O'ZBEKISTONNING ARXIV ISHI SOHASIDA XORIJIY MAMLAKATLAR BILAN HAMKORLIGI
Reja
I.Kirish
II.Asosiy qism
1.Xorijiy mamlakatlar bilan hamkorligi
2.O`zbekiston va Yaponiyaning iqtisodiy hamkorligi
3.O`zbekiston asosiy va muhim xalqaro konventsiyalar
Xulosa
Foydalangan adabiyotlar
Kirish
O`zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqasining markazida joylashgan bo`lib, bu yerda mintaqa aholisining 45%ti yashaydi. O`zbekiston mintaqaning boshqa mamlakatlari (Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston) bilan umumiy chegaralarga ega bo`lgan yagona mamlakat, shuningdek u Yevropa bilan Osiyo – Tinch okeani mintaqasi va shuningdek, Janubiy Osiyo, Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlarini transport va telekommunikatsiya bo`yicha birlashtiruvchi muhim koridor hisoblanadi.O`zbekiston hozirgi kunda bir qator obro`li va jahon iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo`lgan xalqaro tashkilotlarning teng xuquqli a’zosi, jahonning o`nlab davlatlari bilan do`stona aloqalarini bog`lagan, yirik bank va moliyaviy tashkilotlar bilan hamda nodavlat va nohukumat tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda. Respublikada 43 ta chet davlatlarning elchixonalari, 15 ta hukumatlararo va 49 ta nohukumat tashkilotlar akkreditatsiya qilingan.
O`zbekiston asosiy va muhim xalqaro konventsiyalarning ishtirokchisi hisoblanadi. O`zbekiston jahon iqtisodiyotida turli darajadagi - global va mintaqaviy integratsion jarayonlarda qatnashish bilan bir paytda muhim tamoyilga, ya’ni bir davlat bilan yaqinlashish boshqa bir davlat bilan uzoqlashish evaziga bo`lmasligi kerak degan tamoyilga amal qiladi. O`zbekistonning jahon hamjamiyati davlatlari bilan integratsiyasining tarkibiy qismi turli davlat va xalqaro tashkilotlar bilan ko`p tarmoqli aloqalarni o`rnatayotganligidir. Bu o`rinda Yevropa Ittifoqi (YeI) muhim o`rinni egallaydi.
O`zbekiston Respublikasi va YeI o`rtasidagi hamkorlik 1992 yilning 15 aprelida O`zbekiston Respublikasi hukumati va YeI Qo`mitasi o`rtasidagi o`zaro hamkorlik to`g`risida Memorandumning imzolanishi bilan boshlandi. 1994 yilning 24 yanvarida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida YeI qo`mitasining O`zbekistondagi texnik aloqalar hamkorligi bo`yicha byurosini tashkil etish to`g`risida qaror qabul qilindi. Bu tashkilotlarning maqsadi iqtisodiy islohotlar jarayoni va bozor munosabatlariga o`tishda texnik yordam ko`rsatish, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi hukumati va YeI qo`mitasining harakatlarining hamkorligini kuchaytirishdan iborat edi1.
O`zbekiston Respublikasi bilan Yevropa mamlakatlari o`rtasidagi ko`p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida 1996 yilning 21 iyunidagi sammitda YeIga a’zo davlatlarning rahbarlari bilan “O`zbekiston va Yevropa hamjamiyati hamda unga a’zo davlatlar o`rtasida hamkorlik va sheriklik” to`g`risida bitim imzolandi. O`zbekiston Sobiq Ittifoq davlatlari ichida Rossiyadan keyin bunday bitim imzolagan ikkinchi davlat bo`ldi. Хullas, “Sheriklik va hamkorlik” haqidagi bitim O`zbekistonning YeI a’zo davlatlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarining huquqiy asosini tashkil qilgan bo`lib, ushbu bitim siyosiy, iqtisodiy, fan-texnikaviy va madaniy aloqalar uchun keng imkoniyat ochgan edi.
1990 yilning mayida Yevroparlament va YeI a’zo davlatlari bilan sherikchilik va hamkorlik haqida bitimning ratifikatsiyasi bo`yicha barcha tadbirlar nihoyasiga yetdi. 1999 yilning 1 iyulida “Sherikchilik va hamkorlik haqidagi bitim” kuchga kirdi va “YeI-O`zbekiston” qo`shma qo`mitasi o`rniga O`zbekiston-YeI hamkorlik qo`mitasi tuzildi. 1999 yilning 14 dekabrida 1993 yilning iyunidagi shartnoma muddatini uzaytirgan va o`zbek ishlab chiqaruvchilarining to`qimachilik mahsulotlarini YeI bozorida sotish sharoitlarini yaxshilovchi “Yevropa Ittifoqi va O`zbekiston Respublikasi o`rtasida to`qimachilik mahsulotlari savdosi haqida bitim” tasdiqlandi. Ushbu bitim 2000 yilning 1 yanvaridan “de-fakto” nomi bilan kuchga kirdi va 2004 yilning 31 dekabrigacha amalda bo`ldi. YeI O`zbekistonning muhim savdo-iqtisodiy sheriklaridan biri hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi va YeI mamlakatlari o`rtasidagi tovar ayirboshlashning o`sishi ko`rsatkichlari savdo-iqtisodiy munosabatlarning muvaffaqiyatli rivojlanayotganligidan guvohlik beradi. 2002 yil yakuni bo`yicha O`zbekiston Respublikasining YeI mamlakatlari bilan ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi 1 mlrd. 065,8 mln. AQSh dollarinini tashkil etgan, undan 520,6 mln. AQSh dollari eksport, import esa 545,2 mln. AQSh dollarini tashkil etgan.2002 yil davomida tovar ayirboshlash hajmi bo`yicha YeI mamlakatlari ichida respublikamizning eng yirik savdo sheriklari: Buyuk Britaniya (302,0 mln. AQSh dollari), GFR (250,8 mln. AQSh dollari), Italiya (123,8 mln. AQSh dollari), Belgiya (95,5 mln. AQSh dollari), Frantsiya (91,5 mln. AQSh dollari), Niderlandiya (68,5 mln. AQSh dollari) davlati bo`ldi.
YeI mamlakatlari bizning yetakchi investorlarimiz bo`lib, hozirgi kunda O`zbekistonda YeIga a’zo davlatlarning 147 firma va kompaniyalarini akkreditatsiya qilingan. Respublika hududida YeI mamlakatlarining firma va kompaniyalari kapitali ishtiroki bilan 480 ta korxona o`z faoliyatini olib bormoqda, ularning 114 tasi-100% lik Yevropa kapitali bilan, 1995-2002 yillar davomida YeIning firma va kompaniyalari, shuningdek bank tuzilmalari O`zbekistonda umumiy qiymati 8 mlrd. AQSh dollari atrofida bo`lgan yirik investitsion loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etdi. Oxirgi yillarda Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Belgiya, Portugaliya, Avstriya, Gretsiya, Chexiya, Slovakiya, Ruminiya va boshqa bir qator YeI davlatlari bilan to`g`ridan-to`g`ri ikki tomonlama aloqalar izchil va barqaror rivojlanib bormoqda. Bu munosabatlarni boshqaruvchi asosiy huquqiy hujjat 2002 yil martda imzolangan edi.
Jahon iqtisodiyotida yirik siyosiy, iqtisodiy va intellektual salohiyatga ega bo`lgan dunyoning yetakchi davlatlaridan biri - AQSh bilan ko`p tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirish va rivojlantirish O`zbekiston uchun ustivor ahamiyatga ega. “O`zbekiston Respublikasi va AQSh o`rtasidagi strategik sheriklik va hamkorlik asoslari to`g`risida Deklaratsiya” ikki mamlakat o`rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O`zbekiston AQShning kompaniya va firmalari bilan qo`shma investitsion loyihalarni amalga oshirishga, ular bilan uzoq muddatli o`zaro foydali sheriklik munosabatlarini o`rnatishga, bozorimizda Amerika kapitali mavjudligining kamayishiga katta ahamiyat berib kelmoqda. Respublikada Amerika investorlari ishtirokidagi 323 korxona ro`yxatga olingan bo`lib, ularning 233 tasi qo`shma korxonalarni 90 tasi esa 100% chet el kapitali hisobiga qurilgan. Amerika kapitali ishtirokidagi investitsion loyihalar asosan tog`-kon va neft-gaz komplekslari, agrosanoat kompleksi texnologik bazalari, oziq-ovqat sanoati va transport infratuzilmasini rivojlantirish kabi iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida amalga oshirilmoqda. Umuman olganda, O`zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo`lga kiritgandan buyon Amerika kompaniyalari va moliyaviy institutlari ishtirokida amalga oshirilgan investitsion loyihalarning umumiy summasi 2,4 mlrd. AQSh dollaridan ortiq bo`lib, uning 1,4 mlrd. AQSh dollarilik loyihalar Amerika moliyaviy institutlari tomonidan sug`urtalangan.Jahon iqtisodiyotida AQSh O`zbekistonning muhim savdo hamkori bo`lib qolmoqda. 2002 yil natijasiga ko`ra ikki davlat o`rtasidagi tovar ayirboshlash 400 ming AQSh dollarini tashkil etgan edi.Yaponiya O`zbekiston Respublikasini mustaqilligini 1991 yilning 28 dekabrida tan olgan yetakchi sanoati rivojlangan davlatlardan biridir. Ikki davlat o`rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yilning 26 yanvarida o`rnatildi. Ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Yaponiyaga 1994 yilning may va 2002 yilning iyulida amalga oshirgan rasmiy tashriflari muhim rol o`ynadi. Tashriflar chog`ida O`zbek-Yapon davlatlararo munosabatlariga oid bir qator xujjatlar, jumladan “O`zbekiston Respublikasi va Yaponiya qo`shma bayonoti”, “O`zbekiston Respublikasi hukumati bilan Yaponiya hukumati o`rtasida imzolangan bitimlarga O`zbekistonning xuquqiy vorisligi haqida maktublar almashinuvi”, shuningdek, “O`zbekiston va Yaponiya o`rtasida do`stona, strategik sheriklik va hamkorlik to`g`risida qo`shma bayonot”lar imzolandi. Ikki tomonlama munosabatlarni rivojlanib borishida 1994 yilda tuzilgan iqtisodiy hamkorlik bo`yicha O`zbek-Yapon va Yapon-O`zbek qo`mitalari muhim rol o`ynamoqda.
Respublikaga muntazam ravishda Yaponiyaning nufuzli parlament vakillari, ishbilarmon doiralari va siyosiy partiyalarning rahbarlari tashrif buyurmoqda. Mamlakatimiz eksport salohiyatini rivojlantirish uchun moliyaviy hamkorlik to`g`risida, neft-gaz va to`qimachilik sanoat tarmoqlarini, mineral xom-ashyo bazalarini rivojlantirish bo`yicha investitsion seminarlar, konferentsiyalar, prezentatsiyalarni tashkillashtirmoqda. Yaponiyaning iqtisodiyot, savdo va sanoat, hamda moliya vazirliklari bilan birgalikda doimiy ravishda moliyaviy va texnik hamkorlikni kengaytirish masalalari bo`yicha konsultativ yig`ilish va davra suxbatlari o`tkazilmoqda. Хullas, O`zbekistonda Markaziy Osiyoda yagona bo`lgan xalqaro hamkorlik bo`yicha Yaponiya agentligi va tashqi savdo tashkilotlarining vakolatxonalari ochildi. Toshkent shaxrida esa O`zbek-Yapon markazi o`z faoliyatini olib bormoqda. Yapon bog`i ochilgan. Toshkentda hozirgi kunda Yaponiyalik investorlar ishtirokida tuzilgan 19 ta yirik Yapon kompaniyalar akkreditatsiya qilingan, 8ta qo`shma korxona ishlab turibdi. O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning strategik rejalarini amalga oshirishda muhim rol o`ynovchi Yaponiyaning moliyaviy-iqtisodiy yordamiga ustuvor ahamiyat berilmoqda. O`z navbatida Yaponiya ham O`zbekistonga Markaziy Osiyodagi vaziyatga katta ta’sir ko`rsata oladigan mintaqaviy yirik davlat sifatida qaraydi. Hozirgi kunda ikki davlat o`rtasida savdo soxasida mumkin qadar qulaylik berish rejimi o`rnatilgan.
2002 yilda ikki mamlakat o`rtasida tovar ayirboshlash 31,9 mln. AQSh dollarini tashkil etgan. Undan 11,6 mln. AQSh dollari eksport, 20,3 mln. AQSh dollari importga to`g`ri keladi. Respublika eksportida asosan yigirilgan ip va materiallar, alyuminiy va uning mahsulotlari, shuningdek xizmatlar turgan bo`lsa, importida kauchuk va rezina mahsulotlari, zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiya, kimyoviy tolalar, oltin asbob va apparatlar, mebel, transport vositalari va xizmatlar turgan.2003 yilning yanvaridan sentyabrigacha bo`lgan davrda ikki mamlakat o`rtasidagi tovar ayirboshlash 46,9 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo`lib, uning 10,1 mln. AQSh dollari eksportga, 36,8 mln. AQSh dollari esa importga to`g`ri kelgan edi2.
O`zbekiston va Yaponiyaning iqtisodiy hamkorligi keyingi yillarda barqaror rivojlanib bormoqda. O`tgan yillar davomida respublikaga keltirilgan moliyaviy vositalarning umumiy hajmi 1,563 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. Хalqaro hamkorlik sohasida Yapon banki (JBIC) tijoriy kreditlari orqali respublikaning yoqilg`i-energetika va to`qimachilik komplekslarida umumiy summasi 721,1 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 8 ta investitsion loyihalarni moliyalashtirdi. Bundan tashqari JBIC orqali “Taraqqiyotga rasmiy yordam” dasturi orqali O`zbekistonga telekommunikatsiya, transport infrastrukturasi, energetika va maorif sohalari bo`yicha umumiy summasi 721,7 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 7ta loyihani amalga oshirish uchun imtiyozli shartlar bilan davlatning yena kreditlari berildi. Beg`araz va insonparvarlik yordamlari bo`yicha esa sog`liqni saqlash, maorif, transport va madaniyat sohalariga umumiy summasi 130,83 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan resurslar Yaponiya tomonidan ajratildi.
