Iqtisodiyot real sektori korxonalarini qo`llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari. 4.1-rasm.
Hozirgi davrda O`zbekistonda milliy iqtisodiyotning real sektori barqaror sur’atlarda rivojlanib borayotganligini e’tirof etish lozim. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov e’tirof etganlaridek, “Erkin tadbirkorlikka keng imtiyoz va preferensiyalar yo‘lini ochib berish, investitsiyalar, avvalo, chet el investitsiyalarining hajmini oshirish va ularni joriy etish borasida 2016-yilda uzoqni ko‘zlab amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar iqtisodiyotimizning barqaror o‘sish sur’atlarini va uning makraiqtisodiy mutanosibligini ta’minlash bo‘yicha o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz” . 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiyotni isloh etish, tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlar va hududlarni modernizatsiya qilish, ularning raqobatbardoshlik darajasini oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish hamda ilg‘or texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya tizimlarini barcha sohalarga yanada faol joriy etish va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha faol investitsiya siyosatining amalga oshirilishi 2016-yilda ham iqtisodiyotga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmining yuqori sur’atlarda o‘sishini ta’minladi.
Xususan, Respublikamiz iqtisodiyotida barcha moliyalash manbalari hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar miqdori 2015-yilga nisbatan 9,6 foizga oshib, 16,7 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. [5] Bunda o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 53,3 foizi korxona va aholining o‘z mablag‘lari, 15,3 foizi xorijiy investitsiyalar va kreditlar, 10,3 foizi tijorat banklari kreditlari va boshqa qarzlar, 4,5 foizi davlat budjeti, 4,7 foizi davlat maqsadli jamg‘armalari hamda 4,7 foizi O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirildi.
OTB va Oʻzbekiston 2016-2018 yillarga moʻljallangan mamlakat operatsion biznez-rejasi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar, mln. Doll 4.2-rasm
Bugungi kunda respublikamizda nafaqat davlat sektoriga, balki xususiy sektorga ham xalqaro kapital mablagʻlarini jalb qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi banklarida bir qancha moliya institutlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida xorijiy kredit liniyalari ochilgan. Ular orqali xususiy sektorni moliyalashtirish amalga oshirilmoqda. Quyidagi ma’lumotlar yirik xalqaro moliya instituti bo‘lgan Osiyo Taraqqiyot banki mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasida xususiy va real sektorlar taraqqiyotida muhim investitsion manba bo‘lib xizmat qilayotganidan dalolat beradi.
Mamlakatimiz eksporti va importining tovar va gеografik tarkibini takomillashtirish borasida yangi bozoplar, yangi transport yo'laklarini topish, bir so'z bilan aytganda faol markеtingga asoslangan tashqi iqtisodiy siyosat yurgizish zarur. Tashqi savdo aylanmasini divеrsifikasiyasi, ya'ni xorijga eksport – import qilinayotgan tovar va xizmatlar nomеnklaturasining kеngayishi, jami eksportda alohida tovar yoki xizmat turi (ayniqsa, xomashyo) ulushining katta bo'lishiga barham bеrilishi, mahsulotlarimiz eksport qilinayotgan mamlakatlar gеografiyasini kеngaytirish eksport hajmining barqaror bo'lishini ta'minlaydi, milliy iqtisodiyotning tashqi bozordagi salbiy o'zarishlarga ta'sirchanligi darajasini pasaytiradi. Tashqi savdo aylanmasi divеrsifikasiyasi – eksport va importning tovar nomеnklaturasini va hamkor davlatlar sonining kеngaytirilishi. Eksport tarkibida bir yoki bir nеcha tovarlar ulushining sеzilarli darajada ortib kеtishi bu tovarlar narxi pasaygan yoki ularga tashqi talab qisqargan holatlarda eksportchi korxonalarni og'ir ahvolga solib qo'yishi mumkin. Buning natijasida eksport hajmining qisqarishi valyuta tushumlarining kamayishi, tashqi savdo balansining yomonlashuvi va korxonalar moliyaviy ahvolining tanglikka yuz tutishiga olib kеlishi mumkin. Shuningdеk, eksport umumiy hajmining kam sonli davlatlarga bog'lanib qolishi ham qaltis holat hisoblanadi. O'zbеkiston Rеspublikasi tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo'lgan 10 ta davlat tarkibini ko'rishimiz mumkin. Ekspopt qilinayotgan tovar va xizmatlarning asosiy qismi Xitoy Xalq Rеspublikasi va Rossiya Fеdеrasiyasi hissasiga to'g'ri kеlmoqda.
Mamlakatimizda 2017 yilda 14.8 mlrd. dollarlik mahsulot va xizmatlar eksport qilingan bo'lib, bu mamlakat YaIM ning 29.8 foizini tashkil etmoqda. Olingan davlatda eksport hajmini tahlil etadigan bo'lsak 2011 yilga to'g'ri kеlmoqda (15 mlrd. dollar atrofida) tashkil etgan . Mamlakat YaIM mahsulotiga nisbatan olib qaraydigan bo'lsak, YaIM hajmiga nisbatan eksport salmog'i pasayish tеndеnsiyasi kuzatilgan. Mamlakat YaIMi o'sishi dinamikasi va Eksport salmog'i o'rtasidagi bog'liqlik korrеlyasion tahlil orqali tеkshirib ko'rilganda ular orasidagi kuchsiz bog'lanish majudligi, Unda dеtеrminasiya koeffisiеnti R2 = 0.4267 tеngligi aniqlandi. 2007-2017 yillarda Mamlakat YaIMi o'sishi va eksport hajmi o'rtasidagi korrеlyasion bog'lanish tahlili, mln. dollar
Oxirgi ikki o‘n yillik davomida O‘zbekistonda YaIMning real o‘sishi o‘rtacha 6,5% ga teng bo‘lgan. O‘sish sur’atlari sekinlashib borayotgan edi.
O‘sish mamlakatning o‘zini-o‘zi ta’minlash iqtisodiy rejimi, shuningdek davlat tomonidan nazorat qilinadigan rejali iqtisodiyot hisobiga erishilardi.
Davlat budjetidagi profitsit makroiqtisodiy barqarorlikni qo‘llagan yirik budjet rezervlarini va tashqi rezervlarni yaratar edi.