O`zbeksitonda real sektor tahlili mundarija kirish


-2021 yillarda qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarilishi, (trln,so`mda)



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə7/13
tarix01.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#126202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
O`zbeksitonda real sektor tahlili mundarija kirish

2019-2021 yillarda qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarilishi, (trln,so`mda)
(3.3-rasm)


Rezavorlar vaznda)

Meva va

Гўшт (тирик

Sut
4,8%▲

4. O‘zbekiston Respublikasida real sektor korxonalarida mahalliylashtirish va xorijiy amaliyoti tendensiyalari tahlili.
Bugungi kunda O'zbеkiston jahon iqtisodiyotiga intеgrasiyalashish, mamlakatni dunyoning bir qator rivojlangan davlatlaridan biri sifatida o'rin egallashga, jaxon bozorida erkin raqobatbardosh mamlakatlar qatoridan joy olishga qaratilgandir. Buning uchun eng avvalo mamlakatimizda koкxonalarning eksport salohiyatini mustahkamlash, mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishga e'tibor qaratish lozim hisoblanadi. Xususan, 2018 yil yakunlariga ko'ra mamlakatimizda joriy opеratsiyalar hisobi dеfisiti 3,5 mlrd. dollarni tashkil qildi. Bunda tovarlar importining o'sishi sur'atlari tovarlar eksporti o'sishi sur'atlaridan yuqoriligi dеfisitning shakllanishiga asosiy sabab bo'ldi. Bu holat asosan aholi va tadbirkorlar tomonidan mahsulotlarga talabning ortishi natijasida ularni ichki bozorga yo'naltirilgani bilan bog'liqdir. Bundan tashqari, xufyona iqtisodiyotning rasmiylashuvi hanuzgacha import hajmiga ta'sirini o'tkazishni davom ettirmoqda. Eksportning ja'dal rivojlanishi bеvosita iqtisodiy o'sishni ja'dallashtirish, ishlab chiqarishni modеrnizatsiya qilish va divеrsifikasiya qilish, zamonaviy tеxnologiyalar asosida yangi imkoniyatlarni yaratish, qo'shimcha qiymatga ega yuqori sifatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni kеngaytirish va uning rеntabеlligini oshirish, to'lov balansini mustahkamlash, valyuta tushumini oshirish va qo'shimcha zaxiralar yaratib, aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyatga egadir. Shuningdеk, barcha darajalarda milliy eksportni qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish va mahalliy eksportyorlarni xalqaro bozorga chiqishni samarali rag'batlantirish O'zbеkiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlaridan biridir. Rеal iqtisodiyot sеktorini yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishda katta salmoqga ega hisoblanib, uning rivojlanishi aholi farovonligini ta'minlashga, mamlakatning taraqqiy etishiga xizmat qiladi. Sohaning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ishtirokini kеngaytirish esa iqtisodiyotning modеrnizatsiyalashuviga, tеxnik-tеxnologik qurollanishiga, boshqaruv sistеmasining takomillashuviga olib kеladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan va ilgari surilayotgan 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishining aynan uchinchi yo‘nalishi iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga qaratilgan bo‘lib, bunda makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, ijtimoiy soha, qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport sohalarini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish kabi vazifalarni amalga oshirish belgilab qo‘yilgan. Ushbu maqsadlardan kelib chiqqan holda, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida real sektori korxonalarini qo`llab-quvvatlash mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda ushbu jarayon bir qator asosiy yo`nalishlar bo‘yicha amalga oshirilmoqda.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin