SSSR davrida Markaziy Osiyoda kommunikatsiyalar nomaqbul rivojlangani uchun uning tarmoqlari ancha buzilgan;
Markaziy Osiyoda suv resurslari cheklangan va ekologik qiyinchiliklar ta’siri sezilib turadi;
O‘zbekiston dengiz portlaridan uzoqda joylashganligi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishda qiyinchilik tug‘diradi;
Mintaqa atrofida qudratli davlatlar va kuchli siyosiy markazlarining bir-birlariga mos kelmaydigan ta’sir doirasi mavjuddir.
Ba’zi Osiyo davlatlarning o‘zaro hamkorlik qilishga zid bo‘lgan manfaatlari xotirjamlikka imkon bermayotir.
Markaziy Osiyoda mavjud muammolarni va mintaqa xalqlari taqdiriga dahldor masalalar echimini topishda mazkur mamlakatlar rahbarlari milliy manfaatlar hamda ehtiyojlardan qat’iy nazar, birgalikda hamkorlik yo‘llarini izlamoqdalar.