O’zbekistonning eng yangi tarixi



Yüklə 55,16 Kb.
səhifə11/12
tarix15.04.2023
ölçüsü55,16 Kb.
#125400
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
O’zbekistonning eng yangi tarixi

Uchinchi davr Milliy parlamentarizm rivojlanishi davri sifatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2005 yil 28 yanvardagi qo‘shma majlisidan boshlanib, bunda yangi ikki palatali Oliy Majlis deputatlari va senatorlari amalda o‘z favoliyatlarini boshladilar. Mamlakatimiz qonun chiqaruvchilarining mazkur anjumanida birinchi Prezident I.A.Karimov jamiyatni demokratlashtirish, mamlakatimizni 2005 yilda va uzoq muddatli istiqbolda isloh etish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha asosiy vazifalarni ilgari surdi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrdagi qo‘shma majlisida birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, "Ikki palatali milliy parlamentimizni tashkil etish masalasi bo‘yicha, 2002 yil 27 yanvarda o‘tkazilgan referendum yakunlari va shu asosda "Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida"gi Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi, qonun chiqaruvchi hokimiyatni tubdan isloh qilishning asoslarini belgilab berdi". Bugungi kunga kelib, Oliy Majlis palatalari faoliyatining huquqiy asoslari to‘la shakllandi. Mamlakatimizda qonun chiqaruvchi hokimiyatning salohiyati o‘sib, sifat jihatdan o‘zgardi. Bu yillarda ko‘p partiyaviylik asosida qonun chiqaruvchi hokimiyatga saylovlar natijasida O‘zbekistonda zamonaviy qonun chiqaruvchi hokimiyat qaror topdi.
Xullas, mamlakatimizda milliy parlamentni shakllantirish jarayoni qisqa bo‘lsada, tarkibiy va tuzilish jihatidan muhim bosqichni bosib o‘tdi. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi bu yo‘nalishda ham jahon xalqlari erishgan ijobiy tajribalar bilan birga, xalqimizning o‘ziga xos xususiyatlari, mentaliteti, shart-sharoitlari, tarixiy anana va qadriyatlari hisobga olindi.
O`zbekistonning MDH va Markaziy Osiyo davlatlari bilan o`zaro aloqasining dastlabki ququqiy asoslari yaratilishi.
8 dekabrda Belaya Veja pushchasi (Belorussiya)da Rossiya, Ukraina va Belorussiya rahbarlari (B.Elsin, L.Kravchuk, S.Shushkevich) o‘zaro bitim imzolashib, SSSR tugatilganligini va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) tuzilganligini e’lon qilishdi.
Iqtisodiy qo‘mita, Parlamentlararo assambleya va boshqalardan iborat, Minsk shahrida joylashgan Muvofiqlashtiruvchi maslahat qo‘mitasi MDH ning doimiy ishlovchi organi hisoblanadi. O‘zbekiston MDH da davlatlarning teng huquqligi asosida yagona iqtisodiy makonni yaratish, davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga harakat qilib kelmoqda.
O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda Yagona iqtisodiy hudud (1993), Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati (1999), Markaziy Osiyo hamkorligi tashkiloti (MOHT, 2002)ni tuzish tashabbuslari ma’qullandi. 2000 yil 10 oktyabrda Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston davlatlarining rahbarlari tomonidan ostona shahrida imzolangan shartnoma asosida Evrosiyo iqtisodiy hamjamiyati tuzildi. 2005 yilning oktyabrida O‘zbekiston Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashida Evrosiyo iqtisodiy hamjamiyati (EvrAzES)ga a’zo bo‘lish maqsadini bildirdi. 2006 yil 25-yanvarda Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan EvrAzES sammitida O‘zbekistonning Hamjamiyatga a’zo bo‘lishi hamda MOHTning EvrAzES bilan birlashishiga doir qarorlar qabul qilindi. Mazkur tashkilotning asosiy maqsadlari: davlatlararo integratsiyaning yuqori darajasini ta’minlagan holda o‘zaro savdo-sotiqda bosqichma-bosqich to‘siqlarni bekor qilish yo‘li bilan erkin savdo zonalarini; transport xizmatlari umumiy bozorini va yagona transport sistemasini; umumiy energetika bozorini; yagona bojxona ittifoqini; ishlab chiqarish omillarini uyg‘unlashtiradigan iqtisodiy va valyuta ittifoqini tashkil etish kabilardan iborat edi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari integratsiyasiga chinakam xalq integratsiyasi sifatida qaraladi. Bu hududda asrlar davomida yonma-yon yashagan xalqlar xorijiy bosqinchilarga qarshi hamkorlikda kurashib kelishgan. Ularning tarixiy, ma’naviy, etnik-madaniy yaqinligi real voqelik bo‘lib, kelajakda o‘zaro hamkorlik, hamfikrlilik, mintaqaviy mojarolarni bartaraf etish, iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy hamkorlikka intilishi hisobga olinib, Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligini kuchaytirishga katta e’tibor berildi. Shu maqsadda 1993 yil iyul oyida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida, 1994-2000 yillarda iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida bitim imzolandi. 1994 yil yanvar oyida yagona iqtisodiy hududni barpo qilish to‘g‘risida shartnoma imzolandi. 1994 yil aprel oyida bu shartnomaga Qirg‘iziston Respublikasi qo‘shilgach, u davlat o‘rtasida hamkorlikni muvofiqlashtirib turuvchi Ijroiya Qo‘mita tuzildi.
Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan davlatlarda o‘ziga xos ishlab chiqarish imkoniyatlari mavjud bo‘lib, SSSR davrida qazib olingan ko‘mirning qariyb 20 %, gazning 18 %, oltinning 33 %, o‘simlik yog‘ining 26%, paxtaning 92 % shu mintaqa hisobiga to‘g‘ri kelgan. Bu dehqonchiligi taraqqiy topgan, ma’dan xazinalari behisob bo‘lgan mamlakatlarning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish qanchalik samarali ekanligini yaqqol ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda strategik, jug‘rofiy-siyosiy jihatdan ancha murakkab va shu bilan birga qulay sharoitda, ya’ni mintaqaning transport, boy energetika omillari markazida joylashgan. Ikkinchidan, O‘zbekiston aholi soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatidan mintaqadagi qo‘shnilaridan ma’lum darajada ustunlikka egadir. Uchinchidan, O‘zbekiston qulay tabiiy-iqlim sharoitiga ega bo‘lib, unda qadimiy dehqonchilik madaniyati va boy mineral - xom ashyo resurslari mavjud. To‘rtinchidan, davlatimiz chetga chiqarishga neft, neft mahsulotlari, gaz va umuman, iqtisodiyotning asosi bo‘lmish muhim tarmoqlarga ega.
O‘zbekistonning insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli o‘rni bo‘lib, ma’naviy merosga boy yurtimiz oldindan nafaqat mintaqada, balki dunyoda ham ma’naviy, ma’rifiy va siyosiy jarayonlarga ta’sir o‘tkazib kelgan.
O‘zbekiston o‘zining madaniy nufuzi, ilmiy texnologiyalari va malakali kadrlari bilan iqtisodiy yuksalib, Markaziy Osiyoda integratsiya markaziga aylanishi mumkin. Biroq, buning uchun quyidagi bir qator qiyinchiliklarni bartaraf etishga to‘g‘ri keladi:


  1. Yüklə 55,16 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin