1. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, m
Ilm-fandagi tub islohotlar. 2016-2017-yillar O‘zbekiston ilm-fanida tom ma’noda tub islohotlar davri bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 30-dekabr kuni ilk bor mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashdi. Uchrashuv natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda ilm-fanga e’tibor yanada kuchayishi belgilandi. Prezidentning 2017-yil 17-fevraldagi «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida 9 ta ilmiy-tadqiqot muassasasi Fanlar akademiyasi tarkibiga qaytarildi, qator ilmiy tashkilotlar qayta tashkil etildi, Fanlar akademiyasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston Prezidentining 2017-yilda imzolangan «Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida» qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi. Mazkur vazirlikning davlat va jamiyat qurilishiga, iqtisodiyot tarmoqlariga, qishloq xo‘jaligiga, ijtimoiy rivojlanishga, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish tizimiga innovatsiyalarni joriy etish hamda ilg‘or texnologiyalar joriy etilishini tashabbus qilish, muvofiqlashtirish va rag‘batlantirish sohasidagi asosiy vazifalari belgilab berildi.
Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligiga oxirgi saylovlar 1995-yilda o‘tkazilgan edi. O‘tgan yillar mobaynida akademiklarning soni ikki martadan ko‘proqqa qisqardi va 2017-yilga kelib akademiyaning atigi 63 nafar haqiqiy a’zosi qolgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi tarixiy farmoni bilan 22 yillik uzoq tanaffusdan so‘ng Fanlar akademiyasining 32 nafar yangi haqiqiy a’zolari tasdiqlandi. Bugungi kunda ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi 400 ta muassasa ro‘yxatga olingan bo‘lib, fan sohasida 36 ming mutaxassis, jumladan, 2 mingdan ortiq fan doktori va 9 mingdan ortiq fan nomzodi faoliyat olib bormoqda.
So‘nggi yillarda ta’limning nodavlat shakli rivojlanish yo‘liga kirdi. Maktabgacha ta’lim tizimi bo‘yicha alohida vazirlik tashkil etildi. Davlat-xususiy sherikchilik asosida maktabgacha ta’lim muassasalari barpo etilishi bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratildi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ta’limning majburiy etib belgilanishi, 11 yillik majburiy umumiy o‘rta ta’limning joriy etilishi va ular bitiruvchilarga murakkab bo‘lmagan kasblar o‘qitilishi qonunni yangi tahrirda qabul qilishga ehtiyoj yuzaga kelganini bildiradi. Shuningdek, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida ta’lim berish muddati va mazmunining o‘zgarishi, mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, yuridik shaxslarga barcha ta’lim turlari bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berilishi ham qonun loyihasini yaratishga asos bo‘ldi.
Pedagoglar, ta’lim muassasasi xodimlari, ta’lim oluvchilarning huquq va erkinliklari kengaytirilib, mas’uliyati kuchaytirilishi, rag‘batlantirilishi ishga bo‘lgan munosabatni yanada oshirdi. Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, yuridik shaxslarga ta’lim xizmatini ko‘rsatishga ruxsat berilgani, rivojlangan xorijiy davlatlarning ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalari yurtimizda joriy etilayotgani va bir qator xalqaro konvensiyalar ratifikatsiya qilingani ham «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahririga zaruratni kuchaytirdi.
Qonunning yangi tahrirdagi loyihasi 12 bob, 70 dan ortiq moddadan iborat bo‘lishi mumkin (amaldagi qonun 5 bob, 34 moddadan iborat). Qonun loyihasiga asosiy yangi yo‘nalishlar kiritilmoqda. Xususan, katta yoshdagilar ta’limi, maxsus ta’lim, inklyuziv ta’lim, yakka tartibda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish, davlat-xususiy sherikchiligi, ta’lim sohasiga investitsiyalarni kiritish, ta’lim muassasalarining o‘zini o‘zi baholashi, ta’lim ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari, ta’lim sohasida eksperimental va innovatsion faoliyat kabi muhim masalalar qamrab olinmoqda.
Shuningdek, qonun loyihasida pedagog kadrlarning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa ishlarga jalb etilishi taqiqlanishi, bu masalada ta’lim muassasalari rahbarlari javobgar bo‘lishi belgilanmoqda. Ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlarining vakolatlari va ta’lim muassasalari faoliyati erkinligi kengaytirilishi taklif etilmoqda.
Bakalavriat yo‘nalishida ta’lim olish davomiyligi kamida 3 yil, magistraturada esa kamida 1 yil etib belgilanmoqda. Shuningdek, yana bir qancha o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Qonunga ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi prinsipi kiritilmoqda;
11 yillik ta’limning hamda 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi o‘rnatilmoqda;
Nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limning amalga oshirilishi mumkinligi mustahkamlanmoqda;