O`zbeksitonda real sektor tahlili mundarija kirish



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə1/13
tarix01.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#126202
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O`zbeksitonda real sektor tahlili mundarija kirish


O`ZBEKSITONDA REAL SEKTOR TAHLILI


MUNDARIJA
KIRISH…………………………………….……..……………………………..…3
1. Real sektor tushunchasi mazmuni va mohiyati…………...………………………5
2. Real sektorni rivojlanishini ifodalovchi asosiy ko’rsatkichlar………..…………10
3. O’zbekistonda real sektorni rivojlanishini makroiqtisodiy tahlili…….…………16
4.O‘zbekiston Respublikasida real sektor korxonalarida mahalliylashtirish va xorijiy amaliyoti tendensiyalari tahlili…………………………………….........................24
5. Real sektor korxonalari mahalliylashtirish salohiyatini oshirishning ilg`or xorij tajribasi……………………………………………………………………...…….29
XULOSA……………………………………………………………………...….40
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI………………………….42


KIRISH
Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni real sektor rivojini tahlili, bu jamiyat va iqtisodiyotni rivojlanish qonuniyatlari, tendensiyalariga asoslangan holda istiqbolni ilmiy asosda oldindan bilish, bashoratlash hamda ushbu jarayonlarni jamiyatning umumiy taraqqiyoti maqsadlari va vazifalarini mujassamlashtiruvchi dastur arnallarni belgilash muhim ahamiyatga ega. Milliy real sektor iqtisodiyotini prognozlash soha rivojini jahon iqtisodiyoti rivoji tendensiyalari, mamlakatning ustuvor yo'nalishini tartibga solishda istiqbolli dasturlarni tuzishda va boshqarish nazariyasi hamda arnaliyotida katta ahamiyatga ega. Mazkur fan milliy iqtisodiyotni makroiqtisodiy barqaror rivojlanishini boshqaruv mexanizmlarini yechimlarini tanlash imkoniyatini beradi va istiqbolda rejalashtirilgan maqsadlarga erishish uchun hozirgi paytda iqtisodiy jarayonlarga ta'sir etish yo'llarini belgilaydi.
Kurs ishining dolzarbligi. Real sektorda «tahlili» - bu, milliy iqtisodiyotdagi real tarmoqlar istiqbolini belgilash, tarmoqlarni tartibga solish jarayonining yana bir bosqichi yoki mamlakat real sektor rivojlanish istiqbol dasturini ishlab chiqishning bir qismidir. Shu bilan birga bu nisbatan mustaqil fan bo'lib, o'ziga xos bir qancha belgilar bilan farqlanadi: prognozlar direktiv harakterga ega emas, ulaming miqdor baholari asosan ehtimollik xususiyatiga ega, ular ko`p jihatdan sodir bo'lgan rivojlanish va inqiroz muammolarini aniqlashga va ularni bartaraf etish yo`llarini izlashga qaratilgan.
Har qanday mamlakat rivojida milliy iqtisodiyotning dunyo bozorlarida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va uni jahon narxlarida sotish qobiliyati hisoblangan eksport salohiyati nihoyatda katta ahamiyatga ega. Shu bois ham respublikamizda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab mazkur masalaga alohida e’tibor berib kelinmoqda.
Amalga oshirilayotgan izchil islohotlar doirasida nafaqat import o‘rnini bosuvchi, balki eksportga yo‘naltirilgan tovarlar tayyorlash jarayoni uchun ham huquqiy, ham institutsional shart-sharoitlar yaratilmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish va diversifikasiya qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, zamonaviy bozor infratuzilmasini shakllantirish sharoitida mamlakatimizning eksport salohiyatidan yanada to‘liq va samarali foydalanish, jahon bozorlariga raqobatdosh, yangi va qayta ishlangan mahsulotlarini eksportga etkazib berish hajmlari va turlarini ko‘paytirish, mahsulotlarni eksportga chiqarishning zamonaviy talablarga mos savdo-logistika infratuzilmasini jadal rivojlantirish – muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Prezidentimiz SH.Mirziyoyev 2019 yilda oldimizda turgan muhim vazifalarga to‘xtalib: “Iqtisodiyotimizni jahon bozoriga integratsiya qilish va eksportni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifadir. Eksport hajmini 30 foizga oshirib, 18 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilib qo`ymoqdamiz. Biz eksportga yo‘naltirilgan iqtisodyotga o‘tishimiz, ichki bozorda raqobat muhitini shakllantirishimiz zarur1 .”– deb ta’kidlab o‘tdilar.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin