Diniy ekstremizm, aqidaparastlik va terrorizmga qarshi kurash hamda ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish mavzuidagi badiiy filmlar
1
“Tuzoq”
Sts.muallifi: T.Shomurodov
Rej: B.Aynazarov
Filmda “Hizbut-tahrir” oqimiga adashib kirib qolgan insonlarning ayanchli qismati, bu oqimning jamiyat taraqqiyoti, insonlar, xususan, yoshlar ongiga zararli ta’siri hamda unga qarshi kurash haqida hikoya qilinadi. Film bosh qahramoni Komil kursdoshi Muzropning nayrangi bilan, diniy oqim a’zolarining “xalqa”siga qo‘shilib qoladi. Xalqa yetakchisi Komilning ishbilarmon, qat’iyatli, shu bilan birga diniy bilim borasida biroz zaifligini payqab, uni o‘z safiga tortishga urinadi. Komil soxta va puch g‘oyalar girdobida, o‘z otasi, ishi, oilasidan kechadi. Oqibat tegishli idoralar xodimlari tomonidan xibsga olinib, qamoqqa tushadi. U faqatgina olti yashar qizchasi Nigoraning yalinib-yolborishlaridan so‘ng, panjara ortida o‘z xatosini tushunib yetadi. Kech bo‘lsa-da, bu bosh-keti yo‘q, razolatga olib boruvchi yo‘ldan qaytadi. Film barcha yoshdagi tomoshabinlarda qiziqish uyg‘otishi, yo‘ldan adashgan kishilarning taqdiri, qismatidan ogoh etishi va shu bilan birga undagi voqealardan xulosa chiqarishga sabab bo‘lishi tabiiy.
2009 y.
2
“Arosat”
Sts. muallifi: G‘.Eshmurodov
Rej:M.Abduholiqov
Filmda o‘z dinidan voz kechib, noma’lum sekta a’zolarining aldovlariga ishonib, boshqalarni ham shu tuban yo‘lga boshlagan er-xotin, bevaqt bo‘lgan ayol mayitining sarson bo‘lishi juda ta’sirchan ruhda ochib beriladi. Film mamlakatimizda yashirincha faoliyat olib borayotgan sekta va uning vakillariga, ularga adashib kirib qolayotgan aholi, xususan yoshlar uchun katta saboq bo‘lishi bilan alohida e’tiborga loyiq.
2009 y.
3
“Tahdid”
Sts.muallifi va rej: H.Nasimov
Filmda terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash, ushbu tahdidga qarshi kurashuvchi yigitning boshidan kechirgan og‘ir va mashaqqatli sinovlari haqida hikoya qilinadi.
2009 y.
4
“Aldangan ayol”
Stsenariy muallifi –
G‘. Eshmurodov
Rejissyor – H. Nasimov
Operator – N. G‘ulomov
Film syujeti real voqealarga asoslangan bo‘lib, unda bilib-bilmay diniy-ekstemistik oqimlardan biri ta’siriga tushib qolgan Mohira ismli ayolning ayanchli kechmishi haqida hikoya qilinadi.Mohira o‘zi a’zo bo‘lib kirgan jinoiy guruh rahnamolarining aldovlariga uchib, oilasi va farzandlarini tashlab xorijga yo‘l oladi. Ammo u yerda ko‘z ko‘rib-quloq eshitmagan qiynoqlarga, xo‘rliklarga duch keladi. Ayollik sha’ni va qadr-qimmati yerga uriladi. Ana shundagina u adashganligini, oqibatini o‘ylamasdan halokatli yo‘lga qadam qo‘yganligini tushunib yetadi. Ammo endi bu xatoni tuzatishning imkoni yo‘q edi...
2011 y.
5
“Jasur”
Stsenariy mualliflari – J.Qosimov,
F. Nizomov
Postanovkachi rejissyorlar – B.Odilov, N. G‘ulomov
Postanovkachi operator – N. G‘ulomov
Film badiiy film respublikamiz mustaqilligining 20 yilliga bag‘ishlangan. Unda O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatiga qarashli chegara qo‘shinlari xodimlarining og‘ir, ammo sharafli faoliyati, ayrim diniy-ekstermistik guruhlar faoliyatiga chek qo‘yish borasidagi kurashi haqida hikoya qilinadi. Kutilmaganda bir guruh terrorchilar yo‘lovchilar o‘tirgan avtobusni garovga olishadi. Film bosh qahramoni Jasur chirkin niyatli kimsalarni qo‘lga olish va begunoh insonlarni ularning changalidan xalos etishga otlanadi...
2011 y.
6
“Tubanlik”
Stsenariy muallifi
va postanovkachi rejissyor – H. Nasimov
Postanovkachi operator – U.Malikov
Film stsenariysi tegishli idoralar bilan hamkorlikda yaratilgan bo‘lib, unda diniy ekstremizm va aqidaparastlikning ayanchli oqibatlari ochib berilgan. Film ijtimoiy buyurtma bo‘yicha suratga olingan.