Harbiy-vatanparvarlik va terrorizm, odam savdosiga qarshi kurash mavzuidagi badiiy filmlar
1
|
“Sardor-1”
|
Stsenariy muallifi- Yu.Roziqov
Rejissyor- Sh.Mahbubov
Operator- H.Fayziev
|
Harbiy vatanparvarlik ruhinida yaratilgan ushbu televizion film yosh harbiylar hayoti haqida. Respublikamizdagi harbiy bilim yurtida srutaga olingan filmda harbiy hayotidagi turli voqealar aks ettirilgan.
|
2000 y.
|
2
|
“Sardor-2”
|
Stsenariy muallifi- Yu.Roziqov
Rejissyor – Sh.Mahbubov
Operator – B.Qodirov
|
Film o‘zbek harbiy desantlari, Vatan himoyachilari hayoti haqida hikoya qiladi.
|
2005 y.
|
3
|
“Qasamyod”
|
Rej: M.Boymuxammedov
|
Filmda kelajagimiz egalari bo‘lmish o‘g‘il-qizlarni har jihatdan yetuk qilib tarbiyalashda ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikka keng o‘rin berilgan. Vatani va xalqiga sodiq o‘g‘lon bo‘lib voyaga yetayotgan yosh avlod vakillarining bugungi kunda erishayotgan yutuqlari va ularning kelajakka bo‘lgan ishonchi, orzu-umidlari filmda o‘z aksini topgan.
|
2006 y.
|
4
|
“Haqiqiy erkaklar ovi”
|
Rej: J.Ishoqov
|
Filmda ichki ishlar xodimining narkomaniyaga qarshi fidokorona kurashi haqida o‘ziga xos uslubda hikoya qilinadi.
|
2006 y.
|
5
|
“Hayot hali oldinda”
|
|
Film bosh qahramonlari yoshlik chog‘laridan birga sport to‘garagiga qatnashishardi. Ular o‘zaro do‘stlik rishtasini yanada mustahkamlash niyatida umrbod bir-biriga sodiq qolish to‘g‘risida qasam ichishadi. Ammo keyinchalik ular hayotda turli sinovlarga duch kelishadi.
|
2007 y.
|
6
|
“18-kvadrat”
|
Rej: J.Qosimov
|
Film militsiya mayori Po‘latov hamda qurolli kuchlar maxsus guruhi zobiti mayor Aliev boshchiligidagi harbiylarning mamlakatimiz osoyishtaligiga dahl qilishga uringan terrorchilar to‘dasiga qarshi olib borgan mardona kurashiga bag‘ishlanadi.
|
2007 y.
|
7
|
“Tahdid”
|
Rej: X.Nasimov
|
Yoshlar tarbiyasiga chuqur ta’sir qiladigan, zamonaviy qahramon obrazi tasvirlangan, terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash haqida hikoya qilmnadi. MXX xodimi jonini gavorga qo‘yib bo‘lsa-da, ekstremistlar orasida yurib, ularning kirdikorlarini ustalik bilan o‘rganib fosh etadi.
|
2009 y.
|
8
|
“Uqubat”
|
Stsenariymuallifi –
A. Yo‘ldoshev
Rejissyor –
O. Yo‘ldoshev
|
Mazkur film bugungi kunda butun dunyoda jiddiy muammoga aylangan odam savdosiga qarshi kurash mavzusiga bag‘ishlangan. Ko‘ngil mayliga uchib, hashamador to‘y qilish ilinjida xorijga otlangan yigit bilan qiz kutilmaganda og‘ir va iztirobli sinovlarga duch kelishadi. Ular o‘zlarining aldanganligini tushunib yetganlarida esa kech bo‘lgandi...
|
2010 y.
|
9
|
“Qo‘rg‘oshin”
|
Stsenariy muallifi va postanovkachi rejissyor – Z. Musoqov
|
Filmda o‘tgan asrning elliginchi yillarida o‘zbek xalqi boshdan kechirgan qatag‘on fojialari haqida hikoya qilinadi. Taqdir taqozosi bilan dahshatli qatag‘on qurbonlariga aylangan yurtdoshlarimiz hayoti aks ettirilgan.
|
2011 y.
|
10
|
“Aldangan ayol”
|
Stsenariy muallifi –
G‘. Eshmurodov
Rejissyor – H. Nasimov
Operator – N. G‘ulomov
|
Film syujeti real voqealarga asoslangan bo‘lib, unda bilib-bilmay diniy-ekstemistik oqimlardan biri ta’siriga tushib qolgan Mohira ismli ayolning ayanchli kechmishi haqida hikoya qilinadi.Mohira o‘zi a’zo bo‘lib kirgan jinoiy guruh rahnamolarining aldovlariga uchib, oilasi va farzandlarini tashlab xorijga yo‘l oladi. Ammo u yerda ko‘z ko‘rib-quloq eshitmagan qiynoqlarga, xo‘rliklarga duch keladi. Ayollik sha’ni va qadr-qimmati yerga uriladi. Ana shundagina u adashganligini, oqibatini o‘ylamasdan halokatli yo‘lga qadam qo‘yganligini tushunib yetadi. Ammo endi bu xatoni tuzatishning imkoni yo‘q edi...
|
2011 y.
|
11
|
“Afg‘on”
(“Aks-sado”)
|
Stsenariy muallifi –
va postanovkachi rejissyor –Yo. To‘ychiev
|
Film respublikamiz mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, u o‘tgan asrning 80-yillarida, ya’ni mustabid sho‘ro tuzumi davrida qanchadan-qancha vatandoshlarimiz afg‘on urushiga jalb qilingani va ko‘plab o‘zbek yigitlari bu janglardan omon qaytmagani hamda xaliqimizning bu qonli urushga bo‘lgan salbiy munosabati haqida hikoya qiladi.
|
2011 y.
|
12
|
“Muqaddas burch”
(“Sardor-3”)
|
Stsenariy muallifi -
H. Nasimov
Postanovkachi rejissyorlar –
Sh. Mahbubov, H.Nasimov
Postanovkachi operator – T.Abdullaev
|
Film Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining 20 yilligiga bag‘ishlab yaratilgan. Unda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tizimida xizmat qilayotgan harbiylarning ibratli hayoti haqida hikoya qilinadi.
|
2011 y.
|
13
|
“Jasur”
|
Stsenariy mualliflari – J.Qosimov,
F. Nizomov
Postanovkachi rejissyorlar – B.Odilov, N. G‘ulomov
Postanovkachi operator – N. G‘ulomov
|
Film badiiy film respublikamiz mustaqilligining 20 yilliga bag‘ishlangan. Unda O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatiga qarashli chegara qo‘shinlari xodimlarining og‘ir, ammo sharafli faoliyati, ayrim diniy-ekstermistik guruhlar faoliyatiga chek qo‘yish borasidagi kurashi haqida hikoya qilinadi. Kutilmaganda bir guruh terrorchilar yo‘lovchilar o‘tirgan avtobusni garovga olishadi. Film bosh qahramoni Jasur chirkin niyatli kimsalarni qo‘lga olish va begunoh insonlarni ularning changalidan xalos etishga otlanadi...
|
2011 y.
|
|