O`zbeksitonda real sektor tahlili mundarija kirish


O’zbekistonda real sektorni rivojlanishini makroiqtisodiy tahlili



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə5/13
tarix01.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#126202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O`zbeksitonda real sektor tahlili mundarija kirish

3. O’zbekistonda real sektorni rivojlanishini makroiqtisodiy tahlili.
Ma'lumki, har qanday ishlab chiqarish, birinchi navbatda, mehnat jarayonidir yoki boshqacha qilib aytganda, tabiatdagi bor narsalarning ko'rinishini o'zining iste'moli uchun muvofiq holga keltirish uchun qilingan faoliyatdan iboratdir. Ana shu mehnat jarayonida kishilar, eng avvalo, tabiat bilan, uning kuchlari va ashyolari bilan hamda bir-birlari bilan o'zaro ma'lum munosabatda bo`ladilar. Ishlab chiqarishjarayonida bo'ladigan bu munosabatlarning harakterini, shakllarini va xususiyatIarini o'rganish va ularni bilgan holda ishlab chiqarishni ongli tashkil etish oliy maqsadga, ya'ni cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanilgan holda kishilarning o'sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishishning birdan-bir yo'lidir. Moddiy ne'matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatishning ichki qonuniyatlari va uning rivojianish xususiyatlari ko'pgina iqtisodchi olimlar tomonidan ko'rsatib berilgan. Ular mehnat kishilar yashashining umumiy asosidir deb ta'riflaydilar. Demak, mehnat iste'mol qiymatlarini yaratuvchi sifatida, foydali mehnat sifatida kishilarning yashashi uchun hech qanday ijtimoiy shakllarga bog'liq bo'lmagan hoida abadiy tabiiy zaruriyatdir. Mehnat bo'lmaganda kishi bilan tabiat o'rtasida modda almashinuvi ham mumkin bo'lmas edi. Ishlab chiqarish jarayoni insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlariga, hamma mamlakatlarga, el-yurtlarga va xalqlarga xos bo'lib, umuminsoniy kategoriyadir (tushunchadir). Shuning uchun bu jarayon uzoq tarixga ega bo'lib, oddiy tosh va yog'och qurollardan foydalanib, eng sodda ovchilik va dehqonchilik qilishdan tortib, to hozirgi zamon murakkab texnologiyasiga asoslangan robotsozlik, samolyotsozlik, kompyuter texnikalarini, zamonaviy radio va televideniye vositalarini ishlab chiqarishgacha bo'lgan yo'lni bosib o'tgan.
Ishlab chiqarishning eng yirik sohalari sanoat, qishloq xo'jaligi, transport va aloqa, qurilish, savdo, tayyorlov idoralari, moddiy-texnik ta'minot, kommunal va uy-joy xo'jaliklari, turli xil xizmat ko'rsatish sohalari va boshqalardan iborat. Har bir mamlakat o'z taraqqiyotining shu davrdagi bosqichi uchun zarur va qulay bo'lgan tarmoqlar tarkibini vujudga keltirishga harakat qiladi. Bunda resurslar cheklanganligi hisobga olinib ishlab chiqarishni o'stirish va xalqning talabini qondirish uchun o'ta zarur bo'lgan, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga, chet ellar bilan bo'ladigan hamkorlikni yuksaltirishga imkon beradigan tarmoqlarga alohida e'tibor beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi "Fuqarolar uchun byudjet" loyihasini taqdim etdi. Loyihadan byudjet jarayonidagi o‘zgarishlarni, 2020-yilgi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlili va soliq-byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan yo‘nalishlarni bilib olish hamda 2020-yilgi Davlat byudjeti loyihasi, tashabbusli byudjetlashtirish bilan tanishish mumkin.
E’lon qilingan loyihada 2020-yil uchun Davlat byudjeti daromadlari 128 460 mlrd so‘m yoki YAIMning 20 foizi miqdorida rejalashtirilgan, bu esa joriy yil yakuni bo‘yicha daromadlarning kutilayotgan ijrosidan 15 817,1 mlrd so‘mga ko‘proqdir. Kutilayotgan tushumlarni baholashda iqtisodiyotning real o‘sishi, soliqlar ma’murchiligini takomillashtirish, alohida soliq va bojxona imtiyozlarining bekor qilinishi, shuningdek narx va valyuta kursining kutilayotgan oshishi kabi omillar hisobga olingan. Tahlil qilinayotgan daromadlar tuzilmasida bilvosita soliqlar salmog‘ini birmuncha qisqartirish orqali bevosita soliqlarni oshirish tendensiyasi saqlanib qoladi.
Kelgusi yilda Davlat byudjeti xarajatlari 131 104,5 mlrd so‘m miqdorida bo‘lishi aytilgandi, bu esa 2019-yilda tasdiqlangan parametrlardan 23 foizga ko‘pdir. Ijtimoiy sohaga xarajatlar ulushi katta qismni – 66 018 mlrd so‘mni tashkil etadi, ularning yarmi yoki umumiy byudjet xarajatlarining 22,9 foizi ta’lim sohasiga, 14 842,6 mlrd so‘m – sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat va sport sohasiga, umuman olganda – 3 319,5 mlrd so‘m, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga – 6 573,7 mlrd so‘m yo‘naltiriladi, bu o‘tgan yildagiga qaraganda 23 foiz ko‘proqdir, 8 trln so‘m fuqarolarning pensiya ta’minoti uchun xarajatlar doirasida Pensiya jamg‘armasiga subsidiyalar tarzida zaxiraga beriladi.
2020-yilgi konsolidatsiyalashgan byudjet YAIMga nisbatan 3 424,9 mlrd so‘m yoki 0,5 foiz defitsit bilan ko‘rsatilmoqda. Umumiy fiskal balans konsolidatsiyalashgan byudjet va davlat dasturi xarajatlarini hisobga olgan holda tashqi qarzlar hisobiga 17 819,0 mlrd so`mni tashkil etadi.
Yil boshiga davlat qarzi 21,3 mlrd dollar (YAIMga nisbatan 36,0 foiz) miqdorida bo‘lishi kutilgan, shundan tashqi qarzi 15,3 mlrd dollar (YAIMga nisbatan 25,4 foiz)ni tashkil etdi. Kreditorlar kesimida xorijiy davlatlardan (qolganlariga nisbatan Xitoy va Yaponiyadan ko‘proq) olingan qarzlar 6,7 mlrd dollarni, xalqaro moliya institutlaridan 7,7 mlrd dollarni (51 foizi - ) va investorlar hisobiga 1 mlrd dollarni tashkil etadi. 2020-2022 yillarda tashqi qarzlarni so`ndirishga 1 567,4 mln dollarni yo`naltirish rejalashtirildi.
2020-yilda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun quyidagilarga litimlar belgilandi: davlat nomidan yoki Hukumat kafolati ostida tashqaridan mablag`larni jalb etish bo`yicha yangidan imzolangan bitimlar – 4 mlrd dollar;
davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish uchun O`zbekiston nomidan yoki davlat kafolati ostidan jalb etiladigan (o`zlashtiriladigan), kelgusi yillarda Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga so‘ndiriladigan qarzlar – 1,5 mlrd dollar.
2019-yildan tashabbusli byudjetlashtirish dastaklari joriy etildi, bunda tumanlar (shaharlar) byudjetlarining qo`shimcha mablag`larining kamida 10 foizi jamoatchilik fikri asosida o`tkaziladigan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Mexanizmlar openbudget.uz portali vositasida amalga oshiriladi. 2019-yil I chorak yakunlariga ko`ra jami respublika bo`yicha 4 049 ta ovoz va takliflar bildirilgan, ularni moliyalashtirishga 28,9 mlrd so`m ajratilgan. II chorakda tashabbuslar 5 baravarga ko`paygan, ularga 48,3 mlrd so`m yo`naltirilgan. Asosiysi bular obodonlashtirish va ta’lim muassasalarini ta’mirlash ishlaridir.
2021-yilda dunyo bo'yicha ayrim mamlakatlarning iqtisodiyotlarida tiklanish jarayoni boshlangan bo'lsa, ba'zi davlatlar pandеmiya sababli yuzaga kеlgan iqtisodiy inqirozdan hali ham chiqib kеta olganlari yo'q. Global miqyosda davom etayotgan pandеmiya hamda iqtisodiy vaziyat bilan bog'liq mavhumliklar saqlanib qolayotgan shunday sharoitida, O'zbеkiston iqtisodiyoti o'z vaqtida muvofiqlashtirilgan fiskal va monеtar siyosat natijasida 7,4 foiz o'sishni qayd etib, jadal ravishda tiklanishda davom etdi.
Shuningdеk, 2021-yil yakunlari bo'yicha e'lon qilingan Jahon banki hisobotiga ko'ra, O'zbеkistonning yirik iqtisodiy hamkor davlatlarining iqtisodiyotlarida o'sish qayd etilgan. Xususan, Rossiya Fеdеrasiyasining iqtisodiyoti 2020-yilda 3,0 foizga qisqarganidan so'ng, 2021-yilda 4,3 foizga o'sganligi hisoblangan. Xalqaro valyuta jamg'armasining yanvardagi hisoboti bo'yicha ushbu ko'rsatkich 4,5 foizga еtgan. Shu bilan birga, Xitoy iqtisodiyoti 2020-yilda 2,2 foizga sеkinlashgandan so'ng, 2021-yilda, Jahon bankiga ko'ra 8,0 foizga va Xalqaro valyuta jamg'armasiga 8,1 foizga o'sgan. Bundan tashqari, Jahon bankiga ko'ra, 2021-yilda Qozog'iston iqtisodiyoti 3,5 foizga va Turkiya iqtisodiyoti 9,5 foizga o'sganligi qayd etilgan.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin