55.“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari.
Tarixiy haqiqat to‘la ro‘yobga chiqishida, haqqoniy tarix yozilishida tarix fani predmetining to‘g‘ri belgilanishi o‘ta muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlardan farqli o‘laroq mustaqil fan. Bu uning o‘rganish predmeti hamda vazifasida to‘la namoyon bo‘ladi. U fan sifatida o‘zining butun diqqat e’tiborini faqat o‘tmishga qaratadi, undan saboq beradi, xulosi chiqaradi, ajdodlarimiz yaratgan madaniy, ma’naviy-mafkuraviy qadriyatlarni o‘rganadi. O‘zbekiston tarixi fanining o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. O‘zbekiston tarixini o‘rganish predmetiga Vatanimiz hududidagi jamiki xilma-xil voqea va hodisalar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda qonuniyatlar va jarayonlar, umuman, xalq va insonning yaratuvchanlik faoliyatiga kiradi.
Aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy chegaralar, ma’lum bir xalq, mamlakat tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, shular doirasidagi voqea va hodisalarni yaxlitlikda o‘z ichiga oladi. Predmet esa mana shu bir butun zamon va makon ichidagi aniq tarixiy-madaniy jarayondir.
Har qanday fan kabi O‘zbekiston tarixi fani ham o‘zining g‘oyaviy nazariy asoslari, ilmiy ta’limotlari, usuli va uslubiy talab va tamoyillarga ega. Bular bu fanning asosini tashkil etib, uning maqsad va vazifasini to‘laroq ro‘yobga chiqarishga yordam beradi va tarixiy haqiqatni yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston tarixi fanining ilmiy-nazariy uslublari v uning tamoyillari quyidagilardan iborat:
Tarixiy hodisa va voqealarni, hujjat va faktlarni ilmiy, xolisona o‘rganish va tahlil qilish;
tarixni milliylik va umuminsoniylik asosida o‘rganish va tahlil qilish; t
arixni haqqoniy, tarixiy-falsafiy mantiqiylik asosida o‘rganish va yozish;
tarixga milliy va umuminsoniy xotira va qadriyat sifatida hurmat va ehtirom bilan e’tiborli bo‘lish;
xalq, buyuk davlat arboblari va rahbarlari, iste’dodli va qobiliyatli, fidokor va qahramon kishilarning tarixda tutgan o‘rniga alohida e’tibor berish;
tarixiy voqea va hodisa, hujjat va faktlarning to‘g‘ri va noto‘g‘riligini aniqlashda tarixiy-tanqidiylik usuliga amal qilish;
tarixni o‘rganishda tarixiy izchillikka amal qilish;
tarixni ilmiy-ijodiy qiyoslash va tanqidiy asosda o‘rganish;
etnografiya, arxeologiya, antropologiya, geneologiya va boshqa fanlarning yutuqlari hamda usullaridan foydalanish;
tarixni o‘rganishga vorisiylik va uzviylikka, eng muhimi mantiqiylikka amal qilish.
O‘zbekiston tarixi jahon tarixi bilan hamda dinlar bilan bog‘liq. Ijtimoiy hayotni dindan ajratib bo‘lmaganidek, tarixni dindan ajratib bo‘lmaydi. Tarixni soxtalashtirmasdan, qanday bo‘lsa, shundayligicha o‘rganish kerak, degan tushuncha hamisha ustuvor bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston tarixi fanining uzviy va mantiqiy davomi sifatida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitish xaqida so‘z ketganda, avvalo mustaqillik qo‘lga kiritilganidan keyingi, ya’ni 1991 yildan beri mamlakatimiz bosib o‘tgan tarixiy yo‘lning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushunish kerak. Ushbu jarayon qanday o‘tganini, mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar va mustaqillikning dastlabki yillarida qanday muammolarga duch kelganligini tushunish muhimdir.
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi”, ya’ni O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi arafasida yuzaga kelgan murakkab vaziyat, respublika mustaqilligining e’lon qilinishi, mustaqillik yillarida mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalardagi islohotlar va ularning bosqichlarini, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga har tomonlama integratsiyasini, xalqaro munosabatlar, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, tinchliksevar tashqi siyosat kabi masalalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib beriladi.
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitishning maqsadi – mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o‘zgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini ko‘rsatish va jamiyat hayotida aholining, jumladan, talaba-yoshlarning o‘rnini, o‘zligini anglatishdan iborat.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitishning vazifalari – mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini talabalarga tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g‘ururni shakllantirishdan iborat.
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va murakkab vaziyatlar tarixini, shuningdek mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini yoritishda ilmiy tadqiqotlar olib borishning ilmiylik, tizimlilik, tarixiylik, ob’ektivlik va qiyosiy tahlil usullaridan foydalanildi.
56.XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat. Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati. “Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kampaniyalar.
Ma’lumki, XX asrning 80-yillarida O‘zbekiston sovet davrining “qayta qurish” davrlarini boshidan kechirdi, jumladan, bu davrga kelib, sobiq Ittifoqning qurollanish poygasi sohasida AQSHga tenglashish, lekin mamlakatda inson huquq va erkinliklarining mavjud emasligi, fuqarolarni qonunlar o‘rniga yakkahokim partiya qarorlari boshqarishi, qayta qurish davrida esa e’lon qilingan demokratik qadriyatlarning qog‘ozlarda qolib ketganligi, millatlararo to‘qnashuv va qirg‘inlarning avj olishi, oziq-ovqat taqchilligi va ekologik halokatlarning boshlanganligi kabi muammolar kelib chiqdi. Sovetlar davrida respublika ijtimoiy-iqtisodiy hayotida etilgan ziddiyatlar va muammolarni hozirgi kunda ijtimoiy va iqtisodiy sohalarini erkinlashtirish bilan qiyosiy taqqoslash yaqin o‘tmishda xalqimiz boshidan o‘tkazgan qiyinchiliklar mohiyatini ochib berishga yordam beradi.
O‘zbekistonda “qayta qurish” davrida ham Markaz tomonidan uyushtirilgan “paxta ishi” va “o‘zbek ishi” kabi korrupsiyaga qarshi kurash bahonasida qatag‘onlik siyosati davom etdi. Bu davrda minglab xo‘jalik rahbarlari va partiya xodimlari uyushtirilgan ayblovlar bilan mansablaridan olindi, aksariyati ustidan jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi. Mustaqillikning birinchi yilida ulardan 3000 dan ortig‘ining avf etilishi bu ishlarning noqonuniy bo‘lganini ko‘rsatdi. “Paxta ishi” kampaniyasi yuzasidan o‘tkazilgan tergovlarda 20 mingdan ortiq kadrlar aybdor deb topildi.
1985 yil aprelda bo‘lib o‘tgan Markaziy Komitet Plenumida “sotsializm” va “kommunizm” to‘g‘risidagi safsata va yolg‘ondan iborat “nazariya” va “g‘oyalar”ning turg‘unlik holatiga kirib qolganligini, kommunistik partiya strategiyaviy faoliyatining pirovard yakuniy inqirozi ekanligi ta’kidlandi. Bu jarayonning sabablari quyidagilarda namoyon bo‘ldi:
Birinchidan, 70 yildan ortiq vaqt mobaynida sovetlar davrida amal qilib kelgan kommunistik partiyaning yakkahokimlikka asoslangan ma’muriy-buyruqbozlik ish yuritish uslubi hayot sinoviga bardosh bera olmadi. Davlatning asosiy siyosiy negizini tashkil etuvchi “sovetlar” endi amalda ikkinchi darajali qo‘g‘irchoq rasmiy bir tashkilotga aylanib qolgandi. Davlatning taqdirini hal etuvchi kuch KPSS, uning Markaziy qo‘mitasi, Siyosiy byurosi edi. Ichki va tashqi siyosatga oid barcha masalalar, yillik va besh yillik rejalar, kadrlar tanlash va joy-joyiga qo‘yishlargacha dastlab KPSS MK Siyosiy Byurosida hal bo‘lardi va so‘ng sovetlarning mas’ul organlari uni shunchaki tasdiqlar edi. Ish shu darajaga borib etgandiki, partiya safidan chiqarilgan xodim o‘z ish vazifasidan ketishi u yoqda tursin, u albatta jazolanar edi. Kommunistik partiyaning yakkahokimlikdan iborat ish uslubi shaxsga sig‘inishidan iborat ijtimoiy-siyosiy hodisalarni keltirib chiqarib qolmasdan, ayni paytda sovetlar jamiyatining ichdan emirilishini tezlashtirgan omillardan bo‘ldi.
XX asrning 80-yillari o‘rtalarida respublikada o‘zboshimchalik va qatag‘onlarning yangi davri aniq-ravshan ko‘rinib qoldi. Endi ijodiy ziyolilargina emas, balki asosan ilmiy ishlab chiqarish va siyosat bilan band bo‘lgan kadrlar, respublikaning milliy manfaatlarini bo‘g‘ib kelayotgan, mavjud ijtimoiy-itisodiy tizimning yaramas va umidsizligini tobora tushunib borgan milliy ziyolilar ham ta’qib ostiga olindi.
O‘zbek xalqining istiqloli va mustaqilligi to‘g‘risidagi fikr hech qachon, hatto totalitar tizim “gullab yashnagan” davrda ham O‘zbekiston milliy ziyolilarining miyasidan nari ketmagan o‘zbek xalqi istiqlol va mustaqillikka erishish uchun garchi oshkora ravishda bo‘lmasa ham, doimo kurash olib borgan.
Tish-tirnog‘i, joni va qoni zo‘ravonlikdan iborat bo‘lgan tizim yangi narsalarning hammasiga, xalq orzu qilib, dilida saqlab kelgan narsalarning barchasiga jon-jahdi bilan qarshilik ko‘rsatar edi. Bu tizimning mafkurachilari o‘zlarining tamomila nochorligi va mahkumligini sezib, “gaykalarni qattiqroq burashdek” necha qayta sinab ko‘rilgan yo‘lga kirdilar va O‘zbekistonni yangi qatag‘onlar maydoniga aylantirdilar.
Markaziy partiya-sovet apparati cheklanmagan oliy hokimiyatni saqlab qolishga urinib, xalqning taqdirini bundan keyin ham hal qilib borish uchun O‘zbekiston rahbariyatining mavjud ijtimoiy-siyosiy tartibotini o‘zgartirish va respublikaning milliy mustaqilligini qaror toptirish zarurligini tushungan muxolif kayfiyatdagi qismini shu respublika oliy partiya organlarining qo‘li bilan badnom qilishga, ularga tuhmat toshlarini yog‘dirishga urindi. Respublikaga har xil yugurdaklar yuborildi, ular partiya, sovet va sud organlarida muhim o‘rinlarni egallab, chinakam terrorni avj oldirdilar. “Paxta ishi” degan ish to‘qilib, maydonga olib chiqildi. Bu ish biroz vaqt o‘tib, ayniqsa markaziy matbuotda kishining izzat-nafsiga teguvchi “o‘zbek ishi” degan nom bilan ataldi. YUqoridan maxfiy topshiriq bilan yuborilgan Gdlyan va Ivanov boshchiligidagi guruh bir necha yuz minglab halol kishilarni va umuman respublikani badnom qila boshladi. CHunonchi, o‘zbek xalqining baxti-saodati yo‘lida samarali faoliyat ko‘rsatgan, o‘sha yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining Birinchi sekretari bo‘lgan SH.R.Rashidovning nomi bilan badnom qilindi, u bilan birgalikda esa butun respublikaning sha’ni-shavkati va qadr-qimmati qoralandi. Markazda g‘ayri tabiiy ravishda tug‘ilgan fikr respublikada uning itoatkor ijrochilari bo‘lgan SH.R.Rashidovdan “ranjigan” kishilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Ular markazdan kelgan jazo komandasi bilan mahkam aloqada bo‘lib, ko‘pgina halol va vijdonli kishilarni “fosh qilish” bilan shug‘ullandilar va ularning qamoqqa olinishiga erishdilar. Buning natijasida talaygina insonlar taqdirining qaddi bukildi.
