosiy nayrangi, «Turkiston legioni» tuzishga intilishlari ham barbod bo'ladi. Biroq omon qolgan asirlaming taqdiri ham og'ir kechadi. Ular o'z Vataniga qaytib kelgach, gumon ostida bo'ldilar, ishga joylashishda, uy-joyli bo'lishda qiynaldilar. O'zbekistonlik harbiy asirlardan 15 mingdan ortiqrog'i yana lagerlarga, endi sovet hukumatining lagerlariga tashlandi va ularga shafqatsizlarcha munosabatda bo'lindi. Bunday hollar Stalin va uning atrofidagilar yaratgan ishonmaslik va gumonsirash ning oqibati edi.
Urush o'zining so'nggi pallasiga kirdi. Berlin uchun qattiq janglar bo'ldi. Qahramonlar - Botir Boboyev, Tojiali Boboyev, Solih Umarov, Shuhrat ordenining to'liq kavalerlari Abdulla To'qmoqov va Said Nomozovlar Berlinni zabt etishda qahramonlarcha jang qildilar. «Berlin olinganligi uchun» medali bilan o'zbekistonlik jangchilardan 1706 kishi taqdirlandi. Fashistlar Germaniyasi tor-mor etHdi. Germaniya ustidan qozonilgan g'alaba uchun medali bilan 109208 o'zbekistonlik jangchi taqdirlandi.3