1993-2003 yillarda Yaponiya xukumati O`zbekistondagi tashkilot va muassasalarda (iqtisodiyot, telekommunikatsiya, turizm, transport infratuzilmasini va boshqa sohalarda) ishlashi uchun 150dan ortiq ekspertlar jo`natdi. Bundan tashqari respublikaning turli vazirlik va muassasalaridan 500 ga yaqin mutaxassislar Yaponiyaning ishlab chiqarish korxonalarida amaliyotni o`tab qaytishdi.
Хitoy Хalq Respublikasi bilan O`zbekiston o`rtasidagi o`zaro foydali hamkorlikning asosiy yo`nalishlari 1992 yil mart, 1994 yil oktyabr, 1999 yilning noyabrida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Хitoyga, shuningdek, 1994 yilda ХХR Bosh Vaziri Li Penning, 1996 yilning iyulida ХХR rahbari Цzyan Цzeminning O`zbekistonga rasmiy tashriflari chog`ida aniqlab olindi.
1992 yil yanvarda O`zbekiston vaХХR o`rtasida imzolangan savdo iqtisodiy bitimlarga muvofiq mamlakatlar o`rtasida bir qator qulaylik yaratildi. 2002 yilda ikki davlat o`rtasida tovar ayirboshlash 130 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo`lib, uning 17,3 mln. AQSh dollari eksportga, 112,7 mln. AQSh dollari importga to`g`ri kelgan edi. Respublika eksportida asosan xizmatlar, elektr va mexanik asbob-uskunalar, ipak, to`qimachilik materiallar, maxsulotlari mineral yoqilg`i, neft va qayta ishlangan mahsulotlar, paxta tolasi, ho`l meva va yong`oqlar, mato, kalava ip va boshqalar turgan bo`lsa, importida asosan - mexanik anjomlar, optik apparatlar va priborlar, plastmassa va undan tayyorlangan maxsulotlar, kofe, choy va qandolat mahsulotlar, transport vositalari, anorganik ximiyaviy mahsulotlar, to`qimachilik kiyimlar, poyafzal, organik ximiyaviy qo`shilmalar, kauchuk va rezina mahsulotlari, qora metall va undan tayyorlangan mahsulotlar, trikotaj kiyimlar va boshqalar turgan.
2003 yilning birinchi yarmida ikki davlat o`rtasida tovar ayirboshlash 107,4 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo`lib, uning 24,6 mln. AQSh dollari eksportga, 82,8 mln. AQSh dollari esa importga to`g`ri kelgan. Hozirgi kunda O`zbekistonda ХХRning investorlari ishtirokida qurilgan 100dan ortiq korxonalar o`z faoliyatini chakana va ulgurji savdoda, yengil sanoat mahsulotlari va qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlash sohalarida) yuritmoqda. O`zbekiston Respublikasi TIAAda Хitoyning 19ta kompaniyalarini vakolatxonalarini akkreditatsiya qilingan. Akkreditatsiya qilingan vakolatxonalar faoliyatining asosiy tarmoqlari - eksport-import operatsiyalarini bajarish, qurilish sohalari va to`qimachilik sanoati, qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlash, informatsion texnologiyalar va boshqalarni o`z ichiga oladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 1992 yil iyun, 1995 yil fevral, shuningdek, 1999 yilda Koreya Respublikasiga tashrif chog`ida 1994 yilning iyunida esa Koreya Respublikasi Prezidenti Kim Еn Sanning O`zbekistonga rasmiy tashriflari chog`ida mamlakatlar o`rtasida o`zaro savdo - iqtisodiy munosabatlarini rivojlanishi uchun huquqiy asos qo`yildi va hamkorlikning asosiy yo`nalishlari belgilab olindi. O`zbekiston va Koreya Respublikasi o`rtasida “Savdo to`g`risida”, “Investitsiyalarni o`zaro himoyalash va kengaytirish to`g`risida” kabi bir qator savdo-iqtisodiy, investitsion va ilmiy-texnikaviy bitimlar imzolandi. Hozirgi kunda O`zbekiston va Koreya Respublikasi o`rtasida xuquqiy-shartnomaviy asosga ega bo`lgan 22 ta hukumatlararo shartnoma va hujjatlar imzolangan.
1996 yilning 19 iyulida Asaka shahrida “UzDEUAvto” qo`shma korxonasining avtomobil ishlab chiqarish zavodini prezentatsiyasi bo`lib o`tdi. 1992 yilning iyunida O`zbekiston va Koreya Respublikasi o`rtasida imzolangan savdo shartnomasiga muvofiq savdo sohasida birmuncha qulayliklar yaratildi. 2002 yilda ikki davlat o`rtasida tovar ayirboshlash 326,0 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo`lib, uning 67,0 mln. AQSh dollari eksportga va 259,0 mln. AQSh dollari esa importga to`g`ri kelgan edi. Respublika eksportining asosiy qismini bu davrda paxta tolasi, xizmatlar, mato va kalava iplari tashkil etgan. 2003 yilning 9 oyi mobaynida ikki mamlakat o`rtasida tovar ayirboshlash 179,1 mln. AQSh dollarini tashkil qilgan bo`lib, uning 39,1 mln. AQSh dollari eksportga, 140 mln. AQSh dollari esa importga to`g`ri kegan.Hozirgi kunda Koreya Respublikasining eksport-import banki tomonidan O`zbekistonga taqdim etgan umumiy kreditlar hajmi 96,4 mln. AQSh dollariga yetdi. Ushbu mablag`lar hisobidan respublikada telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish loyihalari, “UzDЕUAvto” qo`shma korxonasiga qator yangi modellar qo`shish, respublika kollejlarini yangi o`quv jihozlari bilan ta’minlash, “O`zbek Ipagi” assotsiyatsiyasining ipak ishlab chiqarish korxonalarini texnik jihatdan qayta modernizatsiyalash ishlari bajarilmoqda3.
Respublika retsipient davlatlar orasida Agentlikning yordam ko`rsatilishi hajmi bo`yicha beshinchi o`rinni egallaydi. 1992 yildan boshlab KOICA tashkilotidan O`zbekistonga ko`rsatilgan moliyaviy yordamning umumiy hajmi 8,6 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. O`zbekistonning KOICA bilan asosiy hamkorligi 5 ta sohada (uskuna va materiallarni keltirish, amaliyotchilarni taklif qilish, ko`ngillilarni yuborish, ekspertlarni jo`natish, tibbiy mahsulotlarni jo`natish) amalga oshirilmoqda.
Respublika hududida Janubiy Koreya kapitali ishtirokida qurilgan 118 ta korxona faoliyat ko`rsatayotgan bo`lib, uning 97 tasi qo`shma korxona va 21 tasi 100% chet el kapitali hisobiga qurilgan korxonalardir. Bu korxonalar asosan avtomobil qurilishi, to`qimachilik va elektrotexnika sanoati, xizmat ko`rsatish va aloqa sohalarini o`z ichiga oladi. Hozirgi kunda O`zbekiston Respublikasida 20ta Janubiy Koreya kompaniyalarining vakolatxonalari akkreditatsiya qilingan. Bu vakolatxonalar quyidagi sohalarda (eksport-import operatsiyalari o`tkazish, transport xizmatlari ko`rsatish, to`qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va boshqalar) faoliyat olib bormoqdi.O`zbekiston Malayziya, Vetnam, Hindiston, Indoneziya, Turkiya, Fors ko`rfazi davlatlari kabi bir qator Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari bilan, Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlari bilan ham savdo iqtisodiy munosabatlarni olib bormoqda. O`zbekiston uchun o`tgan 10 – 15 yillar MDH davlatlari bilan ikki va ko`p tomonlama shartnomaviy munosabatlar doirasida teng va o`zaro foydali hamkorlik qilish uchun katta imeoniyatlar mavjudligidan darak bermoqda. Bunday hamkorliklar asosida nafaqat xududiy yaqinlik va iqtisodiy bog`liqliklar, balki chuqur tarixiy ildizlar, madaniy – ma’naviy aloqalar, yirik tarixiy davrlar mobaynida xalqlarning umumiyligi yotadi.
Jahon iqtisodiyotida MDH davlatlari O`zbekistonning asosiy savdo – iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Ularning hissasiga Respublika tashqi savdo hajmining 30%dan ortig`i to`g`ri keladi. O`zbekistonning MDH mamlakatlari bilan tovar ayriboshlashi asosan, tenglik va o`zaro foydali tamoyillarga asoslangan. MDH mamlakatlari ichida O`zbekistonning yirik savdo hamkorlari bo`lib, Rossiya Federatsiyasi, Qozog`iston va Ukraina hisoblanad4i.
O`zbekiston Respublikasi uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik qilish mintaqaning rivojlanishi va davlatlar iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Markaziy Osiyo yevrosiyo materigining o`rtasida joylashgan bo`lib, qadim zamonlardan buyon muhim xalqaro savdo yo`llari va sayohlik koridori bo`lib hisoblanadi. Hozirgi kunda bu mintaqa besh mustaqil davlatni –O`zbekiston, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston va Turkmaniston respublikalarini o`z ichiga oladi. Markaziy Osiyo davlatlari Sharqdan g`arbga 4500 kilometrga cho`zilgan bo`lib, taxminan yevropa maydoniga teng hududni egallaydi. Mintaqa Shimolda Rossiya Federatsiyasi, Sharqda Xitoy, Janubda Afg`oniston va Eron bilan chegaradosh, g`arbda uning chegaralarini Kaspiy dengizi yuvib turadi.
Mintaqaning umumiy maydoni 4 mln.kv.km. ni tashkil etib, (MDH hududining 18%i), axolisi 52,2 mln. kishi (MDH aholisining 19%i), aholi zichligi o`rtacha 1kv. km. ga 12,4 kishiga teng.Mintaqa davlatlari O`zbekistonning muhim savdo hamkorlari hisoblanadi. 2002 yil natijalariga ko`ra Markaziy Osiyo davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 568,1 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Mintaqa davlatlarining iqtisodiy rivojlanishida uning tarixi, geografik joylashuvi, shuningdek, siyosiy va integratsion jarayonlar bilan bog`liqligi muhim rol o`ynaydi. O`zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari bilan ikki va ko`p tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga harakat qilib, milliy iqtisodiyotni mustahkamlash asosida bosqichma-bosqich integratsiya jarayonlarini rivojlantirish tarafdoridir. Markaziy Osiyo davlatlarini iqtisodiy hamkorligini rivojlantirishning ustuvor yo`nalishi savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirishdir. Erkin savdo rejimining o`rnatilishi Markaziy Osiyo mintaqasida o`zaro savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlanish darajasini ko`tarilishining muhim mexanizmi hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasining 30%i mintaqa davlatlariga to`g`ri keladi. 1999 yildan buyon mintaqa davlatlari o`rtasida tovar ayirboshlash tobora o`sib borayotganligini ko`rishimiz mumkin. Agar 1999 yilda mamlakatimizning mintaqa davlatlari bilan tovar ayirboshlashi 525 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo`lsa, 2002 yilga kelib u 568 mln. AQSh dollarini tashkil etgan edi.
Markaziy Osiyo davlatlari bilan bo`lgan o`zaro savdoda O`zbekiston asosan ijobiy saldoga ega. 2002 yil natijalariga ko`ra tovar ayirboshlashning ko`proq qismi Qozog`istonga tegishli (263,3 mln AQSh dollari) bo`lib, uning boshqa davlatlar bilan, jumladan Tojikiston bilan 116,9 mln. AQSh dollarini, Qirg`iziston – 111,6 mln AQSh dollarini, Turkmaniston – 76,3 mln AQSh dollarini tashkil etdi. Umuman olganda mintaha mamlakatlari o`rtasidagi tovar ayirboshlash asosan xom-ashyo yoki oddiy sanoat yoki qishloq xo`jalik mahsulotlari bilan xarakterlanadi. Bu esa ma’lum darajada savdo munosabatlari salohiyatini kamaytiradi. Hozirgi kunda O`zbekiston Markaziy Osiyo bozorida o`zining kimyoviy, to`qimachilik, elektrotexnika, aviatsiya, avtomobil, neft-kimyo sanoati va qishloq xo`jaligi mashinalari, qurilish materiallari mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish bo`yicha yuqori o`rinlardan birida turibdi. Bugungi kunda O`zbekiston Markaziy Osiyo koridorida, o`z eksport va import hamda tranzit yuklarni tashish uchun 10 ta transport koridoridan keng foydalanmoqda. Qo`shimcha yangi xalqaro transport va tranzit koridorini tashkil etish chora-tadbirlarini ham ko`rib bormoqda.
O`zbekiston 1992 yil sentyabrida Хalqaro valyuta fondiga (ХVF) a’zo bo`lib kirdi. 1995 yilning yanvarida O`zbekiston Respublikasiga ХVF tomonidan qabul qilingan dastur asosida birinchi 72,4 mln. AQSh dollari miqdoridagi transh mablag`lari berdi. Shuningdek 1995 yilning dekabrida milliy valyutani qo`llab-quvvatlash maqsadiga ikkinchi transh mablag` ham ajratildi. Berilgan ushbu mablag`lar suzib yuruvchi foiz stavkalari asosida berilgan edi. Qarzni to`lash muddati 5,5 yilni tashkil etgan. 1995 yilning 18 dekabrida ХVF O`zbekiston Respublikasiga “Stend Bay” kreditini berdi. Ushbu mablag`lar iqtisodiy isloxatlarni davlat tomonidan 1995-1996 yillarda qo`llab-quvvatlashda, 2000-2001 yillarda davlat tomonidan valyuta siyosatini tartibga solish uchun foydalanildi. 2001 yilning avgustida O`zbekiston Respublikasi va ХVF o`rtasida 2001 yilning 31 iyul va 31 dekabr oylari oralig`idagi moliyaviy va iqtisodiy siyosat to`g`risida memorandum qabul qilindi. Memorandum asosida O`zbekiston va ХVF vakillari hamkorligida 2002 yilning 1 yanvar va 30 iyun oylari oralig`idagi makroiqtisodiy va strukturaviy siyosatni asoslari ishlab chiqildi. 2002 yilda ХVFni monitoring dasturi asosida bir qator vazifalar bajarildi. O`zbekistonning turli vazirlik va idoralar o`rtasida chora tadbirlar o`tkazildi. Bundan asosiy maqsad iqtisodiy isloxotlarni rivojlantirishda kredit va soliq byudjet siyosatiga qat’iy rioya etgan holda valyuta rejimini tartibga solish amalga oshirildi. 2003 yilda O`zbekiston Respublikasiga ХVF ning vakillari tashrif buyurishdi. Muzoqaralar chog`idaХVFni nizomidagi 8-moddasiga muvofiq bir qator shartnomalar imzolandi. Bunga savdo sohasida olib borilayotgan soliq siyosati, byudjet va pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish ishlari kirgan edi. Shuningdek tuzilmaviy isloxatlar sohasida bir qator ishlarni amalga oshirishga kirishildi. Хullas, 2003 yilning 15 oktyabrida O`zbekiston Respublikasi ХVF kelishuvidagi 8-modda, 3-4 modda, 2a qismidagi shartlarini qabul qilinishini ma’lum qildi.
O`zbekiston Respublikasi 1995 yilning 30 avgustida Osiyo Taraqqiyot Bankining (OTB) to`laqonli a’zosi bo`ldi. OTB bilan o`zaro moliyaviy va texnik hamkorlik qilish maqsadida, shuningdek OTBga taqdim etilishi mumkin bo`lgan investitsion loyihalarni tayyorlash ishlarini amalga oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1996 yil 16 yanvardagi №27 farmoyishi bilan OTB bilan hamkorlik mahkamasi tashkil etildi. O`zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy Banki OTB avuarida O`zbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi rasmiy bank depozitariysi deb e’lon qilindi. Moliya Vazirligi OTB bilan aloqalarda mas’ul hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasining Milliy banki O`zbekiston Respublikasini OTBning direktorlar kengashi guruhiga kirish to`g`risida murojaat qildi. Bu guruhga Osiyo-Tinch okeani mintaqasining Malayziya, Singapur va Tailand kabi mamlakatlari kiradi. OTB bu murojaatnomani qabul qilgandan so`ng O`zbekiston ham xalqaro iqtisodiy integratsiyaning maqsadlaridan kelib chiqqan holda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan teng xuquqli a’zo bo`ldi.O`zbekiston respublikasi hukumati bilan kelishgan holda OTB respublika iqtisodiyotining ba’zi-bir sektorlarini- qishloq xo`jaligi, transport va kommunikatsiya, ijtimoiy infrastruktura sohalarini rivojlantirishga yordam berib kelmoqda. 2003 yilning 11-12 oktyabrida Toshkentda O`rta Osiyoda mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik bo`yicha OTB Vazirliklar kengashining konferentsiyasi bo`lib o`tdi. Ushbu konferentsiyada axolining ijtimoiy ahvolini yaxshilash, transport, savdo va energetika sohasidagi sun’iy to`siqlarni olib tashlash, energetika resurslaridan to`\ri foydalanish, atrof muhit ximoyasini kuchaytirishda xususiy sektorni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, iqtisodiy infratuzilmani takomillashtirish masalalari ko`rib chiqildi.
O`zbekiston Respublikasi 2001 yilning noyabrida BMTning Qishloq xo`jaligi savdosi tashkilotiga (FAO) a’zo bo`ldi. 2002 yilda O`zbekiston FAOning “Mintaqada ishlov berilanyotgan yerlarning hosildorligini o`stirish” mintaqaviy dasturida ishtirok etdi. Bu loyihaning umumiy miqdori 1,34 mln. AQSh dollarini tashkil etib,uning 350 ming AQSh dollari O`zbekistonga to`g`ri keladi. FAO dasturida O`zbekistondan tashqari Хindiston, Pokiston va Misr kabi mamlakatlar ham qatnashmoqda.2002 yilning yanvarida respublikaga FAO tomonidan janob Tim Jekson boshchiligida bir guruh vakillar tashrif buyurishdi. Bu tashrifdan asosiy maqsad Amudaryoning quyi oqimidagi yerlardagi qurg`oqchilik va suv tanqisligi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan ekolagik xolatlarni yengillashtirish uchun qishloq xo`jaligi amaliyotida ko`p yillar davomida sinab ko`rilgan loyihalarga texnik yordam ko`rsatishni rejalashtirish edi. Muzoqaralar davomida bu dasturlarning holati va uni amalga oshirish imkoniyatlari keng muxokama qilindi. 2000 yilning 16 martidan 1 aprelgacha O`zbekiston Respublikasida Qoxira shaxridagi FAOning Yaqin Sharqda ish olib borish bo`yicha mintaqaviy bo`limi boshlig`i janob D. Abdou bo`ldi. Tashrif chog`ida asosan O`zbekistonning idora va vazirliklari vakillari bilan texnik yordam ko`rsatilishi bilan bog`liq bo`lgan takliflari muhokama qilindi. 2002 yilning 20 martida TIAAda janob Abdou bilan bo`lib o`tgan muzoqaralarda ham FAOning O`zbekiston bilan qishloq xo`jaligi sohasidagi hamkorliklariga to`xtab o`tildi5.
O`zbekiston va Islom taraqqiyot banki (ITB) o`rtasidagi birinchi aloqalar 1992 yilda boshlandi. 1992 yili ITB O`zbekistondagi musulmonlar boshqarmasi grantlarini ma’qulladi. Bu grantlar o`z ichiga bir qator loyihalarni, jumladan Samarqandagi Al-Buxoriy instituti uchun yotoqxona qurish, Toshkent, Хiva shaxarlaridagi shifoxonalarni ta’mirlash, Buxoro shaxridagi Mir Arab madrasasini ta’mirlash, arab tilini o`rgatishni qo`llab-quvvatlash va boshqa sohalarni moliyalashtirishni o`z ichiga oladi. 1997 yilning 30 iyunidan 4 iyulga qadar O`zbekistonga ITB prezidenti yordamchisi K.I.Abdulxaq boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Ushbu tashrifdan asosiy maqsad respublikaning rasmiy shaxslarini ITB faoliyati bilan tanishtirish va O`zbekiston Prezidenti qoshidagi davlat va ijtimoiy qurilish akademiyasi bilan hamkorlik o`rnatish edi.
2002-2003 yillarda O`zbekistonga bir necha bor ITBning texnik vakillari tashrif buyurishdi. 2003 yilning 25 iyunida O`zbekistonda investitsion konferentsiyani tashkil etish maqsadida ITB va O`zbekiston hukumati o`rtasida memorandum imzolandi. 2003 yilning 17-18 iyunida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Eron Islom Respublikasiga tashrifi chog`ida ITB Prezidenti Axmad Muhammadali bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida O`zbekistonni ITBga a’zo bo`lish to`g`risidagi masalalar, shuningdek, hamkorlik yo`nalishlari, O`zbekistonning moliyaviy tashkilotlari bilan bank o`rtasida o`zaro hamkorlikning rivojlanishi va O`rta Osiyo mintaqasida banklarning roli kabi masalalar keng muxokama qilindi. 2003 yilning 2-4 sentyabrida Olma-Ota shaxrida ITB ning 28-yillik yig`ilishida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi raisi o`rinbosari E.G`aniev boshchiligidagi delegatsiya qatnashdi.
Xulosa
O`zbekistonda ITBning investitsiyaviy konferentsiyasi bo`lib o`tdi. Bu tadbirda ITBga a’zo mamlakatlarning diplomatik korpus vakillari xalqaro moliya tashkilotlarining vakillari, ITBga a’zo mamlakatlarni ishbilarmonlar doirasi vakillari, ITBning raxbar va xodimlari qatnashdi. Konferentsiya yakunlanishi bilanoq 2003 yilning 6-10 oktyabrida O`zbekistonga ITB vitse-prezidenti doktor Amadu Bumanar Siss boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Bu tashrifning asosiy maqsadi O`zbekiston bilan ITBning 2004-2006 yillarida olib boriladigan o`zaro hamkorlik dasturini muhokama qilish, vazirliklar va idora boshliqlari bilan muzokaralar o`rnatish bo`ldi. O`zbekiston hukumati ITB bilan quyidagi muhim hamkorlik munosabatlarni- transport, avtomobil va temir yo`llar, sog`liqni saqlash, ta’lim, suv ta’minoti, irrigatsiya, neft ishlab chiqarish va energetika, o`rta va kichik biznesni rivojlantirish masalari bilgilab olindi. 2003 yilning 10 oktyabrida o`tkazilgan uchrashuvda O`zbekiston hukumati va ITB vakillari tomonidan 2004-2006 yillarga mo`ljallangan o`zaro manfaatli hamkorlik to`g`risida memorandum imzolandi. Ushbu dasturning birinchi bosqichida asosan qo`yidagi loyihaviy ishlarni, jumladan tez yordam punktlarini texnik vositalar bilan ta’minlash, aloqa liniyalarini qurish, temir yo`l stantsiyalar va ko`priklarni qayta tamirlash, kichik va o`rta biznesni moliyalashtirish, vagonlarni tamirlash zavodini modernizatsiyalash va boshqalar ko`zda to`tiladi.
Dostları ilə paylaş: |