Mustaqillik yillarida ma’naviyat va tarixiy xotira masalalari davlat siyosatida ustuvor ahamiyat kasb etib kelmoqda. CHunki “millatning o‘zligini anglashi tarixni bilishdan boshlanadi. Bu masala davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi zarur ekanligini chuqur anglagan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev bu mas’uliyatli vazifani o‘z zimmasiga olish arafasida, ya’ni 2016 yil 18 noyabrda Jizzax viloyati saylovchilar vakillari bilan uchrashuvdagi nutqida: “Hech shubha yo‘qki, SHarof Rashidov nomini o‘zbek xalqi tarixidan, hayotidan ayri tasavvur qilib bo‘lmaydi. SHarof Rashidov o‘z xalqiga va Vataniga fidoyi farzand edi”, dedi va shu bilan birga “...O‘zbekistonni juda murakkab va og‘ir yillarda boshqargan, yurtimiz sha’niga ham, o‘z nomiga ham gard yuqtirmasdan o‘tgan kamtarin va donishmand davlat arbobi, taniqli yozuvchi SHarof Rashidovning shaxsiga nisbatan turli bo‘htonlar uyushtirilganida ham bunday nohaqlikdan yurak-bag‘ri ezilgan, lekin unga bosh egmagan Jizzax elining sabr-bardoshi va matonati oldida ta’zim qilsak, arziydi”, deyish bilan uning respublikaga qariyb chorak asr etakchilik qilgani, o‘z davrining farzandi ekanligi, mavjud tuzumga sadoqat bilan xizmat qilgani, ammo, shunday odam dunyodan ko‘z yumganida o‘zi umr bo‘yi himoya qilgan,sodiq bo‘lib xizmat qilgan tuzum unga xiyonat qilgani, misli ko‘rilmagan shakkoklik bilan uning xotirasini tahqirlab, jasadini ko‘chirganliklari, oila a’zolari va qarindosh-urug‘larini ta’qib etganliklari, “Rashidovchilik” degan soxta iborani o‘ylab topib, uning xotirasini yomonotliq qilganliklarini ham ta’kidlab o‘tdi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlarda jamiyat va shaxs masalalari, madaniy meros, til muammolari kabi masalalarni hal etishga intilish yuzaga keldi. Bu masalalarga bag‘ishlangan ilmiy, ayniqsa, publitsistik maqolalar gazeta va jurnallar sahifalarida muntazam bosilib turdi. Ana shunday masalalar sirasiga kiradigan voqelikni xotirlab, Prezident SHavkat Mirziyoev: “Barchangiz yaxshi eslaysiz, muhtaram YUrtboshimizning tashabbuslari bilan istiqlolga erishganganimizning ikkinchi yili SHarof Rashidovning nomi to‘la–to‘kis oqlandi. O‘sha yili u kishining 75 yilligi yurtimizda keng nishonlandi”, deya ta’kidlaydi.
Biroq, kommunistik mafkura yakka hokimligi sharoitida mazkur masalalarni to‘liq hal etish mumkin emasdi. Mustabid tuzum milliy o‘zlikni anglash jarayoniga tish-tirnog‘i bilan qarshilik ko‘rsatar, jamiyatdagi mavjud ziddiyatlar, nuqsonlar, illatlar aslida mustabid sovet tuzumi, kommunistik mafkura yakkahokimligi tufayli yuzaga kelayotganini yashirishga, niqoblashga urinar edi. Respublikani juda murakkab va og‘ir yillarda boshqarib, mamlakat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyot va madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi SHarof Rashidovdek insonga nisbatan adolatsizlik qilindi. Inson tirik paytida uni ko‘klarga ko‘tarib, vafotidan keyin er bilan yakson etsa, qadrini beobro‘ qilsa, bu o‘zi qanday davlat, qanday jamiyat bo‘ldi, deya hayqirasan kishi. Biroq, afsuski yaqin o‘tmishimizda ana shunday achchiq va achinarli adolatsizlik sodir etildi. Bu borada Prezident Sh.Mirziyoev shunday xulosa yasaydi: “Lekin, tarix guvoh, hayotda shunday adolatsizliklar ham bo‘lar ekan. Agar har bir xalq, har bir davlat mustaqil bo‘lmasa, boshqalar uning nafaqat dehqonini, nafaqat ishchisini, hattoki shoiru olimini ham, davlat arbobini ham istagancha tahqirlashi, insoniy sha’nini tuproqqa qorishi mumkin ekan”. Darhaqiqat, biz yaqin o‘tmishimizda kechgan ana shunday ayanchli voqealar misolida qo‘lga kiritgan mustaqilligimizning naqadar buyuk ne’mat ekanligini, uning ahamiyati va mohiyatini, qadr-qimmatini yanada teran anglab etishimiz, uni har qanday yovuz kuchlardan himoya qilishga doimo tayyor turishimiz shartligini, sobiq sovetlar hududining ba’zi o‘lkalarida eski tuzumni yana qaytarishga urinishlar bo‘layotgan hozirgi paytda bu achchiq haqiqatni hech qachon unutmasligimiz, mustaqillikning qadriga etishimiz zarurligini unutmasligimiz lozim.
Xalqimizning otashqalb farzandi, mamlakat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyot va madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi va yozuvchi SHarof Rashidovning yorqin xotirasini ulug‘lash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 27 mart kuni “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida” gi qarorga imzo chekdi. Avvalroq Oliy Majlis Senatining qaroriga muvofiq Jizzax viloyati Jizzax tumaniga Sharof Rashidov nomi berilgan edi. Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida davlat arbobi va yozuvchi xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasi va haykali o‘rnatildi. Fuqarolar, ayniqsa, yosh avlodni atoqli davlat arbobi va adib SHarof Rashidovning hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Jizzax shahrida uning memorial uy-muzeyi tashkil etilib, muzey hududi obodonlashtirildi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan adibning “Saylanma” kitobi, Sharof Rashidov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Xalqimizning otashqalb farzandi” nomli xotira kitobi chop etiladi. Shuningdek, Sharof Rashidovning hayoti va ijtimoiy-ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratiladi. Shuningdek, “Sharof Rashidovning O‘zbekiston tarixida tutgan o‘rni” mavzuida ilmiy konferensiya o‘tkazish, oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli adib va olimlar, san’atkorlar ishtirokida xotira tadbirlari tashkil etish rejalashtirilgan. Noyabr oyining birinchi o‘n kunligida Jizzax va Toshkent shaharlarida SHarof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi nishonlash tadbirlari o‘tkaziladi. Bu bilan el-yurtimiz taqdiriga daxldor tarixiy adolatni tiklash, ajdodlarimizning ezgu ishlari, jasoratini ulug‘lash va abadiylashtirish, mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor xalqimizning inson xotirasi va uning qadr-qimmatiga ehtirom ko‘rsatishdek o‘lmas qadriyatlari, bebaho ma’naviy fazilatlarini namoyon etib kelmoqda. Darhaqiqat, otashin xalq farzandi, buyuk shaxs SHarof Rashidov o‘zbek xalqi uchun, uning bax-saodati uchun katta ishlarni amalga oshirdi. Uning bu xizmatlari xalq qalbidan hech qachon o‘chmaydi.
1983 yil fevralda KPSS MQ Siyosiy byurosi qarori bilan O‘zbekistondagi paxtachilik sohasidagi suiiste’molchiliklarni tekshirish uchun Bosh prokuratura xodimlari T.Gdlyan va N.Ivanov boshchiligida komissiya tuzildi. Ular shu yil 25 apreldan ish boshladi. Bu tekshiruvlar “paxta ishi” nomini oldi. Markaz tergov guruhi tomonidan respublikada 1978-1983 yillarda sodir bo‘lgan 780 ta qo‘shib yozish, o‘zlashtirish va poraxo‘rlikka doir 780 ta ish tergovdan tugal ravishda o‘tib sudlarga yuborildi, 4 ming kishi, jumladan 600 ta rahbar xodimlar jinoiy javobgarlikka tortildi. Hukm etilganlar orasida O‘zbekiston paxta tozalash sanoatining sobiq vaziri, uning 5 ta o‘rinbosari, vazirlik boshqarmalari boshliqlari, viloyat boshqarmalarining boshliqlari, hokimiyat tarmog‘ining yuqori vakillari – 2 ta O‘zKP MQ sobiq kotibi, 400 ta mahalliy sovetlar deputatlari, 8 ta SSSR va respublika Oliy Soveti deputatlari, respublika vazirlar kengashining sobiq raisi, 6 ta ichki ishlar vazirligi generallari bor edi.
1985 yilda “paxta ishi” bo‘yicha 2272 kishi ustidan 338 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, jinoiy javobgarlikka tortilganlarning 213 tasi kolxoz raislari va sovxoz direktorlari, 49 tasi paxta tozalash zavodi direktorlari, 13 tasi partiya va sovet organlari xodimlari bo‘lgan.
“Paxta ishi” bo‘yicha paxtachilikka aloqasi bo‘lmagan soxa vakilari ham jinoiy javobgarlikka tortilgan. Hatto, maktab o‘qituvchilarini ham paxta ishi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish holatlari yuz bergan. 1982 yilda Qashqadaryo viloyati SHahrisabz tumanidagi 27-maktab o‘qituvchilari To‘raev, Sultonov, Ahmedov, Raximov, Ismoilov, Qayumov, Po‘latovlar paxtaga qo‘shib yozish bo‘yicha to‘lov vedomostlariga imzo qo‘yganlikda ayblanib, jinoiy javobgarlikka tortilgan.
1986 yil 1 yanvar holatiga “paxta ishi” yuzasidan ochilgan 110 ta jinoiy ish tugallanib, bu bo‘yicha aybdor deb topilgan 679 kishi ustidan sud qarori e’lon qilingan. 679 nafar sudlanganlarning 363 tasi KPSS a’zosi, 14 tasi VLKSM a’zosi, 37 tasi esa ilgari sudlanganlar bo‘lgan. Ushbu ko‘rilgan ishlar 40 ta kolxoz, 25 ta sovxoz, 45 ta paxta tozalash zavodlari va paxta qabul qilish punktlarida sodir etilgan. Sudlanganlarning 53 nafari Ittifoq ordenlari bilan, 97 nafari medallar bilan taqdirlanganlar va 21 nafari mahalliy Sovet xalq deputatlari bo‘lgan.
Albatta, “paxta ishi” – bu KPSSning so‘nggi bor o‘zini saqlab qolishga intilishi, totalitar rejimni sog‘lomlashtirishga urinishi edi. Lekin vaqt boy berilgan, sovet jamiyati endi eskicha yashashni xohlamay qo‘ygan edi. Dissidentlar, g‘arb tashviqoti, axborot urushlari SSSRni ichidan emirib bo‘lgan edi. Bu davrda amalga oshirilgan partiya siyosati, hukumatning bu sohadagi chora-tadbirlari o‘z samarasini bermadi. O‘zbekiston SSR bu davrda ijtimoiy jihatdan ancha orqada qolgan mintaqa sifatida qoldi.
O‘zbekistonda “qayta qurish” davrida ham Markaz tomonidan uyushtirilgan “paxta ishi” va “o‘zbek ishi” kabi korrupsiyaga qarshi kurash bahonasida qatag‘onlik siyosati davom etdi. Bu davrda minglab xo‘jalik rahbarlari va partiya xodimlari uyushtirilgan ayblovlar bilan mansablaridan olindi, aksariyati ustidan jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi. Mustaqillikning birinchi yilida ulardan 3000 dan ortig‘ining avf etilishi bu ishlarning noqonuniy bo‘lganini ko‘rsatdi. “Paxta ishi” kampaniyasi yuzasidan o‘tkazilgan tergovlarda 20 mingdan ortiq kadrlar aybdor deb topildi.
“Paxta ishi”ning chindan ham mavjud bo‘lgan kamchiliklar va hatto jinoyatlarni ochib tashlashga yordam berganligini aytib o‘tmaslik adolatdan bo‘lmaydi, lekin bu narsaning o‘zbek xalqiga hech bir aloqasi yo‘q edi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi bilan “paxta ishi”ning tamomila sharmandasi chiqdi, gunohsiz ozor chekkan necha minglab kishilar oqlandi va haq-huquqlari tiklandi.
Dostları ilə paylaş: |