O‘zbekistonning ma'naviy yangilanishida muzeylarning tutgan o‘rni



Yüklə 456,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/14
tarix21.11.2023
ölçüsü456,84 Kb.
#133468
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
kurs ishi

Boshqa turlari. 
1.
Muzey darslari va yozma ishlar. 
2.
Tugaraklar va klublar 
3.
Muzey olimpiadalari va konkurslar. 
4.
Ma`ruzalar va tematik kechalar. 
5.
Muzeylar huzuridagi ilmiy yordamchi kabinatlar o’ziga xos kichik 
muzeylar 
6.
Ochiq eshiklar kuni (odatda 18 may xalqaro muzeylar kunida). 
7.
Biror bir sohaviy bayramga bag’ishlangan tadbirlar. 
8.
Muzeobus yoki vagondagi muzey. 
Mavzuning almashinuvi. Axborot va reklama. 
Bugun jamiyatimizda yuz berayotgan tub ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, 
xalqning madaniy darajasini o’sib borishi, tarixga, tarixiy yodgorliklarga qiziqishni 
ortib borishi, oxir-oqibat muzeylarning ommalashuviga olib kelmoqda. Shu bilan 
birga jamiyatchilikda axborotni boshlangich maktabdan olishga bo’lgan intilish 
kuchaymoqda. Biroq bu ob`ektiv jarayonlar, muzeyni ommaviylashtirishga 
qo’shimcha kuch sarflashdan ozod qilmaydi. Muzeyning ilmiy nashrlari uning 
ommaviylashuviga katta xissa qo’shadi. Kataloglar fondlar haqida ma`lumot 
beradi, muzey predmetlarini tushinishga yordam beradi. 
Muzeylarning ommaviylashtirishda va reklamasida ommaviy axborot 
vositalarining o’rni juda ham katta. Ular o’z dasturlarida va sahifalarida muzey 
ishini yoritishadi, muzey ekspozitsiyasini, ularda saqlanayotgan predmet va 
kollektsiyalarini ko’rsatishadi, ular haqida hikoya qilishadi, reklama 
ma`lumotlarini berishadi. 
Muzey reklamaning turli shakllaridan foydalanadi. Reklamalar butun aholiga 
qaratilgan yoki muzeyga keluvchilarning biron – bir kategoriyasiga qaratilgan 


59 
bo’lishi mumkin
33
. Afisha muzey reklamasining an`anaviy shakli hisoblanadi. U 
tasvir va matnning birligida muzeyning bir butun obrazini beruvchi, uning 
diqqatga sazovor tomonlariga, ekspozitsiya yoki vistavkaga bag’ishlangan bo’yoqli 
yoki chizma plakatdir. Afisha diqqatni jalb etish, muzeyga borish istagini xosil 
qilish kerak. Afishaning mazmuni tez-tez o’zgarib turadi, lekin uning ayrim 
elementlari doimiy bo’lishi lozim, masalan muzeyning emblemasi. 
1)
esdalik bukletlar; - znachoklar; 
2)
otkritka; - konvert; - marka; kalendarlarda muzey va uning 
eksponatlarining tasviri. 
Ko‘rinib turibdiki, tarbiyaviy ishlar tizimida muzeylarning o`rni juda 
sermaxsul bo‘lib, har bir yoshning unib o‘sishida o‘zining ijobiy samarasini beradi. 
Muzeylar faqat tarixni o‘rganish vositasi emas, balki kelajakda qilinishi lozim 
bo‘lgan ishlarga reja vazifasini ham o‘tashi mumkin. 
O`lkani va unda mavjud bo`lgan tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza 
qilish, o`rganish va ulardan foydalanish har bir fuqaroning muqaddas burchidir. 
Tarixchilarga bu qonun muqaddas dasturilamal bo`lib xizmat qiladi. Biz yoshlarni 
yodgorliklarni avaylab asrashga, tarixiy obidalarga mehr-muhabbat bilan qarashga 
o`rgatib, bu yodgorliklar faqat o`tmishni o`rganish uchungina emas, shu bilan birga 
ilm-fanni, xalq maorifi va madaniyatni yanada rivojlantirish uchun ham bebaho 
durdona ekanligini singdirish ruhida tarbiyalashimiz kerak. 
Muzeylar yoshlar oldiga quyidagi vazifalarni: birinchidan, jamiyat hayoti va 
xalq turmushidagi eng muhim tarixiy voqealarni, davlat va harbiy arboblarning, 
xalq qahramonlarining hayoti va faoliyati bilan bog`liq bo`lgan binolar, inshootlar, 
esdalik joylarni o`rganishni, ikkinchidan, arxeologik yodgorliklarni: ko`hna 
shaharlar, qo`rg`onlar, qal`alar, qadimiy manzilgohlar, istehkomlar, korxonalar, 
kanallar, yo`llarning qoldiqlari, qadimiy dafn joylar – mozoratlarni, tosh haykallar, 
qoyalardagi 
tasvirlarni, 
qadimiy 
buyumlarni 
o`rganishni; 
uchinchidan, 
me`morchilik obidalari, tarixiy markazlar, kvartallar, maydonlar, ko`chalar, shahar 
33
Bekmurodov M. Rashidova M. Muzeyshunoslik – T.: Voris Ali, 2007. –B.39. 


