O`zbeksitonda real sektor tahlili mundarija kirish


Real sektorni rivojlanishini ifodalovchi asosiy ko’rsatkichlar



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə3/13
tarix01.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#126202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O`zbeksitonda real sektor tahlili mundarija kirish

2. Real sektorni rivojlanishini ifodalovchi asosiy ko’rsatkichlar
Jahonda Xalqaro valyuta fondi tomonidan tavsiya qilingan barcha mamlakatlar uchun iqtisodiyotni umumiy ko'rsatkichlar tizimi qabul qilinganiga qaramay har bir mamlakatda milliy ko'rsatkichlar tizirni mavjud. Bunda andozaviy va noandozaviy ko'rsatkichlar tizirnida mamlakatlar orasida farq bor. Ko'rsatkichlar tizimi iqtisodiy shart sharoitlarga qarab o'zgarishi mumkin. Bu milliy iqtisodiy tizimda yangi muammolar kelib chiqishi, ayrimlarini esa dolzarbligi yo'qolishi bilan bog'liq.
Hozirgi kunda tahlilchilar va prognozchilarning asosiy e'tibori iqtisodiyotning real sektori va investitsion jarayonlar rivojlanishini baholash, iqtisodiyotning moliyaviy, mintaqaviy va ijtimoiy muammolarini yechishga qaratilgan.
Mavjud ko'rsatkichlar tizimi mukammal emas va ulardan prognoz tahliliy hisoblarda foydalanishda esda tutish lozim. Chunki, prognozlash va rejalashtirish jarayonlarida yo'l qo'yilgan xatolar milliy iqtisodiyotni kelajak rivojiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Buni MHT(Milliy Hisoblar Tizimi) da markaziy o'rin egallagan ko'rsatkich – YaIMni hajmini aniqlash misolida tahlil qilamiz. YaIMni qo'shilgan qiymat uslubi bilan hisoblanganda mahsulot va xizmatlar barcha ishlab chiqaruvchilarning yalpi qo'shilgan qiymatlari yig'indisi sifatida hisoblanadi; daromadlar taqsimlanishi uslubi bilan hisoblanganda esa, barcha turdagi iqtisodiy faoliyatdagi hamma xo'jalik yurituvchi subyektlaming daromadlari va amortizatsiya ajratmalari umumiy yig'indisi; yakuniy foydalanish uslubida - ne'matlar va xizmatlar, kapital qo'yilmalarining yakuniy iste'moli, moddiy aylanma mablag'larning o'sishi va tashqi iqtisodiy operatsiyalar saldosining yig'indisi sifatida hisoblanadi. Ushbu uslublami barchasi to'liq takomillashgan emas va ko'rsatgichlar mosligi ta'minlanmaydi.
Makroiqtisodiy ko'rsatkichlami tahlil qilish va prognozlashga imkon beruvchi amaliy vositalar ichida statistik (ekonometrik) modellarga ajratiladi. Respublikamizda o'tgan o'n yilliklarda tahlil va modellashtirishning statistik uslublari sohasida jiddiy ilmiy tadqiqot ishlari olib borilganiga qaramay, to'liq rejalashtirilgan iqtisodiyotning balans metodi afzal ko'rilgan. Lekin, zamonaviy bozor munosabatlari sharoitida ekonometrik modellami qo'llash dolzarb bo'lib qolmoqda, chunki tahlilda qo'llanuvchi vosita obyektiga - bozor iqtisodiyotiga to'g'ri keladi.
XX asming 30-40-yillarda iqtisodiyotni tartibga solish, YaIM darajasini oshirishga bo'lgan urinishlar bo'yicha ishlab chiqilgan makroiqtisodiy prognozlash modellari o'sha davrda o'z samarasini berdi.
Ekonometrik tipdagi iqtisodiy siyosatning turli yo'nalishlaridagi oqsoqlik holati va imkoniyatlarini o'zida mujassamlashtiruvchi model dastlab Ya Tinbergen tomonidan 1936-yilda ishlab chiqilgan. O'tgan yillar oralig'ida milliy iqtisodiyot sohasini prognozlash ko'pgina mutaxassislarning iqtisodiy tadqiqot faoliyatini kengaytira boshladi.
XX asr 70-yillarga kelib sanoati rivojlangan mamlakatlar tahlil qilish sohasi
bo'yicha olib borilgan tadqiqotlarga turli nodavlat tashkilotlari ham faol qatnasha boshladi. O’tgan asrning 70-yillarda Kanada, Yaponiya. Buyuk Britaniya va boshqa bir qator davlatlarda indikatorlaming o'z milliy tizimlari shakllantirildi. Lekin, zamonaviy iqtisodiy tizimning baynalminallashuvi jarayoni har bir milliy iqtisodiyotning prognozini hisobga olish zaruriyatini kuchaytirdi va (70-yillarning boshida boshlangan) iqtisodiy indikatorlarning xalqaro tizimini (IIXT) yaratish bo'yicha maxsus tadqiqotlarni talab qildi.
IIXT (Indikatorlarning xalqaro tizimi) qo'llashda 4 ta asosiy yo'nalish ajratiladi:
- chuqur xarakterga ega jahon iqtisodiy inqirozlarini tahlil qilish;
- ayrim alohida davlatlarda inqirozlar o'tishining xususiyatlarini hisobga olish;
- mamlakatlar orasida tovarlar oqimi matritsasini tuzish orqali jahon savdosini tahlil qilish;
- xalqaro tusga ega inflatsiyani tahlil qilish.
lIXT( indikatorlarning xalqaro tizimini) ishlab chiqishga asos qilib iqtisodiy indikatorlarning amerika tizimi olingan. IIXT usuli yetarli darajada barqaror rivojlanuvchi iqtisodiy sikllarni hamda «o'sish sikllari» deb ataluvchi iqtisodning tezlashgan va sekinlashgan tahlillar hamda prognozlarni amalga oshirishga moslashgan.
Ushbu usul yordamida ishlab chiqarish sur'ati keskin pasaymagan
mamlakatlar (rivojlanayotgan davlatlar) va ishlab chiqarishning barqaror pasayishini boshdan kechirayotgan davlatlarda iqtisodiyot rivojini tahlil qilish uchun qo'llash mumkin.
IIXT ( indikatorlarning xalqaro tizimini) usuli jahon savdo jarayonini tahlil qilishda keng qo'llaniladi, chunki mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti birinchi navbatda tashqi iqtisodiy savdo aloqalari bilan bog'liq. Mamlakatning eksport salohiyat mamlakat rivojini ta'minlaydi, milliy real sektomi barqaror ishlashini ta'minlab, ish o'rinlarini saqlash va ko'paytirish imkoniyatini beradi. Bu esa o'z navbatida aholini daromadlarini oshirib, farovonligini ta'minlaydi.
Bunda A mamlakatdan B mamlakatga eksport - B mamlakatdagi iqtisodiy kon'yunktura holatlga bog'liqligi uchun A mamlakatdan B mamlakatga eksport tendensiyalanni prognoz qiluvchi B mamlakat (importyor) ga ilgarilab ketuvchi (lider) iqtisodiy rivojlanish indikatorlaridan foydalaniladi. Ilmiy tadqiqotlar ushbu usulning samaradorligini isbotladi.
Shu bilan birga ushbu usulning chegaralanganligini ham ko'rsatish kerak. Bu usulda eksportning dinamikasi faqat bir omil - import qiluvchi mamlakatning iqtisodiy kon'yunkturasiga bog'liq holda amaIga oshiriladi. Bunda valyuta kurslarining harakati, ichki baholar va ikki mamlakat orasidagi savdoga ta'sir etuvchi boshqa omillar hisobga olinmaydi.
XX asming 70-yillaridan IIXTdan narxlar dinamikasini prognozlashda ham keng foydalanila boshlandi. Narx indekslaming tahlili ulaming «o'sish sikllari» bilan uzviy bog'liqligini ko'rsatdi. Odatda, o'sishning sur'atlari jadallashganda narxlar o'sishi tezlashadi va aksincha, o'sish sur'atlarining pasayishi narxlar darajasini pasayishiga olib keladi.
Iqtisodiy prognozlash usullarining barcha modellari zamirida o'tgan davrda milliy iqtisodiyotning real iqtisodiy holatini tavsiflovchi ko'rsatkichlarning matematik bog'lanishlari (mutanosib yoki nomutanosiblik tenglik yoki notenglik) prinsipi yotadi. Real sektor iqtisodiyotini prognozlash jarayoni o'z obyektiv tavsifiga ko'ra omilli va tarkibiy prognozlash modellaridan tashkil topadi. Tahlil qilishning omili modelida asosan iqtisodiyotning real sektorini joriy yilda olingan pirovard natijasi qaysi omilga muvofiq pasaygan yoki oshganligi aniqlanadi. Albatta bunda joriy yil iqtisodiy ko'rsatkichlarining barcha parametrlariga muvofiq hisob-kitob qilinadi va tahlillar olib boriladi. Aynan izlangan va asosiy ta'sir kuchiga ega tahlil aniqlanadi. Tahlil qilishning tarkibiy modelida esa real sektor tarmoqlari mutanosib rivojlanishi, ular o'rtasidagi o'zaro aloqalarning bog'lanish xususiyatlari, jarayonlari va faoliyati tahlil qilinadi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, mazkur modelda asosan real sektor tarmoqlarining xududiy jihatlari, shart-sharoitlari ham tahlil qilinadi.
Real sektor iqtisodiyoti va uni iqtisodiy tahlil qilishning fan sifatida rivojlanishida uning usuli katta rol o'ynaydi. Usul - bu, o`rganish yo'llari va uslublarini tanlash hamda shu tarmoqdagi haqiqat ko'rinishlarini umumiylashtirishdir. Iqtisodiy prognozlashning usuli izlanayotgan obyektlarga qarashli, o'rganilayotgan omil va ko'rinishlar asosiga kelajakdagi natijalarni ko'rish mumkin bo'lgan dialektik usuldir. U umumiy ilmiy usullar va izlanishiga yondashuv hamda iqtisodiy ko'rinishlarni ilmiy tahliliga asoslangan o·ziga xos usullar asosida amalga oshiriladi.
Umumiy yondashuviardan quyidagilami ajratish mumkin:
-tarixiy yondashuv;
-kompleks yondashuv;
-tizimli yondashuv;
-tuzilmaviy yondashuv;
-tizimli-tarkibiy yondashuv.
Tarixiy yondashuv - har bir hodisaning tarixiy tuzilishi bilan o'zaro bog'liqligini ko'rib chiqishdan iborat. O'tmish hozirgi kun va kelajakning o'zaro bog'liqligidan kelib chiqadi, kelajak hozirgidek mavjuddir. Shuning uchun prognozlash hozirda mavjud bo'lgan qonun va tendensiyalarni undan tashqariga o'tkazadi va uning asosida kelajakning mavjud bo'lmagan modelini ishlab chiqish bilan bog'liq. Bir xil ko'rinishdagi har xil tarixiy shakllarning mavjudligi orasidagi
bog'liqlik izlanayotgan obyektning hozirgi ko'rinishi uning oldingi rivojlanish natijasi ekanligini bildiradi. Bunday yondashuv mantiqiy izlanish ijtimoiy rivojianish tarixiy harakterining aksi hisoblanadi:

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin