Kurs ishining maqsadi. Maxalliylashtirish iqtisodiyotida real sektor korxonalarining eksport salohiyati jadal rivojlanib, tobora raqobatga chidamli korxonalar soni eksport korxonalar faoliyatining eng muhim yo`nalishiga, butun iqtisodiyotimizning rivojlanish natijalarini baholash mezoniga aylanmoqda. Bugungi kunda ko`pgina tarmoq va korxonalarimiz tashqi iqtisodiy faoliyatga to‘liq jalb etilgan bo‘lib, tashqi bozorlarni faollik bilan o‘zlashtirmoqda. Mamlakatimizda eksportga yo`naltirilgan iqtisodiyotga o‘tishimiz, ichki bozorda raqobat muhitini shakllantirish lozimdir. Shuningdek, transport-logistika tizimini takomillashtirish ham eng dolzarb masaladir. Chunki davlatimizda dengizga chiqish imkoniyati cheklangani uchun mahsulotni eksport qilishda ko`plab qiyinchiliklar paydo bo‘lmoqda. Jahonda integratsiya va globallashuv jarayonlarini chuqurlashib borishi milliy iqtisodiyot oldida bir qator yangi vazifalarni qo'ymoqda. Milliy iqtisodiyotni dunyo bozorida o'z o'rnini topishi, ya'ni ma'lum «darajani» egallashi uchun uning raqobatdoshlik darajasi doimiy ravishda o'sib borishi lozim. Ushbu maqsadlarga erishish uchun milliy iqtisodiyotni barcha sohalarida texnik va texnologik yangilanish amalga oshirilishi kerak. Bu borada fan va texnika yutuqlari, ishlab chiqarishni boshqaruvining (menejment) yangi usullarini doimiy ravishda joriy etish orqaligina erishish mumkin. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda keyingi yillarda fan va texnika yutuqlarini va ishlab chiqarish boshqaruvini yangi usullarini joriy etish bilan birga. inson kapitali rivojiga juda katta e'tibor berilmoqda. Informatsion texnologiya, robotlar, bio-nanotexnologiyalarni ishlab chiqarish jarayoniga keng joriy etilishi munosabati bilan mehnat resurslarining kasbiy malakasini oshirish katta ahamiyat kasb etib, ularning sifati mamlakatni raqobatdoshligini va keyingi yillarda o'sishini ta'minlaydi. Mamlakatni jahon hamdo'stligidagi o`rnini real sektorning vazifasining rivojlanish darajasi va raqobatdoshligi belgilashdir.
1.Real sektor tushunchasi mazmuni va mohiyati. Iqtisodiy atamalarda iqtisodiyotni real sektoriga turlicha ta'rif beriladi va quyida biz ularni bir nechtasi bilan tanishamiz:
1. Iqtisodiyotni real sektori (IRS) (inglizcha - Real sector ofeconomy) - iqtisodiy va qonuniy belgilanadigan iqtisodiy atama hisoblanadi va ma'lum xududdagi faoliyati mahsulot ishlab chiqarishga yo'naltirilgan kichik, o'rta va yirik (industrial) korxonalarni birlashtiradigan iqtisodiyot sohasidir.
2. Iqtisodiyot sektori - bu iqtisodiyotni yirik tarkibiy qismi bo'lib, u turli ishlab chiqarish sohalarini o'xshash tavsiflar. iqtisodiy maqsadlar, funksiyalari orqali birlashtiradi va nazariy hamda amaliy jihatdan iqtisodiyoning boshqa qismlaridan farq qiladi.
3. Iqtisodlyotni real sektori - bu iqtisodiyotni material-buyum mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, nomaterial boylikni yaratuvchi va xizmat ko'rsatish sohalarini o'z ichiga oladigan soha. Real sektorga moliya-kredit birja faoliyati ko’rmaydi.
4. Iqtisodiyotni real sektori kapitalni spekulyativ harakati istisno qilgan holda iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurish va iqtisodiy o'sish jarayonlarini birlashtiradigan soha.
5 Iqtisodiyotni real sektori - bu iqtisodiyotni muhim sektori bo'lib, to'g'ridan to'g'ri mahsulot ishlab chiqarish, daromad olish va budjet daromadlari tushumini ta'minlaydi. Ishlab chiqarish, mahsulot ishlab chiqarish sohasi uning iqtisodiy atama sinonimlari hisoblanadi.
7 Iqtisoyotni real sektori - kommertsiyaga asoslangan seriyali va yirik miqdorda mahsulot va tovarlar ishlab chiqaruvchi, jumladan, bino va inshootlarni qurish, aloqa, telekommunikatsiya, transport xizmatini amalga oshiruvchi kichik o'rta va yirik korxonalar yig'indisidir.
Iqtisodiyotda real sektorni samarali faoliyat yuritishida moliyaviy
sektor muhim o'rin egallaydi. Moliyaviy sektor - bu qarz olish va uni qaytarish bilan bog'liq bo'lgan amaliyotni ijro qiladigan vositalar va institutlar to'plamidir.
Moliyaviy tizim mulk egaligini kapitaldan ajratish imkoniyatini beradi.
Moliyaviy sektorga banklar, sug'urta kompaniyalari, fond birjalari, moliyaviy investitsion kompaniyalar, lombardlar va boshqa moliyaviy institutlar kiritiladi.
Real sektorda mamlakatning YaIMni asosiy qismi yaratiladi va uning moddiy ishlab chiqaruvchi eng muhim tarkibiy qismi sanoat va qishloq xo'jaligi hisoblanadi. Moddiy ishlab chiqarish sohasida iqtisodiy resurslar qayta ishlanilib, moddiy ne'matlar va iste'mol tovarlari yaratiladi. Ularning rivojlanishi aholi daromadlarini oshishi, turmush farovonligini o'sishi uchun imkoniyat yaratib, ta'lim, tibbiyot, madaniyat sohalari rivoji uchun moliyaviy-moddiy asos yaratadi.
Iqtisodiyotni barqaror rivojlanishi mamlakatda moddiy ishlab chiqarish sohalari uchun yaratilgan huquqiy-me'riy sharoit bilan uzviy bog'liqdir. Chet el va ichki investitsiyalarni jalb etish uchun investorlarga huquqiy kafolat berilishi va uni davlat tomonidan kafolanlanishi lozim.
Real sektor rivojiga ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi, ilmiy-texnik taraqqiyot darajasi, pul-kredit tizimi holati, soliq-budjet tizimi, davlatning investitsion siyosati, mamlakatning to'lov qobiliyati holati ta'sir qiladi. Real sektor rivojini, natijada iqtisodiy o'sishni moddiy ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilashga yo'naltirilgan to'g'ridan to'g'ri kapital qo'yilmalar miqdori hamda innovatsiyalar ta'minlaydi.
Bundan tashqari, bozor iqtisodiyoti sharoitida real sektorga mamlakatning moliyaviy sektori holati ta'sir ko'rsatadi. Jumladan, foiz stavkalari darajasi, fond birjalari, sug'urta tizimi va boshqalar. Iqtisodiyotni real sektoriga mahsulot ishlab chiqarish bilan, nomaterial boylik yaratish va xizrnat ko'rsatish sohalari ham kiritiladi. XX asming ikkinchi yarmidan boshlab real sektor infratuzilmasida katta o'zgarishlar ro'y berdi.
Iqtisodiyotni real sektoriga moddiy va nomoddiy boyIiklar yaratish sohalari hamda xizmat ko'rsatish sektorlari kiradi. Iqtisodiy rivojlanish natijasida ishlab chiqarish sohalarida tuzilrnaviy va tarkibiy o'zgarishlar yuz beradi. Masalan, XX asrning 2-yarmidan boshlab fan va texnika rivojlanishi, mehnat unumdorligini keskin oshishi natijasida real sektorni tuzilrnaviy tarkibida moddiy ishlab chiqarish sohalari bilan xizmat ko'rsatish sohalari o'rtasidagi nisbat o'zgardi. Iqtisodiy rivojlangan, hozirda «informatsion, postindustrial» deb nomlanuvchi davlatlarda xizmat ko'rsatish sektorida ish o'rinlari soni keskin ko'payib, moddiy ishlab chiqarish sohasiga nisbatan deyarli 2 marta ko'pdir. Shu bilan birga, qishloq xo'jaligi, qazib olish sohalaridagi ish o'rinlari mutlaq va nisbiy kamaydi. Qayta ishlash sohalaridagi bandlik ham qisqarmoqda.
Fan va texnika sohalarini rivojlanishi, iqtisodiyotni informatsiyalashtirish, bio-, nanotexnologiyalami tezkor rivojlanishi natijasida real sektorda yangi sohalar yaratildi. Jumladan, kompyuterlar uchun dasturlar yaratish real sektorning muhim sohasiga aylanib bormoqda. AQSH, Hindiston, Rossiyada ushbu soha korxonalarini yaratish uchun alohida shaharlar barpo etilmoqda (AQSHda «Kremniy vahosi». Hindistonda - Bangalor, Rossiyada - Skolkovo). Bugungi kunda real sektor iqtisodiyotini tahlil qilish masalasi davlatning milliy iqtisodiyotni boshqarish siyosatini takomillashtirish va uni tartibga solishda muhim bir omillardan biri bo'lib hisoblanadi.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatda iqtisodiyot, ayniqsa real sektor rivojining 20-50-yilga mo'ljallangan prognozlash rejalari ishlab chiqilgan. Bu borada informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va dasturlarni ishlab chiqarilishi muhim ahamiyat kasb qilmoqda. Real sektor tarmoqlarini mutanosib rivojlantirishni uzoq muddatli tahlil qilish, ularni faoliyatidagi muammo va kamchiliklarni belgilashda, shuningdek, ularni samarali boshqarish tizimini yaratish imkoniyatini beradi.
Umumiy tasavvurda tahlil o'rganilayotgan obyektni kelajakda kutilishi mo'ljallangan jarayonlarni oldindan bilish ehtimolligidagi tasavvurdir. Har bir iqtisodiy munosabatlar jarayonini rivojlanishjarayonini oldindan bilish yuzaga kelishi mumkin bo'lgan holatlarni oldini olish, yoki uning salbiy oqibatlarini kamaytirish imkoniyatini beradi. Chunki, tahlil qilish jarayoni o'rganilayotgan obyektning turli jihat va xususiyatlariri mantiqan ochib bera oladigan faoliyat ko'rsatkichlarini hisobga olish hamda tahlil qilish zaruriyatini tug'diradi. Aynan to'g'ri qilingan hisob-kitob tahlillar kelajakda kutiladigan zararlarning olidini oladi.
Real sektor iqtisodiyoti va uni tahlil qilish jarayonining mohiyatini, milliy iqtisodiyotning tarmoqlari rivoji istiqbolini belgilashni o'rganish va uni hayotga tatbiq qilish kelajakda mamlakatni barqaror rivojlanishini ta'minlash imkoniyatini beradi. Real sektor iqtisodiyoti va uni prognozlashning asosiy maqsadi iqtisodiyotning real sektorining istiqbolli ko'rsatkichlari va ma'lumotlarining haqqoniyligini ta'minlash, milliy iqtisodiyotimizda faoliyat yuritayotgan xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini iqtisodiy jihatdan tahlil qilish hamda uning istiqbolini belgilash bo'yicha amaliy tavsiyalar berish kabilarni qamrab oladi. Uning vazifasi esa milliy iqtisodiyotning real sektoridagi tarmoq va sohalar faoliyatini tashkil qilishning iqtisodiy hamda nazariy asoslari; real sektor iqtisodiyotining xo'jalik yurituvchi subyektlari bo'yicha tarkibiy tuzilmasi, milliy iqtisodiyotdagi tarmoq va sohalar faoliyatining istiqbolini belgilash bo'yicha ko'rsatkichlardan foydalanishning ahamiyati haqidagi nazariy-amaliy bilimlarni o'rgatishdan iborat.
Real sektor iqtisodiyotida tahlili - bu ishlab chiqarish sohalari va xizmat ko'rsatuvchi korxonalarining hamda iqtisodiyot subyektlarining iqtisodiy holati va faoliyat natijalarini qay yo'sinda davom ettirish, istiqbolli strategiyasini belgilash to'g'risida malakaviy xulosa berishdan iboratdir.
Shu boisdan ham real sektor iqtisodiyoti va uni tahlili respublikamiz iqtisodiyoti subyektlari, tarmoq va sohalar faoliyati xizmat ko'rsatuvchi korxonalarning tarkibiy tuzilmasi, o'zgarishi va qonuniyatlarini tahlil qilish hamda uni istiqbolini belgilashda muhim rol o'ynaydi.
Jahonning ko'pgina mamlakatlarida makroiqtisodiy tahlil MHT (Milliy Hisoblar Tizimi) nomini olgan statistik axborot asosida shakllangan milliy iqtisodiyotdagi o'zaro aloqalar sxemasiga tayanadi. MHT (Milliy Hisoblar Tizimi) balans uslubIga asoslangan va makrodarajada iqtisodiy faoliyat natijalarini iqtisodiyotning tuzilmasini, mamlakatdagi mavjud resurslar va boshqalar ko'rsatkichlari yig'idisidan iborat milliy hisoblar majmuasidir.
MHT(Milliy Hisoblar Tizimi) milliy iqtisodiyot unsur (pog'ona)lari faoliyat olib borishining mavqeyini ko'rsatuvchi balans jadvallar shaklida tuziladi. Xo'jalik operatsiyasi bu xo'jalik yurituvchi subyekt boshqasiga moddiy boyliklar moliyaviy boyliklar yoxud xizmatlarni sotishi yoki berish boshqasi esa ularni xarid qilishi yoki qabul qilishi jarayonidir.
Iqtisodiy operatsiyalar ikki tomonlama yozma; tamoyili asosida tuzilgan schotlarda qayd etiladi. shunga asosan har bir operatsiya 2 marta - «resurslar» va «ishlatilish» bo'limlarida aks ettiriladi. Har bir schot bo'yicha saldo chiqariladi, u - resurslar va ulardan foydalanish o'rtasidagi farq. Resurslar ortib qolganda saldo <Ma'lumotlardan tahlil qilish va prognozlash maqsadida foydalanish uchun schotlar faoliyat turi va milliy iqtisodiyot schotlari bo'yicha guruhlarga birlashadi. Shunday qilib MHTni har bir iqtisodiyot jarayonning turli tomonini va iqtisodiy jarayonning umumiy tasvirini ko'rsatuvchi o'zaro bog'liq schotlar tizimi sifatida ko'rsatish mumkin.
O'zbekistonning MHT(Milliy Hisoblar Tizimi)i ichki iqtisodiy va tashqi iqtisodiy aloqalar uchun schotlarga ega.Tahlil qilish ko'rsatkichlari tizimi o'z ichiga ham andozaviy asosiy ma'lumotlar, ham tadqiqot maqsadlariga erishish uchun lozim bo'lgan milliy hisoblar tizimiga kirmaydigan noandozaviy ko'rsatkichlar ro'yxatini qamrab oladi