O`zbekistonda nafaqat qatag`on qurbonlari bo`lgan balki markaz tomonidan o`zbek xalqini ozodligini cheklash va zug`m qilissh yo`llari o`ylab topilardi. Masalan 80-90 yillar oralig`ida bo`lgan “paxta ishi” va “o`zbeklar ishi” siyosatlari ham juda qattiq qo`llanilgan qanchadan qancha oilalar aynan mana shu ishda ayblangani uchun beva yoki yetim bo`lib qolishgan. Biroq 1989-yil 23-iyunda I prezidentimiz I.A.Karimov bosh kotib bo`lishi o`zbekiston tarixida yangi sahifa ochdi.
Kadrlar siyosatidagi jiddiy ijobiy o‘zgarish shundan iborat bo‘ldiki, endi O‘zbekiston partiya, sovet, davlat, huquqni himoya qilish organlarining boshliqlarini Moskva orqali hal qilish, Moskva belgilagan xodimlarni ko‘tarish amaliyotiga chek qo‘yildi. Bu masalalarni hal qilishni Respublika rahbariyati o‘z qo‘liga oldi. Oliy o‘quv yurtlarida o‘qiyotgan talantli yoshlar uchun maxsus stipendiyalar belgilash, xorijiy davlatlarda o‘qish uchun davlat hisobidan yordam berish masalalarni ilgari surdi. Bu vaziyatni teran anglagan rahbarning jasorati bo‘lib, siyosiy mutelikdan qutilish, mustaqillik tomon tashlangan muhim qadam bo‘ldi. To‘qib chiqarilgan «o‘zbek ishi», «paxta ishi»ning tamomila sharmandasi chiqdi. Bu bilan bog‘liq ishlar qayta ko‘rilib, aybsiz qamalgan minglab odamlar oqlandi, o‘z oilasiga qaytdi, adolat tiklandi.