O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan suratga olingan ta’lim muassasalarida o‘quv qo‘llanma sifatida hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda foydalanish uchun tavsiya etiladigan filmlar ro‘yxati
“O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan suratga olingan ta’lim muassasalarida o‘quv qo‘llanma sifatida hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda foydalanish uchun tavsiya etiladigan filmlar ro‘yxati
Ikki sevishgan dilning qismati haqida hikoya qiluvchi bu film dunyo kinematografiyasida yuksak e’tirof etilgan bo‘lib, hozirgacha katta qiziqish bilan ko‘riladi. Tillarda doston Tohir va Zuhra obrazi adabiy va kino asarlar yaralishiga sabab bo‘lgani ham bejiz emas.
1945 y.
2
“O‘tgan kunlar”
Rejissyor: Y.A’zamov
Atoqli adibimiz A.Qodiriyning shu nomli asari asosida yaratilgan filmda yuksak insoniy fazilatlar, pok tuyg‘ular, adolat va nohaqlik tarixiy voqealar orqali professional ruhda ochib beriladi. Bosh qahramonlar –Otabek va Kumush obrazlari oradan shuncha yillar o‘tsa-da, hech kimni befarq qoldirmaydi.
1969 y.
3
“Sen yetim emassan”
Rejissyor: Sh.Abbosov
O‘zbek xalqining bag‘rikengli, oliyjanobligi va oqibatliligi, xatto urush yillarida ham mana shu xarakteriga sodiq qolgani qiziqarli, unutilmas kadrlar orqali, Mahkamovlar oilasi misolida ochib beriladi. Film hanuz sevib tomosha qilinishi ham uning nechog‘li mahorat bilan yaratilganidan darak beradi
1962 y.
4
“Mahallada duv-duv gap”
Rejissyor: Sh.Abbosov
O‘zbek xalqiga xos kulgu, kishilardagi turli fe’l-atvor, kutilmagan voqealarga boy bu kartina o‘zbek durdona kinoasarlari qatoridan joy olgan. Film marhum, ustoz san’atkorlarning ulkan iste’dodi tufayli uzoq vaqt yashayotgani hech kimga sir emas.