1. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, m
19.Mustaqillikning e’lon qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining tashkil etilishi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi ham qonuniy- tarixiy jarayon bo‘lib, xalqimizning uzoq yillar davomidagi milliy istiqlol uchun olib borgan qahramonona kurashining natijasidir.
1991- yil 31- avgustdan e’tiboran Vatanimiz tarixida yangi davr — milliy istiqlol davri boshlandi.
O‘zbekiston xalqi o‘z taqdirini o‘z qo‘liga oldi, siyosiy, ma’naviy mutelikdan qutuldi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil, to‘la huquqli, suveren davlat — O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston xalqi va rahbariyatining donishmandligi, sabotliligi va qat’iyatliligi, uzoqni ko‘ra bilishi natijasida uning davlat mustaqilligi tinch, demokratik, parlament yo‘li bilan, ijtimoiy larzalarsiz, qurbonlar va vayronagarchiliksiz amalga oshdi.
Mustaqil O‘zbekiston dunyoga, jahonga yuz tutdi, qariyb yuz yildan ortiq vaqt davomida yopib qo‘yilgan chegaralari ochildi. Jahon hamjamiyati O‘zbekistonni quchoq ochib qabul qildi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq O‘zbekiston Respublikasini suveren davlat sifatida Turkiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, Eron, Pokiston, Hindiston, Xitoy singari yirik davlatlar tan oldilar.
Qadrli janob Prezident, mamlakatingizda yuz bergan tarixiy o‘zgarishlarni va sobiq sovet Ittifoqi respublikalarini birlashtirib turgan Ittifoqning tugaganligini hisobga olib, Qo‘shma Shtatlar hukumati O‘zbekistonni mustaqil davlat sifatida taniganligini Sizga xabar qilishdan mamnunman. (AQSH Prezidenti Jorj Bushning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovga yo‘llagan shaxsiy maktubidan.
Dunyo mamlakatlarida yangi jamiyat qurishning «O’zbek modeli» ga (o’zbek yo’li) uning asoschisi va yo’lboshchisi I.A.Karimovning siyosiy chizmasiga qiziqish ortib bordi.
1996 yili Venada (Avstriya) «XX asr xalqlar dohiylari» nomida bosib chiqariladigan kitoblarning bir jildi O’zbekiston Prezidentiga bag’ishlangan. Kitob mualliflaridan biri, garvard Universitetining professori Donald S. Karlayl «…Islom Karimov kommunizmdan keyingi O’rta Osiyo mintaqasidagi eng buyuk davlat arbobidir» deb tan beradi.
SSSRda, chunonchi O’zbekistonda sotsialistik tizim, kommunistik mafkura har tomonlama inqirozga uchrab, ziddiyatlar bilan to’lib-toshib turgan bir paytda I.A.Karimovning, avvalo O’zbekiston partiyasi rahbarligiga (iyun, 1989yil), keyin Prezidentlik lavozimiga (mart,1990yil) tayinlanishi bejiz emas edi.
Vaqti, soati yetgan, lekin jon saqlash uchun o’zini har tomonga urayotgan, hech narsadan qaytmaydigan mustabid tizimidan jafokash xalqni, ezilgan el-yurtni mustaqillikka chaqirish uchun sovet tizimining ikir-chikirlarigacha tushunib yetgan katta jur’at egasi, dovyurak Islom Karimovdek rahbar kerak edi.
Islom Karimovning har bir asari, ma’ruza va maqolalari bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning nazariy asoslarini, amaliy ishlarning kundalik dasturini tashkil qiladi.
Shuningdek, yurtboshimiz mustaqillik arafasida O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti, chuqur inqiroz holati, sovetlarning so’nggi talvasasi, og’ir sharoitlarda O’zbekiston hukumati tutgan yo’li (1989-1990 yillar) haqida O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 20 yilligiga bag’ishlab yozgan “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asarida yaqqol ko’rsatgan.
G’arb va Sharqning rivojlangan mamlakatlari ko’p yillik taraqqiyot yo’llarini, o’zbek davlatchiligini ming yillar davomidagi tarixiy tajribasini o’rgangan holda yaratilgan I.A.Karimov asarlarida mustaqil O’zbekiston Respublikasini ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy va iqtisodiy taraqqiyotining muhim yo’nalishlari, butun dunyoda tan olingan bozor iqtisodiyoti va demokratik jamiyat qurishning asosiy tamoyillari to’g’risidagi ta’limot yaratildi.
Istiqlolning, boshlang’ich bosqichida yorug’likka chiqkan «O’zbekiston o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li», «O’zbekiston - bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li» va boshqa asarlarida bayon etilgan O’zbekiston mustaqilligining birinchi navbatdagi kechiktirilmas ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’rifiy-ma’naviy vazifalari keyinchalik «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarlarida bayon etib berildi.
Islom Karimov donoligining yana bir ko’rinishi bozor munosabatlariga o’tish, demokratik jamiyat qurish jarayonida ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy ishlarning yuksak ahamiyatini taqqoslab ko’rsatganligidadir.
Parchalangan Ittifoq o’rnida vujudga kelgan mustaqil davlatlarning hech birida ilgari surilmagan ma’naviy-ma’riviy ishlarning vazifalari Prezidentning «Jamiyatimiz mafkurasi, xalqni xalq, millatni millat qilishag xizmat etsin», «Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman» asarlarida, «Istiqlol va ma’naviyat» (hujjatlar to’plami) kitobi va boshqa ko’plab maqolalarida bayon etilgan bo’lib, ma’naviyat- kelajagi buyuk O’zbekistonning mustahkam poydevori, milliy mustaqillik mafkurasi, 120 dan ortiq millatlar va elatlardan tashkil topgan O’zbekiston xalqini «O’zbekiston-vatanim manim» shiori ostida yagona, buyuk maqsad uchun birlashtiradigan bayroq sifatida tutgan o’rni ko’rsatib beriladi.
I.A.Karimov yangi jamiyat qurishda milliy, diniy qadriyatlarimizni tiklash ishlariga, shu maqsadda Vatanimiz tarixini xolisona, yangicha yaratishga e’tiborni kuchaytirdi.
Prezident istiqlolning dastlabki kunlarida (1992 yil yanvar): «Tarixga, merosimizga bo’lgan munosabat tubdan o’zgartirilishi lozim, yangi darsliklardan tortib oddiy kitoblargacha - hammasiga haqiqat yozilishi shart», deb aniq vazifa qo’ydi.
Vatan tarixini o’rganish uning yangi avlodini tarbiyalashdagi tutgan o’rni, ahamiyati masalalari I.A.Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» (1998 yil avgust) nomli asarlarida keng bayon qilib berildi.
I.A.Karimov haqqoniy tarix millatining o’zligini anglashning zaruriy sharti, ma’naviy va mafkuraviy ishlarimizning haqiqiy manbai ekanligini qayta-qayta taqqoslab ko’rsatadi.
I.A.Karimov har bir «siyosatchiman, arbobchiman degan odam, agar vijdoni bo’lsa, o’z xalqining tarixiy o’tmishini bilishi shart», deb vazifasini keskin qo’yadi.
O’tmish davrining murakkab vazifalari, qarama-qarshiliklari davlat rahbaridan boshqaruvning har xil usullarini ishlatishni, kerak bo’lsa qattiq qo’llikni talab qiladi. Prezident I.A.Karimov shunday vazifada xalqqa ma’qul usullarni qo’llab ishladi.