1991-yil avgust voqealari. Markaziy hokimiyatni – SSSRni saqlab qolish, respublikalarga mustaqillik bermaslik payida yurganlar uchun qandaydir bir «imkoniyat» vujudga kelgan edi. Ana shu kuchlar tomonidan 1991-yil 18-avgustda markaziy hokimiyatni avvalgi maqomida saqlab qolish maqsadida fitna tayyorlandi va SSSRda Favqulodda holat davlat Qo‘mitasi (FHDQ) tuzildi
1991-YIL AVGUST VOQEALARI
Avgust voqealari o`zbekistonda
1991-yil 19-21-avgust kunlari SSSRning ko`plab hududlarida FHDQ ning qarorlariga qarshi namoyish va to`ntarishlar o`ta boshladi. I prezidentimiz shunday qaltis paytda Hindistondagi rasmiy tashrifini yakunlab 20-avgust kuni Toshkentga yetib keldilar va favqullodda majlis o`tkazdilar. Buning mazmuni hech qanday qonun va farmonlar O`SSR ning konsitutsiyasi hamda qonunlariga, O`zbekiston respublikasi prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qaror va farmonlariga zid bo`lmasligi kerak edi
MUSTAQILLIK
Avgust voqealari RSFSSR tomonidan bostirilgan bo`lsada barcha hududlarda allaqachon SSSR tarkibidan chiqish g`oyasi ilgari surilayotgan edi. Bu intilishlar esa oxir-oqibat amalga oshdi va 1991-yil 31-avgust kuni “O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI O`Z MUSTAQILLIGINI” E`LON QILDI.
MUSTAQILLIK KUNI
31-AVGUST
31 avgust. Toshkentda Respublika Oliy Kengashining Navbatdan tashqari VI sessiyasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning davlat mustaqilligi e’lon qilindi. Oliy Kengashning respublika davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Bayonoti qabul qilindi. Tegishli qarorga muvofiq O‘zbekiston SSR O‘zbekiston Respublikasi deb qayta nomlandi. 1 sentyabr - Mustaqillik kuni deb e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risidagi Qonun qabul qilindi.
31 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinishi munosabati bilan afv etish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.