60 
va boshqa aholi yashaydigan manzillarning qadimiy tuzilishi, qurilishi va 
qoldiqlarini; sanoat, harbiy, diniy, xalq me`morchiligi inshootlarini, tabiat 
landshaftlarini o`rganishni; to`rtinchidan, san`at yodgorliklari – monumental, 
tasviriy, amaliy-dekorativ va boshqa turdagi san`at asarlarini; beshinchidan, 
yodgorlik hujjatlari – davlat hokimiyat organlari va davlat boshqaruv organlarining 
aktlari, boshqa yozma va grafik hujjatlar, kino-foto hujjatlar va tovush yozuvlari, 
shuningdek, qadimiy va boshqa qo`lyozmalar hamda arxivlar, folklor va muzika 
yozuvlari va shu kabi nodir materiallarni izlab topish, o`rganish va umumlashtirish 
vazifalarini qo`yadi. 
Maktab muzeyi tashkil qilingan maktablarda o`quvchilarning ijtimoiy 
fanlardan olayotgan bilimlari, mustaqil ishga va mehnatga, o`tmish tarixi va 
madaniyatiga qiziqishlari o`sib borayotganligi aniqlanmoqda. Shuningdek, yuqori 
sinf o`quvchilarining bilim doirasi kun sayin kengayib, dastlabki ilmiy-tadqiqot 
ishlariga bo`lgan qiziqishi sezilarli darajada o`smoqda. Davlat muzeylari 
bo`lmagan rayonlarda maktab muzeyining vazifasi yanada murakkabroq bo`ladi. 
Bunday hollarda maktab muzeyi mahalliy aholini ham o`ziga jalb qiladi va tarixiy 
yodgorliklarni saqlash va ulardan foydalanishga bo`lgan qiziqishini orttiradi. 
Maktab muzeyiga asosiy soha qilib madaniyat obidalari va tarixiy joylar 
tanlab olinsa, maqsadga muvofiq bo`ladi. 
Chunki muzeylar shu kunning dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan har 
tomonlama rivojlangan, ma'naviy yetuk, komil inson tarbiyasida o‘ziga xos alohida 
o‘rin tutadi. Muzeylarda saqlab, namoyish etilayotgan tarixiy hujjat va xalq 
madaniyatiga oid ashyolar yangi avlodga ajdodlari o‘tmishi, hayoti, yuksak 
ma'naviyatidan darak berib, uning vositasida Vatanga bo‘lgan muhabbat, ota-
bobolari qoldirgan madaniy merosga nisbatan hurmat, e'zoz, ularga munosib 
vorislar bo‘lish tuyg‘usini uyg‘otadi. Shuningdek, yoshlarni odobu axloqqa, 
halolligu poklikka, botirlikka, mardlik, vatanni himoya qilish, ajdodlaridek mohir, 
sabr-qanoatli, aqlli, adolatli, haqgo‘y, mehr-muruvvatli bo‘lishga chaqiradi. 
Madaniy merosimizni har tomonlama o‘rganish jamiyatimiz kelajagi bo‘lgan yigit 


61 
va qizlarda milliy g‘ururning, milliy iftixor tuyg‘usining shakllanish jarayonini 
amalga oshiradi. 
Mustaqillik tufayli muzeyda olib borilayotgan ilmiy-ommaviy ishlarning 
mazmun-mohiyati o`zgarishi bilan yuqori saviyaga ko`tarilganligi va bu borada 
rang-barang tadbirlar o`tkazilayotganligini ko`rishimiz mumkin
34

O`qituvchi –tarbiyachi va murabbiylar esa muzey ekspozitsiyasi ko`rgazma 
zallari, talaba o`quvchi yoshlar uchun amaldagi ko`rgazmali o`quv quroli bo`lib 
xizmat qilishi mumkinligini yaxshi bilishadi. Shuning uchun ilmiy-amaliy ochiq 
darslarni bevosita muzey ko`rgazmazallarida jonli o`tkazishlari muntazam yo`lg a 
qo`yilganligi 
o`quvchi-talaba 
yoshlarning 
nazariy 
bilimlarini 
amaliy 
mustahkamlashlarida katta manbaga aylangan. O`quv tadbirlarni muzeyda 
tashkillashtirish va o`tkazishdan maqsad shuki, har bir tadbir jonli o`z davrining 
nodir, noyob eksponatlaridan foydalanib ko`rgazmali o`tkazilishi yoshlar qalbida 
ajdodlarimiz merosiga bo`lgan hurmat, ehtirom tuyg’ulari kuchayishida katta omil 
vazifasini bajaradi. Muzey oliygohlar, kollejlar bilan aloqani olib borishida bir 
qator muxim tadbirlarni amalga oshirishi mumkin. Masaldan, NamDU tarix 
bo`limi hamda ijtimoiy madaniy faoliyat yo’nalishi talabalariga o`tiladigan 
muzeyshunoslik kursi ma`ruza amaliyotlarini muzeyda, shuningdek O`zbekiston 
tarixini katta qismini muzeyda hamnafas olib borilsa, buning uchun o`quv yurti 
boshliqlari, dekanlar, kafedralar bilan o`zaro reja asosida kelishib yo`lga qo`yilsa 
talabalarning bu fanlarni chuqurroq egallashlarida muzey juda katta manba rolini 
o`ynaydi. Natijada, talaba muzey zallaridagi, zahiradagi moddiy-madaniyat 
buyumlarining o`z ko`zi bilan ko`radi va shunga loyiq tahlil qilishi mumkin.
Xulosa qilib aytilganda yoshlarning vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda 
muzeylarning o`rni va roli kattadir. Muzeyga yoshlarni jonli ekskursiyalarini 
o`tkazish foydadan holi emasdir. Viloyat va tuman o`lkashunoslik muzeylari shu 
o`lka madaniyati va san`ati, kasb-kori, amaliy ishlari haqida atroflicha ma`lumot 
berib, hamma vaqt uzoq-yaqinda yashovchi aholi, ayniqsa maktab bolalari uchun 
34
Kuryazova D. O`zbekistonda muzey ishi tarixi. -T.: San`at. 2010. –B. 42. 


62 
tez-tez borib turish imkonini beravermaydi. Maktablarda ta`lim jarayoni bilan 
birgalikda olib boriladigan tarbiya, madaniy va ma`rifiy yuksalish ishlarida 
ko`rgazmali qurollarning ahamiyati juda katta. SHuning uchun ham maktablarning 
o`zida shu hudud tarixi, joylar haqidagi ma`lumotlar, ayniqsa tarixiy obidalar, 
mashhur kishilar xotira yodgorliklari haqidagi materiallar jamlangan muzeylarning 
tashkil etilishi bevosita bolalarning o`quv jarayonida olgan bilimlariga qo`shimcha 
tarzda ma`lumotlarga ega bo`lishlariga olib keladi. 

Yüklə 456,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin